569.Mehnat kooperatsiyasi – ixtisoslashgan mehnat turlarining birbiriga boglanib, muayyan turdagi mahsulot yaratishda ishtirok etishidir.
570.Mehnat taqsimoti – yagona mehnatning mustaqil ahamiyatga ega bo’lgan mehnat turlariga ajralib borishi, mehnat turlarining to’xtovsiz ravishda yangidan paydo bo’lishidir.
571.Mehnatga haq to’lash tizimi – mehnat me'yorlari doirasida unga haq to’lash me'yorini bildiradigan ko’rsatkichlar o’rtasidagi o’zaro aloqalardir. Mehnatga haq to’lash tizimi xodimning amalda erishilgan mehnat natijalariga hamda xodim bilan ish beruvchi o’rtasida kelishilgan ishchi kuchining bahosiga muvofiq ish haqi olishini kafolatlaydi.
572.Mehnat hayoti sifati – bu xodimlarning shaxsiy ehtiyojlarini tashkilot (korxona) doiralaridagi faoliyat orqali qondirish darajasidir. Mehnat hayoti sifatining mehnatning mazmuni; mehnatni tashkil qilish;
mehnatning adolatli taqdirlanishi va e'tirof etilishi; mehnatning havfsiz va soglom sharoitlari; qo’shimcha ijtimoiy imtiyozlar imkoniyati; huquqiy himoyalanganlik; mahoratni o’stirish va o’z kuchlarini rivojlantirish imkoniyatlari; hamkasblar bilan do’stona munosabatlarga yordam beruvchi
tashkiliy madaniyat kabi asosiy elementlardan iborat.
573.Milliy boyliklar – jamiyat tasarrufida bo’lgan moddiy zahiralar, to’plangan mahsulotlar, iqtisodiy oborotga kirgan yoki jalb qilingan tabiiy zahiralarning yigindisi.
574.Milliy daromad – bu ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan mehnat vositalari va moddiy harajatlardan istisno umumiy ijtimoiy mahsulotning bir qismi bo’lib, u yangidan yaratilgan qiymat, ya'ni ushbu yildagi ishlab chiqarishning jamiyat farovonligi uchun qo’shilganidir.
575.Milliy mulk – milliy boylikning asosiy tarkibiy qismi hisoblanib, jamiyatning moddiy farovonligini ta'minlash uchun zarur bo’lgan molmulklarni o’z ichiga oladi. Uning salmogi va tarkibi yalpi ichki mahsulot va aholi farovonligini oshirish uchun katta imkoniyat yaratadi.
576.Moliya – pul fondlarining harakati, ya'ni ularning shakllanishi, taqsimlanishi va foydalanishi bilan bogliq ravishda vujudga keladigan munosabatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |