Iqtisodiyotda axborot-kommuniktsiya texnologiyalari va tizimlari


Download 1.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1777835
1   2   3
Bog'liq
Lecture #7 (2)

Shifrlash tarixi va rivojlanishi
Atbash shifrlashi: Atbash shifrlash turli madaniyatlarda ishlatiladigan qadimiy
shifrlash usullaridan biri bo‘lgan. Uda alifbodagi har bir harf o'zining teskarisi bilan
almashtiriladi. Masalan, “A” harfi “Ng” harfiga, “B” harfi “Ch” harfiga almashtiriladi
va hokazo.


Simmetrik shifrlash
Ushbu yondashuvda ma'lumotlarni shifrlash va shifrini ochish uchun bir xil
kalitdan foydalanadi. Simmetrik shifrlashning asosiy g'oyasi shundaki, jo'natuvchi
va qabul qiluvchi ikkala operatsiya uchun ishlatiladigan maxfiy kalitni
bo'lishishlari kerak.
Masalan: Tasavvur qilaylik, Bobur simmetrik shifrlash yordamida Alisherga xabar
yubormoqchi. Ular oldindan maxfiy kalit haqida kelishib olishadi. Bobur ushbu
kalitni shifrlash uchun xabariga qo'llaydi. Keyin u Alisherga shifrlangan xabar
yuboradi. Shifrlangan xabarni olgandan so'ng, Alisher asl xabarning manba
matnini ochish uchun xuddi shu kalitdan foydalanadi.
Simmetrik kalit
Jo‘natuvchi
Qabul qiluvchi
Shifrlash
Ochish
Manba
Manba
Shifrlangan
manba


Asimmetrik shifrlash
Simmetrik shifrlashdan farqli o'laroq, assimetrik shifrlash ikki xil kalitdan
foydalanadi: ochiq kalit va yopiq kalit. Ochiq kalit ma'lumotlarni shifrlash uchun,
yopiq kalit esa ularni ochish uchun ishlatiladi.
Aytaylik, Bobur assimetrik shifrlash yordamida Alisherga xabar yubormoqchi.
Alisher bir juft kalit yaratadi: ochiq va yopiq. U Boburga ochiq kalitini yuboradi.
Bobur ushbu ochiq kalitni oladi va uni shifrlash uchun xabariga qo'llaydi. Keyin u
Alisherga shifrlangan xabar yuboradi. Alisher xabarning shifrini ochish uchun
yopiq kalitidan foydalanadi.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling