784.Tarif tizimi – bajarilayotgan ishlarning murakkablik darajasini, mehnat sharoitlari va intensivligini, uni qo’llash sohalarining ahamiyatini va mehnat jarayonining yollanib ishlovchilar mehnat bilan qo’shadigan ulushini baholashning imkonini beradigan jami haq to’lash shartlaridir.
785.Ta'sischilik foydasi – sotilgan aksiyalar va hissadorlik korxonasiga haqiqatda qo’yilgan mablaglar summasi o’rtasidagi farqdan iborat bo’lib, jamiyatni ta'sis etuvchilar o’zlashtiradi.
786.Tibbiy sugurta – sogliqni muhofaza qilishda aholi manfaatlarini ijtimoiy himoya qilish shakli. Tibbiy sugurtadan maqsad sugurta hodisasi yuz berganda jamgarilgan vositalar hisobidan tibbiy yordam olishda fuqarolarni kafolatlash va oldini olish tadbirlarini moliyalash hisoblanadi.
787.Tirikchilik minimumi – insonning salomatligini saqlash va uning hayoti hamda faoliyatini saqlab turish uchun zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari eng kam to’plamining qiymat bahosini, shuningdek, nooziqovqat tovarlari va xizmatlariga, soliqlarga va majburiy xizmatlarga harajatlarni, bu maqsadlarga aholining past daromadli guruhlari harajatlari ulushidan kelib chiqqan holda ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |