41. electron biznes va tijorat modellari
İnternet magazin, onlayn rejimidagi korxonaning dasturiy oynasi bo’lib sanaladi. İnternet magazin korporativ Web saytning ajralmas bir qismi deyish mumkin. İnternet magazin funktsiyalari (turlari)
-Tovarni sotish va xizmat ko’rsatish;
-mijozni tovar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash;
-o’zining biznesi bilan tanishtirish;
-«klient-sotuvchini» avtomatlashtirish;
-qo’shimcha klientlarni tortish;
-resursga kelivchilar bilan aloqa o’rnatish;
-internet magazin boshqaruvchisi imidji (xizmat tuzilishi)
Natijasi:
-tovar va mahsulotni sotishning ko’tarilishi;
-yangi ma’lumotlarga ega bo’lish;
-mahsulot birligin rivojlantirish yo’nalishi;
-mijoz-portretin olish mumkinchiligi;
-sotib oluvchilar bazasin kengaytirish;
42.internet banking.internet treydingninterner sugurta internet marketing
Onlayn banking — bu Sizga bank ofislariga tashrif buyurmasdan, dunyoning istalgan nuqtasidan Internetga kirishni ta’minlovchi har qanday qurilma orqali bank hisob raqamlarini boshqarish imkoniyatini beruvchi xizmatdir. "Online banking" xizmati afzalliklari:
Foydalanishga osonligi - bu xizmatdan foydalanish uchun maxsus bilim yoki ko'nikmaga ega bo'lishning hojati yo'q;
Tezkorligi - buyurtmachi va bank o'rtasidagi o'zaro hisob-kitoblar onlayn rejimida o'tkaziladi, shu sababli to'lov hujjatlarini qayta ishlash bosqichlarini kuzatib borish imkoniyati paydo bo’ladi;
Qulayligi - xizmatga oson ulanish, xizmatdan foydalanishidan qat'iy nazar istalgan kontragentdan to’lovlarni qabul qilish va ularni amalga oshirish, to'lov topshiriqlari tog’ri to’ldirilganligidan xavotir olmaslik mumkin (hujjatlar to'ldirilishining to'g'riligi ustidan nazorat tizimi);
Maxfiyligi – uzatilayotgan axborotni ruxsatsiz egallashdan himoyalash xalqaro kriptografik formatdagi SSL protokoli, elektron raqamli imzoni qo'llash (ERI) tizimlari yordamida shifrlash yo'li bilan ta'minlanadi;
Nazorat qilish imkoniyati - elektron hujjatlar aylanmasining barcha bosqichlari ro’yxatga olib boriladi (amalga oshirilgan operatsiyalar bo'yicha hisobotlar, hisob bayonotlari, to'lovlarni tasdiqlovchi kvitansiyalar va boshqa hujjatlar), ayni paytda ushbu hujjatlar qog'oz hujjatlar bilan bir xil yuridik kuchga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |