BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
3-3 Iqtim-20 guruhi talabasi
AXATOV NOZIMNING “Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish” fanidan
Buxoro – 2023
Mavzu: Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning nazariy asoslari REJA:
Kirish
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari
Davlatning iqtisodiyotga ta’sir qilish usullari va vositalari
Iqtisodiyotni boshqarish va tartibga solishda davlatning roli
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash va rag`batlantirish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Oʻzbekiston Hukumati tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan tub islohotlar strategik istiqbolda barqaror iqtisodiy oʻsishni taʼminlashga qaratilgan.
Mavzuning maqsadi: Bugungi kunda mamlakatimiz rahbariyati tomonidan aniqlanayotgan va butun xalqimiz tomonidan oshkora muhokama etilayotgan muammolarning chuqurligi ularni tezlik bilan bartaraf etish uchun barcha mavjud imkoniyatlarni ishga solishni talab etadi. Shubhasiz, strategik boshqaruvning ilmiy asoslangan vositalarisiz oldimizga qoʻyilgan maqsadlarni roʻyobga chiqarishning imkoni yoʻq.
Mavzuning vazifalari: Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishda muvaffaqiyatli zamonaviy davlatning izchil rivojlanishini jamiyatning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha chuqur oʻylangan strategiyasiz tasavvur qilish mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqilgani bejiz emas. Ijrosi besh bosqichga boʻlingan respublikamiz uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu hujjat loyihasi milliy qonunchilik, huquqni qoʻllash amaliyoti va ilgʻor xorijiy tajriba tahlili asosida ishlab chiqilgan.
Strategiya davlat boshqaruvini har tomonlama isloh qilish, jamiyat qurilishini takomillashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, pirovardida, mamlakatimizni tubdan modernizatsiya qilishga qaratilgan. Strategik boshqaruvning ilmiy asoslari – bugungi kunda iqtisod fanlarining muhim sohalaridan biridir. Chunki tarmoq va korporativ darajada, hududlar va yirik megapolislarda rivojlangan mamlakatlarning davlat boshqaruviga doir tajribasini umumlashtiradi va tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |