Iqtisodiyot’’kafedrasi ‘‘iqtisodiyot nazariyasi’’ fanidan kurs ishi


Iqtisodiy o‘sishni hosoblash usullari


Download 158.57 Kb.
bet5/6
Sana07.04.2023
Hajmi158.57 Kb.
#1339176
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KURS ISHI2023

4. Iqtisodiy o‘sishni hosoblash usullari
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab chiqarish plaridarajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish jami taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi – cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIMni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamikasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda, joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi, ya’ni:
Yt
Io = ------------ x 100
Yt-1
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real
YaIMning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq deb qaraladi. Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning pirovard maqsadini va yashash darajasi oshishini bildirsa, investitsiyalar hajmining o‘zgarishi resurs imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini aks ettiradi. Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish:
 birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga;
ikkinchidan, resurslardan samarali foydalanishga;
 uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga;  to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat obro‘sining oshishiga olib keladi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik, mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bo‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qo‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy ko‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi.
Real voqelikda iqtisodiy o‘sishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ham mavjud. Bunday omillar sirasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
 mehnat muhofazasi;
 atrof-muhit va ekologik vaziyat;
 ekologik muammolar;
 xodimlarning mehnat sharoiti;
 sog‘liqni saqlash;
 tabiiy ofatlar;
 favqulodda ro‘y beradigan iqtisodiy-siyosiy o‘zgarishlar.
Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun ustuvor vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
- makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o‘rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o‘zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash;
- xarajatlarning ijtimoiy yo‘naltirilganini saqlab qolgan holda
- davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
- soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag‘batlantiruvchi choralarni kengaytirish;
- ilg‘or xalqaro tajribada qo‘llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlash-tirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalar quyidagilardan iborat:
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko‘paytirish;
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish;
- xizmat ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o‘rni va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish;
- eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
- yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish.


Download 158.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling