Mijoz ta’bi
XYZ imkon qadar kim qanaqa mahsulot sotib olayotganini o’rganadi. Buni online yoki telefon orqali amalga oshirilgan buyurtmalarda kim buyurtma berayotganligiga qarab aniqlab olish oson. Ammo do’konga kelib harid qiladiganlar haridini kuzatish bir oz mushkul bo’lishi mumkin. Doimiy mijozlarga maxsus vaucher kodi yoki chegirma kartochkasi berish orqali arzimagan chegirma evaziga qimmatli ma’lumotni yig’ish mumkin. “Bu chegirma kartamiz, keyingi marta kelganingizda undan foydalansangiz, … … mahsulotlarimizni chegirma asosida olishingiz mumkin”, deyilsa bas! Kartochkadagi takrorlanmas raqam va undagi qo’shimcha kiritiladigan ma’lumotlar orqali kim nima harid qilayotganini aniqlab olish mumkin.
Bu nega kerak? Vaqt o’tgan sari kim qaysi mahsulotni ko’proq sotib olayapti, kimga nima yoqadi – bilib olish mumkin! Bu orqali aynan shu mijozga yoqadigan, maxsus yo’naltirilgan reklamalar tayyorlash mumkin. Masalan, qulupnayli pirog uchun chegirma boshlanganda ko’proq qulupnayli pirog harid qilganlarga SMS va email orqali xabar yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham:
|