Iqtisodiyotda axborot-komunikatsion texnologiyalar va tizimlar
«Мастер функция» yordamida formula kiritish
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diagrammalar tuzish
«Мастер функция» yordamida formula kiritish
Ko’p holarda yacheykalrga formulalar kiritish formulalar kiritish ustasi «Мастер функция» yordamida amalga oshiriladi. Chunki xamma formulalar va ularning argumentlarini yozilishi foydalanuvchuning yodida bo’lmasligi mumkin. «Мастер функция» formular ustasi formulalar qatoridagi ushbu tugmani bosish orqali bajariladi. Bunda «Мастер функция» nomli oyna ochiladi. Unda formula tashkil etish ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqichda kerakli funksiya topiladi. Formulani topish unchalik qiyin bo’lmaydi, chunki barcha funksiyalar kategoriyalarga ajratib keltirilgan. Kerakli funsiya topib tanlangandan keyin avtomatik ravishda 2-bosqichga o’tiladi. 2-bosqichda funksiya argumentlari aniqlanadi. Bunda asosan amal belgilari, funksiya argumenti sifatida olinadigan yacheykalrga murojatlar va funksiya qiymatiga bog’liq bosh parametrlar aniqlanadi va “Ok” tugmasi bosiladi. Natijada funksiya qiymati aktiv yacheykada paydo bo’ladi. Diagrammalar tuzish Ma`lumotlarni yaxshiroq ko`rish va taxlil qilishning eng qulay usuli bu ularni diagrammalar ko`rinishida tasvirlashdir. Diagrammalar jadval ko`rinishdagi axborotlarni ko`rgazmali namoyish etish usulidir. Bunday usul bajargan ishni tez tushunishga va uni tez taxlil qilishga yordam beradi. Diagrammalar tuzish uchun, avvalo ma`lumotlar elektron jadval ma`lumotlar bazasi sifatida tuzib olinadi. So`ngra shu ma`lumotlar asosida diagrammalar quriladi. «Вставка» lentasida joylashgan «Диаграммы» panelida joylashgan buyruqlar bir necha standart diagramma turlarini tavsiya etadi: gistogramma; grafik; nuqtali grafik; aylanali; sohali; sirtli; puzirkali; birjali; silindrik; pirpamidali; konusli. Bu tipdagi diagrammalar har qaysisi yana bir necha ko`rinishlardan iboratdir. Bulardan tashqani yana bir qancha standart bo`lmagan diagrammalar qam mavjud. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling