562.Motivatsiya - 1) ehtiyojlarni qondirish bo‘yicha qaror qabul qilishda individuumlar harakatini faolashtirish maqsadida ularning motivlarini kuchaytirish jarayoni; 2) xaridorning xarid qilish qarorini qabul qilish jarayonida uning faolliga ta’sir ko‘rsatuvchi majburlovchi harakatlar.
563.Multimedia-texnologiyalar - 1) reklama faoliyatini rejalashtirish, tashkil tadbiq boshqarish jarayonida foydalaniluvchi zamonaviy audio-, tele-, vizual va virtual kommunikatsiya vositalari majmui; 2) marketingni boshqarish tizimini tashkil etish tizimiga kiritiluvchi tovar va xizmatlarni harakatlantirish usul va vositalari.
564.Mаjburiy ijtimоiy sugurtа – mehnаtgа lаyoqаtlikni (kаsаllik, bахtsiz hоdisа, qаrilik) yoki ish jоyini yqоtish tufаyli dаrоmаddаn (ish hаqi) mаhrum bo’lish hоllаridа qo’llаnilаdigаn аmаldаgi qоnunchilikdа belgilаngаn ijtimоiy kаfоlаtdir.
565.Mаjburiy kаsbiy sugurtа – sаlоmаtligigа хаvf sоluvchi yuqоri dаrаjаli хаtаr mаvjud, ya’ni jаrоhаtlаnish dаrаjаsi, kаsb kаsаlliklаri dаrаjаsi yuqоri vа оgir bo’lgаn yollаnmа ishchilаr guruhlаrini, shuningdek, muddаtidаn оldin kаsbiy pensiyalаr berilishi ko’zdа tutilgаn shахslаr dоirаsini qаmrаb оlаdigan sug’urtа.
566.Majburiy tibbiy sugurta – majburiy tibbiy sugurta mablaglari hisobiga tibbiyot muassasalari tomonidan ko’rsatiladigan berul tibbiy xizmatlardan foydalanishda jismoniy shaxslarga teng imkoniyatlarni ta'minlaydigan davlat ijtimoiy sug’urtasining tarkibiy qismi.
567.Me'yoriy daromad – qo’shimcha ravishda sotilgan tovardan tushadigan qo’shimcha pul. Uni aniqlash uchun tushgan umumiy pul (daromad) o’simi qo’shimcha sotilgan tovarlar miqdoriga bo’linadi.
568.Mehnat staji - xodimning mehnat shartnomasi asosida korxona, muassasa, tashkilotlarda yollanib ishlagan, ish haqi olgan davri (boshqa ish vaqti, dam olish vaqtlarini ham uzluksiz o’z ichiga qamrab olgani holda) nazarda tutiladi va u yuridik fakt sifatida ijtimoiy ta'minot masalalarida muayyan huquqlar hamda majburiyatlarni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |