788.Turmush darajasi – bu aholi farovonligi, ne'matlar va xizmatlar iste'molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish
me'yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko’rsatkichlar majmuidir.
789.Turmush sifati – shaxsning, uning faoliyat turlarini, ehtiyojlari tarkibini va ularni qondirish darajasini, insonning (aholi, ijtimoiy guruhlarning) jamiyatdagi turmush sharoitlarini va tabiat muhiti bilan uygun munosabatlarini tavsiflovchi, turmushdan qanoatlanish hissini yaratuvchi hayotiy qadriyatlari majmui hisoblanadi.
790.Turmush qiymati - bu pul shaklida ifodalangan aholi (uning turli qatlamlari va guruhlari) tomonidan iste'mol qilinadigan me'yorlar yoki amalda iste'mol qilinishi zarur bo’lgan moddiy ne'mat va xizmatlar miqdoridir.
791.Tаbаqаli mulk – оldingi dаvrdа аsоsiy mеhnаt shаrоiti bo’lgаn tаbiiy rеsurslаrgа tаbаqаli mоnоpоliyalаr shаkllаnishi bilаn tаvsiflаnаdi, mulkdоrlаrning o’zlаrigа «biriktirilgаn» mоl-mulkni tаsаrruf etish huquqi bоrgаn sаyin kеngаyishi bilаn izоhlаnаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |