556.Marketing chora-tadbirlarining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing chora-tadbirlarini amalga oshirish samarasining (natijasi) buning uchun sarflangan barcha xarajatlar miqdoriga nisbati; 2) marketing majmuasining (marketing-miks) samaradorlik ko‘rsatkichi. Natural va qiymat shaklida ulchanadi.
557.Marketingda tarmoq yondashuvi - marketing tizimi sub’ektlarining nafaqat ikkitomonlama (xaridor va sotuvchi) emas, balki ko‘ptomonlama o‘zaro aloqalari jarayonini aks ettirish konsepsiyasi. Tarmoq yondashuvi na sotuvchilar va na xaridorlar o‘zlariga hamkorni tanlash va ularni almashtirishda yerkin emas, chunki resurslar o‘zgarganda ularning bir-biriga qaramligi yuzaga keladi, ya’ni aloqalar almashuvi bo‘ziladi degan fikrni olga suradi. Marketing tarmogi a’zolari O‘rtasida resurslar ayirboshlash «qaramlik» va «xoqimlik» manbai hisoblanadi. Marketing tarmogi uchta o‘zaro bogliq tarkibiy qismdan iborat: ishtirokchilar (firmalar), resurslar va faoliyat turlari. Tarmoq yondashuvi
resurslarning turli xilligi va ularni iyerarxik nazorat qilishni talab qiladi.
558.Marketing-miks (marketing majmuasi) - 1) marketing tuzilishi; marketing tizimining tarkibiy qismlari, elementlari; marketing tarkib topuvchi jarayonlar; 2) marketing xarajatlari tuzilishi; 3) marketing retsepti; tovar yoki xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish choratadbirlarining majmuaviy dasturi.
559.Marketingni rejalashtirish - marketing rejasini tuzish, tovarlarni sotish hajmining o‘sishi va firma foydasini maksimallashtirishga qaratilgan marketing strategiyaisi tanlash bilan bogliq jarayon.
560.Marketingning tashkiliy tuzilmalari - menejmentning asosiy tamoyillari - markazlashtirish, detsentralizatsiya va moslashuvchanlikni modifikatsiya qilishga asoslangan marketing xizmati asosiy bo‘linmalarining o‘zaro harakatlari sxemasi turlari. Funktsional, mahsulot, bozor va matritsa
strukturalari va ularning modifikatsiyalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
561.Mikromuhit - firma marketing muhitining tarkibiy qismi, bevosita firmaning o‘ziga va uning mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlariga munosabatlariga taalluqli kuchlar, ya’ni ta’minotchilar, marketing vositachilari, mijozlar, raqobatchilar bilan ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |