Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr


Marketing opyeratsiyalari tadqiqoti


Download 326.43 Kb.
bet66/129
Sana03.10.2023
Hajmi326.43 Kb.
#1691132
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129
Bog'liq
Iqtisоdiyotgа оid аtаmаlаr vа tushunchаlаr izоhli-fayllar.org

546.Marketing opyeratsiyalari tadqiqoti - 1) marketing qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish tizimida foydalaniluvchi usullar (matematik dasturlashtirish, uyinlar nazariyasi, qarorlar nazariyasi, tasvirlarni tanib olish nazariyasi va hokazo) yigindisi; 2) «boshqa usullar yordamida bundan ham
yomon javob beriladigan amaliy savollarga yomon javob berish san’ati» (T.A.Saati, opyeratsiyalar tadqiqoti sohasidagi Amerikalik mutaxassis)


547.Marketing rejasi - belgilangan marketing maqsadlariga erishishda yordam berishi kutilayotgan chora-tadbirlarning ketma-ketlikda detalli ravishda ifodalanishi.

548.Marketing salohiyati (potentsiali) - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi; 2) tovar, narx kommunikatsiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining korxonnaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.

549.Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing axborotlarini izlab topish uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish. Kulda yoki axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi mumkin; 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va bashorat qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.

550.Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro o‘zluksiz aloqada buluvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma vositachi firma, iste’molchi (bozor).

551.Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing hujjatlarini rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-atvori to‘grisidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil etish; 2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi quyitizimlardan biri (tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik
ta’minot va boshqalar); 3) marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil boshqaruv qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, sistemalashtirish va ularni «iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.



Download 326.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling