Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar fani


Download 0.74 Mb.
bet1/17
Sana25.02.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1230660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Malaka talablari (Magistr)


UMK
IQTISODIYOTDA INFORMATSION-KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALAR FANI

Toshkent 2022
Fanning qisqacha bayoni – Fanning qisqacha bayoni: Mazkur fan – barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladigan talabalar uchun mo‘ljallangan bo`lib ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadini qo‘ygan va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadini qo‘ygan. Talabalarning ushbu fanni chuqur o‘rganishi iqtisodiyotda information-kommunikatsion texnologiyalarini tashkil etish va zamonaviy raqamli texnologiyalarini bank-moliya, soliq va soliqqa tortish, sug’urta, biznesni boshqarish, elektron tijorat, elektron to’lov, buxgalteriya tizminlarini yuritish uchun zamin bo‘lib xizmat qiladi
Fаnning mаqsаdi – tаlаbаlаrdа zamonaviy informatsion-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, xususan, zamonaviy texnik vositalar, shuningdek, muammoli dasturiy ta’minot bilan ishlash, iqtisodiy axborotlarni ko‘rib chiqish, umumlashtirish, tahlil qilish, vizualizatsiya qilish, cloud, BigData, raqamli bank transformatsiyasi, buxgalteriya, moliya tizimlarini raqamlashtirish, additiv ishlab chiqarish, 3D va 4D pechat, integrallashgan tizimlar, elektron huqumat asoslari va elektron tijorat texnologiyalarini yaratish va shakllantirish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi:
- iqtisodchining kasbiy faoliyati, iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar fanining ob’ekti, predmeti va usullari, zamonaviy axborot kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlanish tendensiyasi, bulut texnologiyalarini iqtisodiyotdagi o‘rni, dasturiy ta’minotning tashkiliy asoslari, iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalarini qurish tamoyillari, BigData katta ma’lumotlar va ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, raqamlashtirish jarayonlarida o‘zaro integratsiya sabablari va shart sharoitlari, tizimlashtirish jarayonida axborot xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari, bank tizimini raqamlashtirish zaruriyati, iqtisodiyotni turli sohalarida axborot tizimlarini tashkil qilish sabablari, elektron hukumat asoslari, elektron tijorat texnoligiyalari, masofaviy ta’lim tizimlari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
- iqtisodiyot ob’ektlarida on-line dasturiy ta’minotlar google docs, Office 365 va Microsoft One Drivedan samarali foydalana olishni, MOBIL BANKING, INTERNET BANKING, ERP, MRP I, UzASBO, BIR.UZ, GLOBUS, IABS, on-line sug’urta, 1C: SUG'URTA KOMPANIYASI BOSHQARUVI va DMBAT tizimlarida qo‘llanilayotgan muammoga yo‘naltirilgan amaliy dasturiy ta’minotlarni, LMS (Learning management system) va LCMS (Learning content management system) tizimlari mavjud masofaviy ta’lim tizimlari, iqtisodiy masalalarni yechishda zamonaviy texnik va dasturiy ta’minotlardan foydalanish va samarali yechimlar topish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
-talaba raqamlashtirish jarayonida informatsion komminukatsion texnologiyalarini qo‘llash, iqtisodiy tashkilotlarda mavjud bo‘lgan satatistik ma’limotlarni, axborotlarni shaklantiriah, guruhlash va tahlil qilish, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishini prognoz qilish, iqtisodiy muammolarni yechish usullarini tatbiq va tahlil qilish bo‘yicha yechimlar qabul qilish va samaradorligi oshirish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
Amaliy mashg’ulotlar
Amaliy mashg‘ulotlar kompyuter texnikasi bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhda 14 talabaga asoslangan holda guruhlarga ajratib ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi zarur. Mashg‘ulotlar amaliy dasturiy paketlar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llanilishi maqsadga muvofiq bo’lib, interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi.
Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan.
Mustaqil ta’lim Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo‘yicha o‘qituvchi rahbarligida (O‘RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi.
60310100- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60310400- Iqtisodiy xavfsizlik, 60410100- Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 60410200- Soliqlar va soliqqa tortish, 60410400 - Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410500 - Bank ishi va audit, 60410600 - Sug’urta ishi, 60410600-Sug‘urta ishi, 60410700 - Byudjet nazorati va g’aznachiligi, 60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60410900 - Birja ishi, 60411000 - Investitsion loyhalarga xizmat ko‘satish va moliyalashtirish, 60411200 -Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 60411500 - Biznes tahlili, 60412100 - Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari, 60412700 - Baholash ishi, 60412800 - Elektron tijorat, 60610200-Axborot tizimlari va texnologiyalari (moliya-bank tizimida) ta’lim yo‘nalishlari uchun.




Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling