Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish
Download 379.32 Kb.
|
Prognozlar klassifikasiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Referat ishining vazifalari.
- Referat ishining obyekti
- Referat ishining tuzulishi va hajmi.
Referatning maqsadi. Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlar haqida to’liq tushunchaga erishish hamda Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlash zarurati uslublarini o’rganish.
Referat ishining vazifalari. Referat ishining vazifalari Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlar ilmiy-amaliy jihattan tavsiflash hamda Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlar zarurati usullarini tahlil etish. Referat ishining obyekti. Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlari. Referat ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlar mavzusini ahamiyati shundaki iqtisodiy jarayonlar ayni bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davlatlar fonida davlatni iqtisodiyotga aralashuvini kamaytirish hamda bozor erkinligini qonuniylashtirishdir. Referat ishining tuzulishi va hajmi. Referat ishi 23 betdan iborat bo’lib o’z ichiga kirish, 3ta reja hamda xulosa va takliflarni o’z ichiga oladi. I Bob. Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy, uzoq va о‘rta muddatli prognozlar 1.1 Prognozlar klassifikasiyasi: faol va passiv, makroiqtisodiy prognozlari Iqtisodiy va ijtimoiy prognozlashda turli modellardan keng foydalaniladi. «Model» so‘zi lotincha «modulus» so‘zidan kelib chiqib, o‘lcham, namuna anglatadi. «Model» fanda tadqiqot obyektining qandaydir shartli shakli, prognozlashda esa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni bildiradi.Model iqtisodiy prognozlashning, tadqiqot qilinayotgan jarayonlarni ilmiy jihatdan bilish dastaklardan biri hisoblanadi. Modellashtirish jarayonining mazmuniga obyekt yoki jarayonni dastlab o‘rganib olish, uning muhim tavsilotlarini yoki belgilarini aniqlash asosida modellami tuzish, modellami nazariy va sinovli tahlil qilish, modellashtirish natijalami obyekt yoki jarayon to‘g ‘risidagi haqiqiy ma’lumotlar bilan taqqoslash, modelni to‘g‘rilash va aniqlashtirish kabilar kiradi. Prognozlashning alohida modellari va modellar tizimiga qo‘yiladigan talablari modellar ishlab chiqilishi mumkin va lozim bo`lgan usullarni tanlash va ular bo‘yicha hisob-kitoblami amalga oshirish usul va vositalar natijasida vujudga keladi. Ushbu talablar asosan quyidagi holatlarni nazarda tutadi:- uslubiyat mazkur prognoz uchun muayyan tuzilmaga ega bo`lgan kirish ma’lumotining tavsifi va ko‘rsatkichlari to‘g‘risida yetarli darajada keng taxminlarda alohida prognozlarni tuzishga imkon beradigan qoida (algoritm)larning ketma-ketligini aniq izohlab berishi lozim;- uslubiyat odatda prognoz variantlar bo‘yicha o‘zgaradigan, bir xil bo`lmagan va katta hajmdagi ma’lumotlardan kelib chiqib, o‘z vaqtida va ko‘p marotaba hisob-kitoblarni olib borishga imkon beradigan usul va texnik vositalarini qo`lashi lozim;- o‘xshash usubiyatlarda prognoz qilinayotgan jarayon va ko‘rsatkichlarning murakkab, ko‘p omilli aloqalar hisobga olinishi lozim. Ushbu sharoitlarda muhim va turg‘un qonuniyat va tendensiyalarning aniqlanishi ta’minlanishi lozim. Ushbu aniqlash jarayoni boshlang‘ich materiallarda ham, uslubiyat ma’lumotlari bo‘yicha olinadigan natijalami va u bilan bog‘liq bo`lgan modellar majmuasi bo‘yicha ulaming hisob-kitoblarini tahlil qilish jarayonida ham zarur hisoblanadi;- tizimdagi alohida prognozlarning muvofiqligi ta’minlanishi lozim. Prognozlar tizimi ziddiyatsiz bo‘lishi lozim. Matematik usullardan foydalanish ilmiy-texnik taraqqiyoti prognozining asoslanganligi, amaliyotliligi va o‘z vaqtliligiga nisbatan yuqori talablarga javob beradigan prognozlash usullarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish uchun zarur sharoitlar hisoblanadi. Iqtisodiy, ijtimoiy jarayonlar rivojlanishining qonuniyatlarini o‘rganish vositasi iqtisodiy-matematik modeli hisoblanadi. Iqtisodiymatematik modeli o ‘z mohiyatiga ko‘ra, iqtisodiy tizimni hosil qiluvchi elementlarining asosiy o‘zaro aloqasini izohlab beruvchi rasmiylashgan nisbatlar tizimini ifodalaydi. Ekonometrik turdagi iqtisodiy-matematik modellar tizimi iqtisodiy va ijtimoiy sohaning nisbatan murakkab jarayonlarini izohlash uchun xizmat qiladi. Ekonometrik modellashtirish retrospektivga oid statistik axborotlami qayta ishlash, alohida o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarning miqdorlarini va ulaming o`lchamlarini baholashga asoslangan. Iqtisodiymatematik modeli, masalan, quyidagicha ifodalanilishi mumkin Z-aX. Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bo‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qo`llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, a - bitta buyum uchun material sarflanish me’yori, Z-materiallarga bo`lgan umumiy ehtiyoji.Iqtisodiymatematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bo‘lsa, murakkab ko‘rinishga ega bo`ladi Ushbu model materiallarga bo`lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog`liq ekanligini ko‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish me’yori. Bunday model deskriptiv(lotincha ≪desckribo≫)deb ataladi. Iqtisodiy va ijtiomiy parognozlash modellarining ayrim turlari optimallashtirish mezoni yoki eng yaxshi kutilayotgan natijaga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, iqtisodiy-matematik modellar (unda xarajatlar minimallashtiriladi) va masalan, imkon qadar ko‘p mahsulot olishga qaratilgan modellar ajratiladi. Vaqt omilini hisobga olgan holda modellar statistik (ya’ni modelda rejali davr mobaynida muayyan bir vaqt kesimi uchun chegaralar qo‘yilgan va bu sharoitlarda xarajatlar minimalashtiriladigan yoki yakuniy natija maksimallashtiradigan holatlar mavjud) yoki dinamik (bu holatda chegaralar butun rejali davr uchun samarani xuddi shunday minimallashtirish yoki maksimallashtirish sharoitida bir nechta vaqt kesimi uchun o ‘rnatilgan). Quyidagi ekonometrik modellarni ajratib olish mumkin: omilli, tarkibli va kombinatsion. 1-sxema Sektorlar o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy bitimlar quyidagi asosiy makroiqtisodiy hisoblarda qayd etiladi Bitta model turi turli iqtisodiy obyektlarga nisbatan qoplanilishi mumkin. Agregirlashgan darajasiga qarab iqtisodiy ot rivojlanishining ko‘rsatkichlarini makroiqtisodiy, tarmoqlararo, hududlararo, tarmoqli, hududiy modellarga bo‘linadi. Iqtisodiyotni rivojlantirish jihatlari bo‘yicha asosiy fondlami, mehnat resurslami takror ishlab chiqarish, moliya tizimi va narx shakllantirish hamda boshqa modellar ajratib turadi. Omilli modellar u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasi hamda unga ta’sir etuvchi iqtisodiy ko‘rsatkichlardalillarning darajasi va dinamikasiga bo‘lgan nisbatlarini izohlaydi. Ekonometrik modellarning o ‘zgaruvchan ko‘rsatkichlari ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) modellarga bo‘linadi. Masalan, modeldagi ekzogen omillar korxona uchun yetkazib berishlarning jo ‘shqinligini, endogen omillar esa korxonada mehnat resurslarning mavjudligini ko‘rsatib berishi mumkin. Omilli modellar o ‘zgaruvchi ko‘rsatkichlaming turli miqdorini va ularga mos ravishda oichamlarini o ‘z tarkibiga olishi mumkin. Omilli modelning sodda turi bir omilli model hisoblanadi. Unda omil sifatida biron bir vaqt ko‘rsatkichi xizmat qiladi. Bu holatda u yoki bu ko‘rsatkichni tahlil va prognoz qilish vaqtning xronologik qatoriga nisbatan bog‘liqlikda amalga oshiriladi va shu yo‘l bilan trendlar (u yoki bu dinamik qatori o‘zgarishining umumiy tendensiyani tavsiflovchi bog‘liqlik) aniqlanadi2. Chiziqli, nochiziqli turdagi ko‘p omilli modellar prognoz qilinayotgan ko‘rsatkichning darajasi va dinamikasiga bir vaqtning o ‘zida bir nechta omillaming ta’sir etishini hisobga olishga imkon beradi. Ushbu modellar jumlasiga makroiqtisodiy ishlab chiqarish funksiyalami tavsiflovchi modellar, aholi daromadlari, narx, to‘yinganIik darajasi, unumli iste’mol me’yorlari va h.k. ga qarab alohida iste’mol buyum uchun talabni tahlil qilish modellari kirishi mumkin. Tarkibiy modellar bir butun yoki agregatni shakllantiruvchi alohida unsurlar o ‘rtasidagi nisbatlarni, aloqalarni izohlab beradi. Ushbu modellar tarkibiy-balans turdagi modellar sirasiga kiradi, ya’ni unda u yoki bu agregatni tarkibiy qismlarga bo‘lish bilan bir vaqtda ushbu unsurlarning o ‘zaro aloqalari ko‘rib chiqiladi. Bunday modellar matritsali shaklga ega va tarmoqlararo hamda hududlararo aloqalarni tahlil qilish va prognozlash uchun qo‘llaniladi. Ular yordamida oqimlaming, o‘zaro aloqalari, masalan, mahsulotni sohalararo yetkazib berish izohlanadi. Tarkibiy-balans modelining eng keng tarqalgan shakli ishlab chiqarishning tarmoqlararo balansi va mahsulotlarni taqsimlash hisoblanadi.Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellami o ‘zi ichiga oladi. Download 379.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling