Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
Alohida tarmoqlar miqyosida
Qishloq xo‘jaligida boshqaruvni takomillashtirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va suv xo‘jaligi vazirligi birlashtirildi va Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etildi va yangi vazirlik oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi: – yerlar hosildorligi va samaradorligini oshirish maqsadida yagona strategik siyosatni shakllantirish va uni amalga oshirish; – qishloq xo‘jaligida yagona fan-texnika va texnologiya siyosatini amalga oshirish; – qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish; – qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsionalizatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinzorlarini optimal almashlab ekish tizimini tatbiq etish; – respublika agrosanoat majmui holatini tahlil etib, uning rivojlanish istiqbolini aniqlash; – qishloq xo‘jaligini intensivlashtirilishini ta’minlash; – respublika yer va suv resurslaridan samarali foydalanish ustidan davlat hisob va nazoratini amalga oshirish; – ilgari o‘zlashtirilgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni sug‘orish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda progressiv metodlardan foydalanish; – respublika suv resurslari va irrigatsiya-melioratsiya tizimlariga boshqaruvlik qilish. Respublikadagi sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini e’tiborga olib, uni tubdan o‘zgartirish zamon talabi ekanligini tasdiqlab, respublika irrigatsiya va melioratsiya inshootlarini ekspluatatsiya qilishni takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2007 yil 12 dekabrda 256-sonli «O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi irrigatsiya va drenaj milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risida» Qaror qabul qildi va bu Qo‘mita oldiga respublikada suv va yer resurslaridan oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida yagona iqtisodiy va ilmiy-texnik siyosatni amalga oshirish vazifasi qo‘yildi. Ilgari respublikada soliq va soliqqa tortish bilan Moliya vazirligi huzuridagi soliq organlari shug‘ullangan, lekin xalq xo‘jaligini bozor munosabatlariga o‘tkazish, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, soliq va soliqqa tortish munosabatlarining murakkablashishi bilan soliq organlari moliya organlaridan olinib, O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq Qo‘mitasi tashkil etildi va bu qo‘mitaga quyidagi vazifalar yuklatildi: – davlat budjeti va boshqa fondlarga jalb etiladigan soliq va to‘lovlarning to‘g‘ri aniqlanganligi, ularning to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazorat qilish; – soliq to‘lovchilarni, soliqqa tortiladigan ob’ektlarni to‘liq va o‘z vaqtida hisobga olish va fuqarolardan olinadigan soliqlarni to‘g‘ri aniqlash; – O’zbekiston Respublikasi soliq siyosatini amalga oshirishda qatnashish; – soliqlar va to‘lovlardan bosh tortganlarni aniqlash, qabul qilingan soliq qonunlarini buzganliklari to‘g‘risida yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan materiallarni tegishli tekshirish – sud organlariga topshirish. Bir guruh vazirliklar o‘rniga bozor munosabatlariga moslangan organlar barpo etildi. Oziq-ovqat vazirligi o‘rniga Davlat-aksiyadorlik konserni, Yo‘l aloqa vazirligi o‘rniga Davlat-aksiyadorlar kompaniyasi, Neft va gaz sanoati vazirligi o‘rniga, Davlat-neft va gaz sanoat konserni, Mahalliy sanoat vazirligi o‘rniga Davlat-aksiyadorlar korporatsiyasi, Paxta tozalash sanoati vazirligi o‘rniga Paxta bo‘yicha Davlat-aksiyadorlar konserni, Qurilish materiallari sanoati vazirligi o‘rniga Qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha davlat konserni tashkil etildi. Sotsial ta’minot vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’lim vazirligi saqlanib qolindi. Boshqaruv organlarining samarali faoliyati nazorat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli respublikada yangi nazorat organlar tizimini tashkil qilishga ham tegishli e’tibor ajratildi. 1998 yili Respublika Prezidentining «Tekshirishlarni tartibga solish va tekshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida» Farmoni qabul qilindi. Bu Farmonga binoan respublikada o‘tkazilayotgan tekshiruvlarni tartibga solish, tekshiruvchi organlar tomonidan xo‘jalik sub’ektlarining faoliyatiga asossiz aralashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va nazorat qilish ishlari ustidan muvofiqlashtirish O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasiga yuklatildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yili qabul qilingan Farmoyishiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatida nazorat Inspeksiyasi tashkil etildi va bu inspeksiya o‘z tarkibiga quyidagilarni oldi: O’zbekiston Respublikasi Prezident Mahkamasi nazorat inspeksiyasi: Qoraqolpog‘iston Respublikasi Juqori Kenges raisi huzuridagi nazorat inspeksiyasi; Respublika shaharlari, tumanlari apparatlarining nazorat inspeksiyalari. Nazorat inspeksiyalari oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi: – davlat hokimiyati organlari faoliyati ustidan harakatchan nazorat tashkil qilib, ular tomonidan bajaruv intizomiga rioya qilishni nazorat qilish; – fuqarolar tomonidan respublikada qabul qilingan qonun, qaror, Prezident farmoyishlarining bajarilishi to‘g‘risidagi tushgan ariza va xatlarni tekshirish; – bozor munosabatlari mexanizmlarini amalga oshirish, korxonalar manfaatlarini himoya qilish, xorijiy investitsiyalarni respublikaga jalb qilish, ulardan samarali foydalanish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish. Respublika iqtisodiy islohotlarini kelgusida chuqurlashtirish va yangi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida respublika keng fan jamoasini jalb qilish uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha idoralararo Kengash tashkil etildi va uning oldiga quyidagi vazifalar quyildi: – respublika sotsial-iqtisodiy rivojlanishining yagona strategiyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish; – iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan takliflarni ishlab chiqish; – respublikada iqtisodiy o‘zgarishlarni amalga oshirish maqsadida konkret model va dasturlarni tayyorlash; – tadbirkorlikni rivojlantirish holatini tahlil qilish; – xorijiy investorlarni aktiv jalb qilish maqsadida tegishli chora-tadbirlarni aniqlash. Ko‘rinib turibdiki, respublikada iqtisodiyotga umuman, uning alohida tarmoqlariga boshqaruvlik takomillashib bormoqda. Shu bilan birga alohida korxona va tashkilotlarga nisbatan ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda va ular quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkazilmoqda: – korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va ularga nisbatan davlat rahbarligini pasaytirish; – davlat korxona va tashkilotlarini xususiylashtirish, ularni boshqa mulk shakllariga aylantirish, iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish; – narx-navo siyosatini erkinlashtirish, narxlarni asosan o‘zaro shartnomalarga, taklif va talab nisbatiga asosan aniqlash; – mahsulot ishlab chiqarishga davlat buyurtmalarini qisqartirib borish; – moddiy-xom ashyo resurslarini davlat limitlariga asosan emas, shartnomalarga asoslanib taqsimlash; – korxona va tashkilotlar faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashni kamaytira borib, ularni o‘zini-o‘zi oqlash, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish uchun tegishli shart-sharoitlarni barpo etish. Shunday qilib: Birinchidan, respublika xalq xo‘jaligini, iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazishning asosiy shart-sharoitlaridan biri bo‘lgan yangi boshqaruv tizimni shakllantirishga respublikada zarur bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaydilarki: «Iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o‘zgartirildi. Tarmoq vazirliklari tugatilib, ishlab chiqarish tarmoqlari va sohalarini boshqarishning bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yuritish talablariga ko‘proq mos keladigan yangi tizimi tashkil etildi»27. Ikkinchidan, amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar boshqaruv tizimning hamma yo‘nalishlarini o‘z tarkibiga qamrab olmoqda. Bu chora-tadbirlar umuman xalq xo‘jaligi, mamlakat iqtisodiyoti, iqtisodiyotning alohida tarmoq va sohalari miqyosida va alohida korxona va tashkilotlarga nisbatan amalga oshirilmoqda. Uchinchidan, respublikada davlat asosiy islohotchi ekan, yangi boshqaruv tizimini shakllantirishda bozor munosabatlariga erkinlik berish, davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishda davlatning aralashuv saqlanib qolmoqda va bu aralashuvi doimo takomillashib bormoqda. To‘rtinchidan, respublikada sotsial yo‘naltirilgan ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti asta-sekin, bosqichma-bosqich shakllanar ekan, respublikaning sotsial-iqtisodiy rivojlanishida qabul qilingan boshqaruv tizimining prinsiplari, amalga oshirilish yo‘nalishlari, boshqaruv organlarning tarkibiy tuzilishi yangi mavjud bo‘layotgan talablarga javoban o‘zgartirilib bormoqda. Beshinchidan, shakllanayotgan yangi boshqaruv tizimi respublika sotsial-iqtisodiy taraqqiyotining asosiy omillaridan biriga aylanmoqda va respublikada xalq xo‘jaligi barqarorligini saqlab qolish va respublika iqtisodiyoti rivojlantirilishini ta’minlashda asosiy shart-sharoitga aylanmoqda. Oltinchidan, lekin bozor munosabatlariga moslangan yangi boshqaruv tizim respublikada hali to‘liq shakllangani yo‘q. Bu borada rejalashtirilgan chora-tadbirlar hamma vaqt, hamma joyda ham samarali darajada amalga oshirilmayapti. Bu kamchiliklarning borligini ta’kidlab, ularni bartaraf etish maqsadida I.A. Karimov shunday deydilar: «Keling, mavjud boshqaruv tizimining nuqson va illatlarini tanqidiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqib, baholaylik. Avvalo, keyingi yillarda qator soha vazirliklari turli xo‘jalik birlashmalariga, ya’ni korporatsiyalar, uyushmalar, kompaniyalarga aylantirilganiga qaramay, ularning mohiyati, ish usullari amalda deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.»28 Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida I.A. Karimov quyidagi muammolarni yechish zarurligini va buning uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdilar: – Boshqaruv organlari, boshqaruv tizimi bo‘yicha hukumat tomondan qabul qilingan qonun va qarorlarning hamma joylarda ijrosini ta’minlash. – Bozor munosabatlarining talablariga binoan xo‘jalik sub’ektlarining iqtisodiy erkinligini kengaytirish maqsadida davlat, hukumat organlari tomonidan ularning ishlab chiqarish, moliyaviy faoliyatiga asossiz aralashuvini bartaraf etish. – Boshqaruvni o‘ta markazlashtirish tamoyilidan voz kechib, ayrim vazifalarni boshqaruvning xududiy bo‘g‘inlariga keng ko‘lamda o‘tkazish. – Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, keraksiz hisobotlarni va qog‘ozbozlikni qisqartirish asosida davlat boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish. – Bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ayrim idoraviy, tarmoq va hududiy boshqaruv tuzilmalarini qayta tuzish, birlashtirish, qisqartirish va tugatish asosida iqtisodiyotning boshqaruv tizilmalari samaradorligini oshirish. «O’zbek modeli»ni amalga oshirish yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakllantirish respublikada sotsial yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishda katta ahamiyatga ega. Shakllantirilayotgan yangi boshqaruv tizimi iqtisodiy taraqqiyotning «o‘zbek modeli» tamoyillarini amalga oshirishda tegishli imkoniyatlar, shart-sharoitlarni barpo etdi va natijada respublika iqtisodiy islohotlari samarali amalga oshirilmoqda. Yangi boshqaruv tizimi ayniqsa davlatning asosiy islohotchi funksiyasini amalga oshirishda va umuman respublikada yangi jamiyatni, yangi sotsial-iqtisodiy tizimni shakllantirishda davlatning tutgan o‘rnini kuchaytirdi va bu vaziyat respublika iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda taraqqiy etishini ta’minlamoqda. Demak, respublikaning kelgusidagi taraqqiyotida iqtisodiy islohotlarning chuqurlashtirilishida respublikada ishlab chiqilgan va amalga oshirilayotgan yangi boshqaruv tizimini ham takomillashtirib borish – zamon talabi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling