Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet28/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Xalq bilan yuzma-yuz. Prezidentimiz taklifi bilan 2017 yil Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nomlandi. Odamlarning murojaatlari bilan ishlashni yaxshilash, dardi-o‘yi, orzu-niyatini tinglash maqsadida Prezidentning Xalq qabulxonalari, Virtual qabulxonasi tashkil etildi. Bugun Vatanimizda har bir kun inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar haq-huquqlarini kafolatli himoya etish, ularga qulay yashash va mehnat sharoitlarini yaratish yo‘lidagi sa’y-harakatlar bilan o‘tmoqda. 
Prezidentimiz saylovoldi uchrashuvlarida odamlarning fikri-o‘ylari, hayotimizdagi mavjud muammolar, olis qishloqlarda yashayotgan aholi turmushi bilan qiziqdi, ulardan hol-ahvol so‘radi. 
Keyingi yillarda aholi va ijtimoiy tarmoqlarni, elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlashda uzilishlar bo‘layotgani, kamchiliklar mavjudligi ayon bo‘lib qolgandi. Bu joylarda aholi bilan bo‘layotgan ochiq muloqotlarda bot-bot tilga olina boshlandi. 
Davlatimiz rahbari uchrashuvlarda mamlakatimizda elektr uzatish tizimi eskirganligi, bu tizimni tubdan isloh qilish va tamoman yangilash vaqti kelganini ta’kidladi. 
Aholini uy-joy bilan ta’minlash masalasi ham jiddiy muammoga aylangan edi. Qurilayotgan yangi namunaviy uylar aholiga ma’qul bo‘layotgan bo‘lsa-da, uy-joy qurish sur’atlari aholining tabiiy ko‘payishiga nisbatan ancha ortda qolayotgandi. 
Harakatlar strategiyasining to‘liq amalga oshirilishi natijasida har bir oila munosib yashash sharoitlariga ega bo‘ladi, aholining uy-joy, elektr energiyasi, tabiiy gaz va toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi tubdan o‘zgaradi. 
Odamlar roziligi – eng muhim masala.
Harakatlar strategiyasi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa barcha sohalarni jadal rivojlantirish, ma’naviy dunyomizni tubdan yuksaltirishni nazarda tutadi.
Bozor iqtisodiyotining o‘zgaruvchan tabiati mamlakatimiz shahar va hududlariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Kichik shaharlardagi yuzlab ishlab chiqarish ob’ektlari turli sabablarga ko‘ra o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Minglab ishchilar, mutaxassislar o‘z kasbi, turmush tarzi, yashash joylarini o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 
Harakatlar strategiyasida hududlarni manzilli rivojlantirish, har bir shahar va tumanni maqsadli barqaror taraqqiy ettirish, bo‘sh yotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag‘ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash masalasi ilgari surilmoqda. 
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan islohotlar natijasida eski turdagi xo‘jaliklarning tugatilishi va ularning o‘rniga zamonaviy fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko‘pi yashaydigan qishloq aholisi hayotida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Istiqbolli fermer ho‘jaliklari tashkil etildi. Natijada ilgari 1000 gektar erda band bo‘lib kelgan 1500-2000 odam o‘rniga fermer xo‘jaligining 50-100 a’zosi bemalol oldingi darajadan kam bo‘lmagan, balki ko‘proq mahsulot tayyorlay boshladi. Minglab odamlar dehqonchilik, yakka tartibdagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ammo ayrim yoshlar stixiyali tarzda xorij davlatlariga ish izlab ketishni ma’qul ko‘rdi. Buning oqibatida ular tili, dini, ma’naviyati va siyosati o‘zgacha bo‘lgan muhitga tushib qoldi. 
Harakatlar strategiyasida ana shunday ijtimoiy asoratlarni bartaraf etish, qishloq hayotini normal izga tushirish, bandlikni ta’minlash, chet elga maqsadsiz ketib qolgan yoshlarni Vatanga qaytarish va ular uchun munosib hayot va faoliyat tarzini yaratish vazifalari qo‘yilgan. 
SHu kunlarda mamlakatimizda yuritilayotgan tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga oid davlat siyosatining zamirida odamlarning bandligi, shu asosda xalqimiz farovonligiga erishish turibdi. Bu Harakatlar strategiyasining yo‘nalishlariga mosdir.
Hozirgi davrdagi jadal taraqqiyot tendensiyalari mamlakatimizni industrial rivojlantirishda insonning intellektual omiliga ustuvor ahamiyat qaratishni dolzarb masalaga aylantirdi. Vatanimizning barqaror taraqqiyoti uchun mavjud intellektual salohiyatni samarali ishga solish, mutaxassislarning o‘z faoliyatiga ongli yondashuvini shakllantirish, ularning shaxsiy mas’uliyat va tashabbuskorlik fazilatlarini kuchaytirish katta ahamiyatga egadir. Insonning shaxsiy mas’uliyat, tashabbuskorlik hamda fidoyilik fazilatlari Vatanni chin dildan sevishdan, vatanparvarlikdan kuch oladi. SHu boisdan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev “har qanday davlat siyosatining asosini vatanparvarlik tarbiyasi tashkil etadi”, deb alohida qayd etdi. 
Harakatlar strategiyasi nafaqat tashqi investitsion siyosatni faollashtirish, balki inson ichki imkoniyatlarini yanada to‘laroq ro‘yobga chiqarish ishlariga alohida e’tibor qaratadi. “Bu siyosatning asosiy maqsadi shundan iboratki, biz har qanday fuqaroga o‘zining kuch va imkoniyati, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun keng sharoit va imkoniyat yaratib berishimiz zarur”, deb ta’kidladi Prezidentimiz. 

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling