912.Shaxsning turmush faoliyati cheklanganligi – shaxsning o’ziga o’zi xizmat qilish, harakatlanish, ylni topa olish, muloqot qilish, o’z xatti-harakatini nazorat etish, shuningdek, o’qish va mehnat faoliyati bilan shugullanish qobiliyatini yoki imkoniyatini to’la yoxud qisman yo’qotganligi.
913.Shaxsiy hayot sifati – insonning dunyo miqyosidagi rivojlanishining bugungi kundagi ynalishlaridan kelib chiqqan holda, oiladagi uygun munosabatlar va shaxslarning o’zaro hurmatiga, uy xo’jaligini va bolalar tarbiyasini birgalikda olib borishga, ishdan bo’sh vaqtlarni o’tkazish va o’z shaxsini rivojlantirish uchun bo’sh vaqtning mavjudligiga, qadriyatlarni va dunyoqarashni shakllantirishga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |