Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning xalqaro tajribalari
O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti
Download 219 Kb.
|
invest
3. O’zbekiston Respublikasining investistion muhiti.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida xorijiy investistiyalarni jalb qilish bo’yicha davlat siyosati respublika iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida tuzilmaviy o’zgarishlarning kuchli quroli bo’lib hisoblanadi. O’zbekiston respublikasi 1-Prezidenti I.A.Karimov,-“Iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizastiya qilish, eksport rivoji, import o’rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlashning muhim sharti bo’lgan xorijiy investistiyalar, avvalobor, xususiy sarmoyalarni jalb etish, buning uchun tegishli investistion muhit va investorlar uchun kafolatlar yaratish bu borada, ayniqsa, katta ahamiyatga ega” - degan edi. So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyotida chet el investistiyalarining hissasi oshib bormoqda. Agar 2009 yilda chet el investistiyalar umumiy kapital qo’yilmalar hajmining faqat 0,8 %ini tashkil etgan bo’lsa, 2019 yilda bu ko’rsatkich 20,3 %ni tashkil etgan edi. O’zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida qulay investistion muhit yaratilib, xorijiy investorlar uchun keng huquqiy kafolatlar va imtiyozlar tizimi ishlab chiqilgan. Bundan tashqari chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag’batlantirish bo’yicha yaxlit chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, u o’z ichiga quyidagilarni oladi:
umumiy choralar, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi Davlat investistion dasturiga kiritilgan loyihalar uchun imtiyozlar; xususiylashtirish jarayonida xorijiy investorlar ishtirokini rag’batlantirish; texnik - texnologik qayta jihozlash, xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarilishini rag’batlantirish. O’zbekiston Respublikasining qulay investistion muhiti qabul qilingan bir qator huquqiy hujjatlarga - “Xorijiy investorlarning huquqlarini himoyalash kafolatlari va choralari to’g’risida”, “Chet el investistiyalari to’g’risida”, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo’shimcha rag’batlantirishlar va imtiyozlar to’g’risida”, “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalar mahsuloti eksportini rag’batlantirish bo’yicha qo’shimcha choralar to’g’risida”gi Farmonlari va qonunlariga asoslanadi.Shuni ta’kidlab o’tish zarurki, “Xorijiy investorlarga kafolatlar to’g’risida”gi qonunda shuningdek chet el investistiyalarini ular kiritilgan vaqtdan boshlab 10 yil mobaynida qonunchilikda investistiyalash sharoitlarini yomonlashtiruvchi o’zgartirishlardan himoyalash ishlari nazarda tutilgan. Xorijiy investor O’zbekiston Respublikasida quyidagi yo’llar bilan investistion faoliyatni amalga oshirishi mumkin: O’zbekiston rezidentlari - huquqiy va jismoniy shaxslar bilan birgalikda tashkil etilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, birlashmalar va boshqa korxonalardagi ulushi bilan ishtirok etish yo’li bilan; 100%li chet el investistiyalar ishtirokidagi korxonalar tuzish yo’li bilan; portfel investistiyalari - O’zbekiston kompaniyalari tomonidan chiqarilgan akstiyalar, obligastiyalar, va boshqa qimmatbaho qog’ozlar sertifikatlarini harid qilish yo’li bilan; yer osti va yer usti foydali qazilmalaridan foydalanishga tegishli (konstessiya) huquqlarini o’z ichiga oluvchi er va ko’chmas mulkni to’la yoki qisman sotib olish yo’li bilan. Qo’shma korxonalar tashkil etish orqali xorijiy investistiyalarni jalb qilish keng tarqalgan shakllaridan biri hamkorlikda qo’shma korxonalarni tashkil etishdir. O’zbekiston Respublikasida qo’shma korxona deganda, nizom kapitalining kamida 30 % xorijiy investorlarga tegishli bo’lgan va xorijiy investor faqat yuridik shaxs bo’lgan, nizom kapitalining eng kam mikdori 150 ming AQSh dollariga teng bo’lgan ekvivalent summani tashkil etgan korxonalarga aytiladi. Xorijiy investistiya ishtirokidagi korxona nizom jamg’armasining 150 ming AQSh dollaridan kam bo’lmasligi sifatsiz mahsulotlarining oldi-sotdisi va ularni respublikaga import qilish ishlari bilan shug’ullanishga ixtisoslashgan kichik qo’shma korxonalarning 5keragidan ortiqcha kirib kelishining oldini olish maqsadida belgilangan. Download 219 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling