Iqtisodiyot’’kafedrasi ‘‘iqtisodiyot nazariyasi’’ fanidan kurs ishi


Download 158.57 Kb.
bet3/6
Sana07.04.2023
Hajmi158.57 Kb.
#1339176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI2023

2. Iqtisodiy o‘sishning turlari
Oʻsish (iqtisodiyotda) (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Iqtisodiyot) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr)larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladi

qtisodiy Oʻsish negizida iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning rivojlanishi turadi. Iqtisodiy oʻsish ishlab chiqarishning ilgʻor tuzilmasiga, yuqori mehnat unumdorligi darajasiga, ichki va tashqi bozorda talab katta boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga, mahsulotni qulay bozorlarda sotishga tayanadi. Boshqacha aytganda, iqtisodiy Oʻsish mahsulot ishlab chiqarishning real hajmini muttasil qoʻpaytirib borish va ayni paytda jamiyat taraqqiyotida texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tavsiflarning yaxshilanib borishini anglatadi.
Iqtisodiy Oʻsishni aniqlash va hisoblashda mamlakat iktisodiy taraqqiyotining eng umumiy koʻrsatkichi boʻlgan yalpi ichki mahsulot (https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Yalpi_ichki_mahsulot) (YAIM) asos boʻlib xizmat qiladi va iqgisodiy oʻsishning muayyan davr mobaynida real YAIM hajmining ijobiy tomonga oʻzgarishini koʻrsatadi. Iqtisodiy oʻsish surʼatlari YAIM oʻsish surʼatlarida oʻz aksini topadi.
Iqtisodiy Oʻsish mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining umumiy holatini ifodalaydi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi mamlakat iktisodiyoti holati va dinamikasi toʻgʻrisida maʼlumot bersada, iqtisodiy Oʻsishni toʻliq aks ettirmaydi. Mas, mamlakat aholisining Oʻsish surʼati 3% ni, real YAIM ning Oʻsish surʼati ham 3% ni tashkil etdi. Bunday holatda, garchi YAIM hajmi oʻsgan boʻlsada, kishilarning daromadlari oʻzgarmay qoladi. Shu sababli iqtisodiy Oʻsishni toʻlaroq aks ettirish uchun boshqa bir koʻrsatkich — aholi jon boshiga ishlab chiqarilgan real YAIMning oʻzgarishi qoʻllaniladi. Real YAIM hajmining oʻzgarishi umuman mamlakat iqtisodiyotining muayyan davr oraligʻidagi rivojlanishini ifodalasa, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real YAIM hajmining oʻzgarishi iqtisodiy rivojlanishga kishilar turmush darajasi orqali baho berishga xizmat qiladi.
Mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan YAIM ishlab chiqarish omillari — yer, kapital va mehnat resurslarining oʻzaro taʼsirida shakllanadi. Bular iqtisodiy Oʻsishning miqdoriy omillariga kiradi (mas, foydalanilayotgan ekin maydonlarni kengaytirish YAIM oʻsishiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi). Ushbu omillarni ishlab chiqarish jarayoniga kengroq jalb etish natijasida yuz beradigan iqtisodiy Oʻsishekstensiv oʻsish deb ataladi.
Iqtisodiy Oʻsishning sifat omillari ham mavjud boʻlib, ularga mehnat, kapital va yer (tabiiy) resurslari unumdorligi kiradi. Sifat omillari hisobiga yuz beradigan iqtisodiy Oʻsish intensiv oʻsish deb yuritiladi.
Ishlab chiqarish omillarining cheklanganligi ekstensiv Oʻsish.ning imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababli resurslar cheklanganligi sharoitida intensiv oʻsish samarali hisoblanadi. Fantexnika taraqqiyoti ham intensiv iqtisodiy oʻsishni ragʻbatlantiradi. Keyingi yillarda bir qator ijtimoiy qoʻrsatkichlar iktisodiy Oʻsish sharti va natijasi tarzida qaralmoqda. Oʻsish sohasida — bandlikning yukobiy dinamikasi; taqsimot sohasida — aholining real daromadlari va boshqalar bir qator koʻrsatkichlar dinamikasi; ayirboshlash sohasida — savdo va umumiy ovqatlanish moddiy bazasining rivoji, chakana savdo aylanmasi dinamikasi; isteʼmol sohasida — isteʼmolning va noishlab chiqarish jamgʻarishning oʻsishi shunday koʻrsatkichlarga kiradi. Iqgisodiy oʻsishning asosiy ijobiy tomoni — uning ishlab chiqarish va isteʼmol tuzilmasi oʻzgarishlariga taʼsir koʻrsatishidir.
Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab- quvvatlash tuzilmalari faoliyatini yaxshilash, ishsizlik va kambag‘allik darajasini pasaytirish sohasida tuman va shaharlarda tadbirkorlikka ko‘maklashadigan tuzilmalar negizida mahallalarda hokimlarning yordamchilari bilan yaqin hamkorlikda ish olib boruvchi Tadbirkorlik kengashlari tashkil etiladi. Avgustda Prezidentning tadbirkorlar bilan an’anaviy “Ochiq muloqot”ini o‘tkazish rejalashtirilgan. Strategiyada 2026 yilga borib eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat ishtirokidagi kompaniyalarni xususiylashtirish hisobiga 25 ta faoliyat turlari bo‘yicha monopoliyalarni tugatish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish maqsadida davlat kompaniyalarini xususiylashtirish yo‘li bilan 14 ta iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha mutlaq huquqlarni bekor qilish va bu sohalardagi monopoliyani tugatish rejalashtirilgan (aholi va ijtimoiy obyektlarga suyultirilgan gaz etkazib berish, rangli metall parchalarini ishlab chiqarish va sertifikatlashtirish xizmatlari va boshq). Energetika sohasida elektr energiyasini etkazib berishga monopoliya bekor qilinadi va ijtimoiy himoya kafolatlarini belgilagan holda bozor mexanizmlari joriy etiladi. Shuningdek, neft-gaz sohasida transformatsiya jarayonlari jadallashadi. “O‘ztransgaz” AJ faqat gaz tashish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyaga aylantiriladi. “O‘zbekneftgaz” AJ tashkiliy-huquqiy tuzilmasi jahonning yetakchi neft-gaz kompaniyalari standartlariga muvofiqlashtiriladi. “Hududgazta’minot” AJ faoliyatiga, jumladan, iste’molchilarni gaz bilan ta’minlash tizimiga xususiy operatorlar jalb etiladi. Temir yo‘l sohasida xususiy transport operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, asosiy faoliyat turiga taalluqli bo‘lmagan aktivlar optimallashtiriladi va transport xarajatlari kamaytiriladi. “Raqobat to‘g‘risida”gi va “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi qonunlar birlashtiriladi, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish doirasi qonunchilik bilan aniq belgilab qo‘yiladi, tabiiy monopoliyalar holatini va bozordagi ustun mavqega egalikni aniqlash mezonlari kengaytiriladi, davlat ko‘magi shakllari va ularni taqdim etishga nisbatan talablar belgilanadi va raqobatni chegaralash uchun javobgarlik kuchaytiriladi. Iqtisodiy munosabatlarga erkin bozor tamoyillarini keng joriy etish uchun xomashyo etkazib berish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxlarini shakllantirishda bozor mexanizmlariga to‘liq o‘tish, shuningdek, ayrim tovarlar uchun belgilangan ma’muriy narxlarni bosqichma- bosqich bekor qilish nazarda tutilgan.
Shuningdek, Strategiya doirasida mamlakatdagi investitsiyaviy muhit ham izchil takomillashtirilib, 2026 yilga qadar xorijiy va mahalliy sarmoyalarni jalb etish strategiyasi amalga oshiriladi. Kelgusi besh yilda 120 mlrd. dollar, shu jumladan, 70 mlrd. dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘zda tutilgan. Davlat-xususiy sheriklik asosida 14 mlrd. dollar miqdoridagi investitsiyalar jalb qilinadi. Joriy yilda Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturida 2026 yilgacha xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini ishlab chiqish, investitsiyalardan samarali foydalanish va “quyidan yuqoriga” tamoyili asosida eksport hajmlarini oshirish bo‘yicha yangi tizimni yaratish ko‘zda tutilgan.
Hududlarning xorijiy davlatlar bilan, xususan, Sirdaryo viloyatining Xitoy bilan, Surxondaryo viloyatining Rossiya bilan, Jizzax viloyatining Hindiston bilan tashqi iqtisodiy aloqalari yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, joriy yilda hududlarda Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish banki, Surxondaryo viloyatida “Investorlarga ko‘mak markazi”, Toshkent shahrida “Ilg‘or loyihalar va injiniring markazi”, Navoiy kon- metallurgiya kombinatida “Biznesga ko‘maklashish markazi” tashkil etiladi. Toshkent shahrida har yili “Toshkent xalqaro investitsiya forumi” o‘tkazib boriladi. Strategiyada raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” – iqtisodiy rivojlanish sohasiga aylantirish, uning hajmini kamida 2,5 baravarga oshirish rejalashtirilgan. 2026 yil yakuniga qadar ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizga, dasturiy ta’minot industriyasi hajmini 5 baravar, uning eksportini esa 10 baravar oshirib, 500 mln. AQSh dollariga etkazish maqsad qilingan. Bu yo‘nalishda joriy yilda raqamli infratuzilmani rivojlantirish hisobiga barcha turar-joy massivlari, ijtimoiy obyektlar va avtomobil yo‘llarini internetga keng polosali tezkor ulanish tarmoqlari bilan qamrab olish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning real sektori va moliya sohasida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Maqsadli dastur loyihalarini amalga oshirish hisobiga raqamlashtirish darajasi 30 foizga oshiriladi. Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT-klaster tashkil etiladi. Shuningdek, “2023-2030 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqiladi va axborot texnologiyalari sohasida 700 nafar mutaxassis tayyorlanadi.
Eksportga ko‘maklashish tizimini takomillashtirish orqali 2026 yilda eksport salohiyatini 30 mlrd. dollarga etkazishga alohida e’tibor qaratiladi. Eksportchi korxonalarga ko‘rsatilayotgan tashkiliy va moliyaviy yordam berish tizimi takomillashtiriladi, buning hisobiga eksportchi korxonalar soni 6500 tadan 15000 taga, tovarlar eksporti geografiyasi esa yana 35 ta mamlakatga kengayib, 150 mamlakatga etishi kutilmoqda.
Joriy yilda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Eksportni rivojlantirish dasturi doirasida eksport hajmini 14 mlrd. dollarga etkazish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda eksport tarkibida tayyor mahsulotlar ulushi 32 foizdan 42 foizga ortadi, eksport tarkibida xomashyo resurslari ulushi xomashyoni qayta ishlash quvvatlarini oshirish hisobiga 34 foizdan 24 foizga kamaytiriladi, xizmatlar eksporti hajmi esa 3,3 mlrd. dollarni tashkil qiladi. Sanoatning har bir sektori uchun eksportni ko‘paytirish bo‘yicha ish rejalari ishlab chiqiladi, “Oyko-teks”, “Sedeks”, “BiEsSiAy”, “GOTS”, “ISO 9001” va boshqa xalqaro talablarga mos standartlar joriy etiladi, “H&M”, “ZARA”, “LC Waikiki”, “PUMA”, “Reebok”, “Uniqlo” kabi dunyoga mashhur brendlar mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun hamkorlikka jalb qilinadi, taniqli poyabzal brendlari buyurtmalarini jalb etish hisobiga 130 mln. dollarlik oyoq kiyimlar eksporti ta’minlanadi. Shuningdek, meva-sabzavot mahsulotlari eksporti geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘riladi. Eksportda xususiy sektor ulushini oshirish maqsadida joriy yildan eksportchi korxonalarga kompensatsiya va kafilliklar hamda qo‘l mehnati mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonlari orqali eksport qilish xarajatlarini qoplash joriy etiladi. Bundan tashqari, yaqin xorij mamlakatlariga eksport qilinayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar uchun eksportchi korxonalar transport xarajatlarining bir qismini qoplab berish tizimi ham qo‘llaniladi.
Strategiyada 2026 yilda qishloq xo‘jaligining yillik o‘sish sur’atlarini kamida 5 foizga etkazish va ushbu sektorda band bo‘lganlarning daromadini kamida 2 baravar oshirish ko‘zda tutilgan. Bunga tumanlarni aniq mahsulot turini etishtirishga ixtisoslashtirish, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, sug‘urtalashning yangi mexanizmlarini joriy etish orqali erishish rejalashtirilgan. 2022 yilda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish hisobiga mahsulot tannarxini 30-35 foizga pasaytirish, paxtadan har gektardan o‘rtacha 37 tsentner va g‘alladan 70 tsentner hosil olishga erishish ko‘zlanmoqda.
Meva-uzumchilikda “in-vitro” laboratoriyalari va 4 ta zamonaviy ko‘chatxonalar tashkil etish orqali har yili kamida 10 mln. dona virussiz ko‘chatlar etishtirish maqsad qilingan. Meva-sabzavotchilikda intensiv bog‘lar maydonini 1,5 baravar, issiqxonalar maydonini 1,2 baravar ko‘paytirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini ikki baravar, eksport salohiyatini esa 1 mlrd. dollarga oshirish rejalashtirilgan. 129 ming gektar yangi va foydalanishdan chiqarilgan erlar o‘zlashtiriladi. Hududlarda 110 ta meva- sabzavotchilik kooperatsiyalari va 35 ta g‘allachilik klasterlari tashkil etiladi, 25 ming gektar maydonda intensiv bog‘lar va 50 ming gektarda yangi uzumzorlar barpo etiladi, chorvachilikda o‘sish sur’atini o‘rtacha 6,2 foizga oshirish choralari ko‘riladi. 2022 yilda 2,7 mln. tonna go‘sht, 12,2 mln. tonna sut, 8,2 mlrd. dona tuxum, 468,4 ming tonna parranda go‘shti, 700 ming tonna baliq ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Shuningdek, joriy yilda qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, elektr energiyasi va issiqxonalarda muqobil energiya texnologiyasini joriy etish uchun yillik xarajatlarning bir qismini subsidiyalash ko‘zda tutilgan. Qishloq xo‘jaligida sug‘urtalash tizimi takomillashtiriladi, “Qishloq xo‘jalik sohasidagi tavakkalchiliklarni sug‘urtalash to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinadi. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning mavjud texnikaviy asosi saqlanib dolgan holda iqtisodiy resurslar miqdorini ko‘paytirib borish orqadi erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko‘paytirish uchun mavjud korxonalar bilan bir qatorda o‘rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va
sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo‘yicha huddi o‘shancha korxonalar ko‘riladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi.
Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish: yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Intensiv yo‘l ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining o‘sishida, mahsulot sifatining yaxshilanishida o‘z ifodasini topadi. Bunda mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa oshirishga ishlab turgan korxonalarni rekonstruktsiya qilish va texnika bilan qayta qurollantirish mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish hisobiga erishish mumkin. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda mavjud bo‘lmaydi, balki muayyan uyg‘unlikka, bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda ro‘y beradi. Shu sababli ustuvor
ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o‘sish turlari tahlil qilinadi.


  1. Download 158.57 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling