Bog’lanish ma’lumotlari
Bu o’ta muhim qism. Mijozlarning telefon raqamlari, email manzillari, uy manzillari, ishxona manzillari bazada yig’ib boriladi. Ularni qanday qilib olish mumkin? XYZ saytida maxsus so’rovnoma ochib, istovchilardan ma’lumotlarni yig’adi. Evaziga do’konda chegirma tizimi joriy qiligan: anketa to’ldirganlar uchun maxsus narxlar! Facebook sahifasida ham like bosganlar, postlarga fikr bildirganlar, XYZ bilan qiziqqanlar haqida so’rovnomalar orqali imkon qadar ko’proq ma’lumot yig’iladi. Do’konga kelgan mijozlarga esa tezkor anketa to’ldirish taklif etiladi va ularga bu ma’lumotlar xizmat sifatini yaxshilash, kelajakda do’kon yangiliklaridan tezkor xabardor qilish uchun ekanligi tushuntiriladi. Qimmatli ma’lumotlar uchun esa albatta chegirmalar amalga oshiriladi.
Bu nega kerak? XYZ bazasida vaqt o’tgan sari 10 mingga yaqin email, telefon raqam va uy manzillari yig’iladi. Keyinchalik do’kon bu ma’lumotlar yordamida mijozlar bilan aloqa o’rnatadi. Har bir kishiga shaxsiy email yuboriladi. Aynan “Salom, Anvar!..”, ko’rinishidagi shaxsiy xabarlar. SMSlar ham huddi shu tarzda. Tug’ilgan kun yoki maxsus bayram munosabati bilan uyga / ishxonaga yuboriladigan tabrik maktubi yoki kichik sovg’a esa XYZ uchun eng qimmat reklamadan ham ko’proq natija keltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham:
|