Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etishning xalqaro tajribalari


Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari


Download 219 Kb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi219 Kb.
#229812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
invest

4. Xorijiy investitsiyalarni jalb etish bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari

Erishilgan yutuqlar bilan birga, TTXIlarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilish borasida to’siq va kamchiliklar mavjud. Buning yaqqol misoli qilib, infrastrukturaning sust rivojlanganligi, O’zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligini jahon OAVlarida reklamasining yo’qligi, investitsiyalarning viloyatlararo taqsimotida yuqori differentsiyalashganligi, valyuta to’la konvertirlashga erishilmaganligi va hkz.lami keltirishimiz mumkin). Shu nuqtai nazardan ham xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jonlantirish va bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini ko’paytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi kerak:

  1. Mamlakat investitsiya iqlimini yaxshilash va muammolar echimini topish maqsadida, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mutaxassislari, hududiy hokimliklarining mutaxassis vakillari, investitsiya imkoniyatiga ega bo’lgan yirik kompaniya va korxonalar rahbarlari hamda respublikaning investitsiyalar sohasidagi etuk olimlari ishtirokida, keng jamoatchilik o’rtasida ochiq muloqot tashkil qilinib, mavjud muammolar oshkoralik bilan har tomonlama muhokama etilishi lozim. Shu asosda masalaga keng jamoatchilik fikrini jalb qilgan holda, mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar o’rtasida ilmiy va iqtisodiy asoslangan yagona investitsiya siyosatini, shuningdek, qabul qilingan qonun va qarorlami amalda ishlash mexanizmini ishlab chiqish va hayotiyligini ta’minlash lozim.

  2. Xorijiy investitsiyalar oqimiga ta’sir qiluvchi omillardan biri sifatida marketing tadqiqotini zaif olib borilayotgani, natijada ko’plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda qoldiq bo’lib qolayotganligi ko’rsatilmokda. Bu muammoni faqat investitsiyalarning o’ziga bog’liq, echimini izlamasdan, aholi va korxonalaming iste’mol qobiliyatini ko’tarish, ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga iisbatan sog’lom talab darajasini oshirish nuqtai nazaridan qaralishi maqsadga muvofiq bo’ladi.

Xorijiy investitsiyalami jalb kilishning hududiy tarkibida notekislik saqlanib qolmokda. Ayni paytda investitsion muhit borasida hududlardagi asosiy muammolaming mavjudligi investitsiyalash imkoniyatlari cheklanishi, va samaradorligi pasayishiga sabab boTmoqda, chunki investitsion muhitdagi moliyaviy muammolaming hal etilmaganligi ayrim hududlami oqsoq hududlar qatoriga tushishiga sabab bo’ladi.

Milliy valyutani erkin konvertirlanishiga erishish qiyin masala hisoblanadi va u iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurish, tashqi iqtisodiy faoliyatni kengaytirish hamda pul - kredit va valyuta siyosatini takomillashtirishni talab qiladi. Chunki dunyoning hamma mamlakatlari ham erkin konvertirlanadigan valyutaga ega emas. Milliy valyutaning qadrini oshirish uchun har bir davlat o’z hududida valyutani tartibga solish usullari bilan milliy valyutani boshqa valyutalarga erkin ayirboshlanishini ta’minlaydigan barcha shart-sharoitlami yuzaga keltirishi shart.Bir qator davlatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, erkin konvertatsiyaga faqatgina iqtisodiyotning ma’lum bir rivojlanish bosqichida erishiladi. O’zbekiston Respublikasida valyutani tartibga solish tizimining shakllanishi mustaqillikka erishilgandan so’ng 1991 yilda “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida” va “O’zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalari to’g’risida”gi qonunlar qabul qilingandan so’ng yuzaga keldi. 1992 yildan xozirgi kungacha Markaziy bankning faoliyati asosiy yo’nalishlar sifatida milliy valyutani muomalaga kiritish uchun shart - sharoitlar yaratish va milliy valyutani qadrini oshirish tanlandi. 1993 yilda “Valyutani tartibga solish to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bilan Markaziy bank tomonidan valyutani tartibga solish bo’yicha qaytadan amaliy me’yoriy - xuquqiy baza yaratildi. Bu qonun Markaziy bank milliy valyuta qadrini oshirish uchun valyuta zaxiralarini tashkil etilishi va so’mning ichki konvertatsiyasini ta’minlash uchun ichki valyuta bozorini rivojlantirishini belgilab beradi. Valyuta zaxiralarini shakllantirish nihoyasiga etmagan sharoitda, valyuta bozorini rivojlantirish maqsadida Markaziy bank, moliya vazirligi bilan birgalikda 1994 yili respublika korxonalarining eksportdan tushgan tushumlarining 15 foizini majburiy sotishni tasdiqladi. Bu vaqtda mazkur majburiy sotuvdan tashqari eksportdan tushgan tushumdan olinadigan 15 foizli soliq ham mavjud edi. Hozirgi vaqtda import o’rnini bosuvchi yoki eksportga yo’naltirilgan ishlab chiqarish texnologiyasini va respublikaga birinchi darajali xalq iste’moli mollari olib kelinishini ta’minlaydigan korxonalarga ichki valyutaga ustivor tarzda konvertirlashning ishlab chiqilgan mehanizmi amal qilmokda. Bundan tashqari, respublika xukumatining qaroriga muvofiq, chet el investitsiyasi ishtirokidagi eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi maxsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga so’mdagi mablag’larni erkin ayrboshlanadigan valyutaga o’z vaqtida konvertirlash, shu jumladan, chet el ta’sischilariga tegishli ulushning foydasini va dividentining konvertirlanishi kafolatlangan. Valyuta operatsiyalarini va valyuta bozorini rivojlantirishdagi keyingi qadam bo’lib, korxonalaming valyuta tushumidan Markaziy bankka 30 foizlik majburiy sotish bekor qilindi va buning o’rniga valyuta bozorini erkinlashtiruvchi, birjadan tashqari valyuta bozori yuzaga

keltirildi. Bu - vakolatli banklarga talab va taklifdan kelib chiqib, mustaqil

ravishda ayirboshlash kurslarini o’rnatish imkoniyatini yaratdi. Vakolatli banklarning birjadan tashqari valyuta bozorida operatsiyalar o’tkazishining manbasi boTib, korxonalarning 30 foizlik majburiy sotishidan tashqari, ularning o’z resurslari hamda mijozlarining chet el valyutasidagi depozitlari va boshqa jalb qilingan mablag’lari hisoblanadi. Milliy valyutadagi vakillik aloqalami rivojlantirish bevosita xalqaro savdo aloqalarida milliy valyuta - so’mdan keng 6miqyosda foydalanishga asos bo’ladi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi bilan erkin savdo tizimi va eng yuqori darajada qulayliklar yaratilishini ko’zda tutuvchi bitimlar imzolangan davlatning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari bilan milliy valyutada tovarlami eksport va import qilish uchun respublika korxona va tashkilotlari tomonidan shartnomalar imzolanishini maqsadga muvofiq xolda amalga oshishini ta’minlash xalqaro moliya munosabatlari tizimining ajralmas qismi boTgan valyuta operatsiyalarining samarasini oshirishga imkoniyat beradi.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsion loyihalarni, ularning barcha hujjatlari, texnik iqtisodiy asosini sifatli va talab darajasida ishlab chiqaruvchi professional loyiha injiniring kompaniyalarining sanoqli ekanligi va yaxshi rivojlanmaganligi, ularning malakali kadrlar bilan ta’minlanmaganligi ham jiddiy muammo bo Tib turibdi. Ushbu kompaniyalar tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar talab darajasida emas. Ular xorijiy moliyaviy institutlar shartlariga mos kelmaydi, ularning ekspertizada loyihaning asoslanmagan tomonlari-kamchiliklari ko’zga tashlanib qolmoqda. Bu loyiha hujjatlarining asosli ravishda tayyorlanmaganligi, hisob- kitoblarda noaniqliklar mavjudligi bilan izohlanmoqda.

Xorijiy investorlar mablag’lari bu kichik va o’rta biznes sub’ektlariga

beriladigan beg’araz insonparvarlik yordami emas. Shuning uchun har bir

tadbirkor loyihaning moliyaviy rejasini tuzishda xorijiy investor o’mida o’zini his

qilishi va shunga yarasha mablag’lar harakati prognozini to’g’ri hisoblab chiqishi

zarur. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, xorijiy investor ham mahalliy hamkorga

o’xshab, ma’lum vaqtdan so’ng foyda olish maqsadida mablagTarini ma’lum bir

sohaga joylashtiradi. Agar u investitsiya rentabelligiga erishmasa, loyihadan

ko’zlangan foydani olmasa, xorijiy investorning loyihaga bo’lgan qiziqishi susayadi. Bu boshqa investorlaming respublikamizda kichik va o’rta biznes sohasiga bo’lgan fikri, munosabatiga salbiy ta’sir etishi mumkin.

Shuningdek, respublikamizda o’z ish faoliyatini amalga oshirmoqchi bo’lgan xorijiy investorlaming o’z majburiyatlarini bajarmaslik holatlari ham uchramoqda. Xorijiy investorlaming o’z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmasligi, jumladan, qo’shma korxona nizom jag’armasiga o’z vaqtida badallarni kiritmasligi, badal kiritish va asbob-uskuna etkazib berish bo’yicha kafolatlami o’z vaqtida taqdim etmasligi, asbob-uskuna etkazib berish va montaj qilishda kamchilik va xatolarga yo’l qo’yish holatlari mavjud.

  1. Mamlakatda telekommunikatsiya va aloqa tarmoqlari jahon standartlariga javob bera olmasligi, reklama-axborot ta’minotidagi taqchillik mavjudligi ham xorijiy investorlar faoliyat yuritishiga muayyan to’siq bo’ladi.

  2. Mahsulot bozori, nufuzli raqobatchilarning narx va ishlab chiqarish siyosati, xom ashyo materiallariga bo’lgan imkoniyatlar, yangi ishlab chiqarishni tashkil etish natijasida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ekologik holatni baholash bo’yicha ma’lumotlaming etishmasligi jiddiy muammo bo’lib qolmoqda.

Mamlakatda qulay investitsion faoliyatni yaratish bo’yicha amal qilib

3. Mamlakatda qulay investitsion faoliyatni yaratish bo’yicha amal qilib kelayotgan qonuniy-huquqiy baza, xorij sarmoyasi uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklami targ’ibot-tashviqot qilish ishlari sust kechmoqda. Joylardagi huquqni muhofaza qilish muassasalari tomonidan respublikada investitsion faoliyatni tartibga solish va himoya qilish qonuniy bazasining to’g’ri amalga oshirilishini sust nazorat qilish holatlari uchramoqda

Chet el sarmoyasidan foydalansada, har qanday mamlakat awalo o’z iqtisodiyotini mustaqil iqtisodiyot sifatida rivojlantirishga intiladi. Shunday qilib, ushbu vaziyatda ma’lum qarama-qarshilik mavjud: milliy iqtisodiyotning mustaqilligini chet el investitsiyalarini jalb qilish shart-sharoitlari bilan qanday qilib moslashtirish mumkin? Bu muammoni butun boshli tashqi iqtisodiy aloqalar turlarini qo’llagan holda hal etish mumkin. Tajriba shuni ko’rsatmoqdaki, buning uchun ushbu masalaga ikkala tomon manfaatlarini hisobga olgan holda oqilona va chuqur mulohaza asosida yondashmoq lozim. Xorijiy investitsiyalaming yalpi investitsiyalardagi hissasini ushbu jadvalda ko’rishimiz mumkin.


Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling