Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasi ishlab chiqilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning harakatlar strategiyasi ishlab chiqilishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar
"Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining navbatdagi so‘rovnomasi O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmun-mohiyatidan fuqarolarning xabardorlik darajasiga bag‘ishlandi. So‘rovnomada ishtirok etgan aksariyat fuqarolar Harakatlar strategiyasi xalqimizning turmush farovonligini yanada yaxshilash va mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim hujjat, deb hisoblaydi. Ijtimoiy tadqiqot jamiyat hayotining barcha sohalarida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar aholi manfaatlariga javob berayotganini, islohotlar odamlarning hayot darajasi va sifatini oshirish bilan birga, tafakkurini ham o‘zgartirayotganini ko‘rsatgan. 79,9 foiz respondentlar Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyatini yaxshi bilishini ta’kidlagan. “O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida qabul qilingan hujjat, deb hisoblaysizmi?” degan savolga ishtirokchilarning aksariyati (83,5 foiz) ijobiy javob bergan. «Sizni o‘ylantirayotgan muammolar Harakatlar strategiyasining qaysi ustuvor yo‘nalishlarida o‘z aksini topgan?» degan savolga respondentlarning ko‘pchiligi Strategiyadagi barcha yo‘nalishlar davlat va jamiyat hayotida yangi rivojlanish bosqichini boshlab beradi, o‘zlarini qiynayotgan muammolarni samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb hisoblaydi. Davlat boshqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va oshkoraligi bo‘yicha respondentlarning fikri o‘rganildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2017 yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinishi mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizda xalq bilan muloqot qilish, adolat va haqiqat tamoyillarini qaror toptirishda yangi bosqichni boshlab berdi. Prezidentimizning «Insonlarning dardu tashvishlarini o‘ylab yashash – odamiylikning eng oliy mezonidir», degan hayotbaxsh so‘zlari bugun Xalq qabulxonalariga kiraverishda katta harflar bilan yozib qo‘yilgan. Fuqarolar fikricha, davlatimiz rahbarining ushbu so‘zlari har bir yurtdoshimiz uchun eng muhim vazifa bo‘lishi kerak. Fuqarolar hokimiyatning ijroiya organlari faoliyatidan turli darajada qoniqishi so‘rovnoma natijalarida aks etgan. Har ikkinchi respondent hokimiyat ijroiya organlari ishidan mamnun, har uchinchisi – qisman rozi, 12,1 foizi – rozi emas. Ishtirokchilar hokimiyat ijroiya organlari rahbarlari faoliyatining fuqarolarga ochiqligini ham turlicha baholagan. 40,7 foiz respondentga ko‘ra, barcha ma’lumotlar ochiq va etarli. Qatnashchilarning 33,9 foizi hamma fuqarolar uchun ham ma’lumotlar oshkora emas, deb hisoblaydi. So‘rovnomada ishtirok etganlar yaxshi maoshli ish topish, oylik maoshni vaqtida olish, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishda qator qulayliklar yaratilganini, pensionerlar, nogironlar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish, aholini elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash xizmatlari yuqori darajaga ko‘tarilganini ma’lum qilgan. Fuqarolar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va u asosida qabul qilinayotgan davlat dasturlari olib borilayotgan barcha islohotlar sifatini yanada oshirishda, davlat va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini modernizatsiya qilish va liberallashtirishda, aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirishda asosiy dasturilamal bo‘lishiga, inson manfaatlariga xizmat qilishiga va ularni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda katta yordam berishiga ishonmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlaymiz. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bilan tanishganimizdan xursandmiz. Ushbu strategiya har tomonlama puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va juda istiqbolli. Unda belgilangan chora-tadbirlar xalq bilan muhokama qilingani, mutaxassislarning fikr va takliflari inobatga olingani e’tiborga molik. Bu Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilidan ko‘zlangan maqsadni ifodalovchi yorqin misollardan biridir. Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgani ta’kidlandi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasining birinchi yo‘nalishida davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish nazarda tutilgan, jumladan, unda davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini kuchaytirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Bu qonun ijodkorligi faoliyati sifatini tubdan oshirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. Bu siyosiy partiyalarning aholini o‘ylantirayotgan muammolarga samarali echim topish, hududlarni rivojlantirishda faol ishtirok etishiga mustahkam zamin yaratadi. Prezidentimiz farmoni asosida tashkil etilayotgan “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasi viloyatda sanoatni yanada rivojlantirish, eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi. Harakatlar strategiyasi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining barcha darajadagi tashkilotlari va deputatlik birlashmasi zimmasiga ulkan vazifalar yuklaydi. Unda belgilangan vazifalarning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qilishda faollik ko‘rsatish, aholi bilan muloqotlar o‘tkazish, mavjud muammolarni chuqur o‘rganish, ularning echimi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish dolzarb masaladir. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling