Iqtisodiyot’’kafedrasi ‘‘iqtisodiyot nazariyasi’’ fanidan kurs ishi
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari va omillari
Download 158.57 Kb.
|
KURS ISHI2023
Iqtisodiy o‘sishning ko‘rsatkichlari va omillari
Iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari ular tahlilchilar tomonidan mamlakat iqtisodiyotiga mumkin bo'lgan sarmoyalarni kiritish uchun uning sog'lig'ini izohlash va baholash uchun foydalanadigan ma'lumotlar. G'oya, ularning har biri tomonidan berilgan signallarni birlashtirib, baholash va shu bilan ma'lumotlarni kuzatish va tekshirish usullarini kengaytirishdan iborat.To'g'ri talqin ular taqdim etgan ma'lumotlardan maksimal darajada foydali bo'lish uchun kalit hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkichlarning aksariyat qismida ularni nashr etish jadvali mavjud; Bu investorlarga prognozlarini tuzish va o'z harakatlarini rejalashtirishga imkon beradi.Iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari bozorning barcha sohalarida katta ta'sirga ega; moliya sektori eng sezgir sohalardan biridir. Investorlar ularni tez-tez kuzatib turishadi va ularni farovonlik belgisi yoki mamlakat uchun yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammo deb bilishadi. Iqtisodiy o‘sish murakkab va ko‘p qirrali jarayon bo‘lganligi sababli uni baholash uchun qandaydir bitga ko‘rsatkich kifoya qilmaydi, balki muayyan ko‘rsatkichlar tizimi talab qilinadi. Bu ko‘rsatkichlar tizimida o‘lchamdagi va klimat ifodasidagi ko‘rsatkichlar farqlanadi. Iqtisodiy o‘sishning jismoniy o‘lchamdagi ko‘rsatkichlari ancha aniq natija beradi, (chunki ular inflyatsiya ta’siriga berilmaydi), lekin universal emas, ya’ni har xil o‘lchamdagi mahsulot va xizmatlarni ishlab umumiy ko‘rsatkichga keltirish qiyin. Klimat ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi, ammo har doim ham uni inflyatsiyadan xuliq “tozalash” mumkin bo‘lavermaydi. Shu sababli ko‘pincha iqtisodiy o‘sish sur’atlari qiyosiy yoki doimiy narxlarda hisoblanadi. Iqtisodiy o‘sish quyidagi qiymat ko‘rsatkichlarida hisoblanadi: 1.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning mutloq hajmi va ularning o‘sish sur’atlari. 2. YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning aholi jon bosh hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari. Z.YaMM (YaIM), SMM yoki milliy daromadning iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga turli keladigan miqdori va uning o‘sish sur’atlari. Iqtisodiy o‘sishni baholashda har uchala ko‘rsatkichdan ham foydalanish mumkin, lekin ularning ahamiyati turlicha. Agar diqqat markazida mamlakat iqtisodiy salohiyati muammosi tursa, birinchi ko‘rsatkichdan foydalanish ko‘proq mos keladi. Alohida mamlakat va hududlardagi aholining turmush darajasini taqqoslashda, ko‘proq ikkinchi ko‘rsatkichdan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlikni baholashda uchinchi ko‘rsatkichga ustuvorlik beriladi. Odatda iqtisodiy o‘sish sur’ati % (foiz)da joriy yildagi real YaMM (SMM, MD) ni bazis davridagi hajmiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Mamlakatning iqtisodiy o‘sish sur’atini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar bir qator kamchiliklarga ham ega. Birinchidan, ular mahsulot sifatining o‘zgarishini to‘liq aks ettirmaydi va shu sababli farovonlikning xaqiqiy darajasini to‘liq xarakterlab berolmaydi: - Ikkinchidan, real Ya MM va uning aholi jon boshiga o‘sishi bo‘sh vaqtning sezilarli ko‘payishini aks ettirmaydi va farovonlik real darajasining pasaytirib ko‘rsatilishiga olib keladi. - Uchinchidan, iqtisodiy o‘sishni qiymat ko‘rsatkichlarda miqdoriy hisoblash boshqa tomonlama uning atrof-muhitga va insonning hayot sharoitiga salbiy ta’sirini hisobga olmaydi. Iqtisodiy o‘sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi jismoniy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat bo‘lib, ular ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda miqdori, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi va shu kabilar hisoblanadi. Manba: Statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan. Iqtisodiy o‘sishning jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan boshqa jismoniy ko‘rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo‘yicha hisoblab chiqadigan mahsulot ko‘rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, iqtisodiy o‘sish tahlilida iqtisodiyotning ichidagi asosiy nisbat ham o‘rganiladi. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda uchta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar iqtisodiyotning jismoniy o‘sish layoqatini belgilab beradi, ular taklif omillari deb ham ataladi. Bu omillar quyidagilar: Tabiiy resurslarning miqdori va sifati. Mehnat resurslarining miqdori va sifati. Asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi. Texnologiya va fan - texnika taraqqiyoti. Mamlakatimizda o‘tish iqtisodiyoti davrida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar iqtisodiy o‘sishning hal qiluvchi omiliga aylanib bormoqda. Ikkinchi guruh talab omillaridir. Bular: 1. Investitsion resurslar talab darajasi. 2. Aholining umumiy farovonlik darajasi. Iqtisodiy o‘sishga taqsimlash omillari ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqarish salohiyatidan maqsadga muvofiq foydalanish uchun nafaqat resurslar iqtisodiy jarayonga to‘liq jalb qilingan bo‘lishi, balki juda samarali ishlatilishi ham zarur. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan to‘liq foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi, taklif va taqsimlash omillari o‘zaro bog‘liq va bir-birini taqozo qiladi. Masalan, resurslar miqdorining o‘sishi va sifatining yaxshilanishi, texnologiyani takomillashtirish iqtisodiy o‘sish uchun imkoniyat yaratdi. To‘liq bandlik va resurslarni samarali taqsimlash bunday o‘sishni ro‘yobga chiqaradi. Iqtisodiy o‘sishda resurslarni taqsimlash omillari ham o‘z o‘rniga ega bo‘lsada, bu muammoni tahlil qilishda asosiy e’tibor taklif omillariga qaratilishi zarur. Bu avvalo, mehnat unumdorligining o‘sishiga olib keluvchi omillardir. Download 158.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling