Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakllantirish


Download 3.9 Mb.
bet23/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

3. Bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakllantirish

80-yillardan boshlab, bu tizimning salohiyati tugay boshladi. Buni tubdan o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarishni rivojlantirishda davlat aralashuvini takomillashtirish, buning uchun tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilishi kerak edi. Bu borada ishlab chiqilgan tadbirlar iqtisodiy hayot talablariga to‘liq javob bermadi, ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlar kompleks ravishda va oxirigacha amalga oshirilmadi.


«O’tish davri muammolarining yig‘indisi va xususiyatlari bir vaqtning o‘zida qator g‘oyat murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va­zifa­­larni hal etishni taqozo qiladi. Avvalambor, yakkahokimlik tizi­mining illatlarini zudlik bilan tugatish, boshqaruvning ma’mu­riy-buyruqbozlik uslublarining va direktiv reja­lash­tirishning salbiy oqibatlarini tugatish, iqtisodiy va moliyaviy vaziyatning barqaror bo‘lishini ta’minlash zarur» deb ta’kid­laydi I.A. Ka­rimov26.
Ijtimoiy ishlab chiqarish sur’atlari yildan-yilga pasayib borib, mamlakat xalq xo‘jaligi 1990 yildan boshlab iqtisodiy inqirozga uchradi. O’zbekistonda bu holat 1991 yildan boshlab yuz berdi.
Amaliyotdagi bu iqtisodiy inqiroz odatdagi qabul qilingan iqtisodiy inqirozdan tubdan farqlanardi. Ma’lumki, odatda iqtisodiy inqiroz – bu jamiyat ehtiyojiga nisbatan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarishdir.
Ittifoqda 1990 yilda boshlangan iqtisodiy inqiroz – bu ja­miyat ehtiyojiga nisbatan ko‘proq mahsulot ishlab chiqarish emas, uni aksi bo‘ldi. Mamlakatda ishlab chiqarish orqaga keta boshladi. 1990 yili 1989 yilga nisbatan, 1991 yili 1990 yilga nisbatan va hokazo kam mahsulot ishlab chiqarildi. Bu jarayonga ham «iqtiso­diy inqiroz» deb nom berishdi.
Bunday vaziyat barpo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri – bu davlatda shakllantirilgan boshqaruv tizimining zamon talab­lariga javob bermasligi edi.
O’zbekiston mustaqillikni ko‘lga kiritish bilan, bozor muno­sabatlariga o‘tish davrida yangi boshqaruv tizimini ishlab chiqib, uni amalga oshirishi lozim edi. Bu muammoning murakkabligi shundan iborat ediki:
Birinchidan, mamlakatda shakllangan haddan tashqari markaz­lashtirilgan boshqaruv tizimini inkor qilib, undan voz kechish kerak edi.
Ikkinchidan, bozor munosabatlariga o‘tish uchun iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda davlat asosiy islohotchi si­fati­da faoliyat olib borar ekan, demak yangi boshqaruv tizimida ham iqtisodiyotni rivojlantirishda davlat aralashuvi aniq bir shakl­­­­da saqlanishi kerak edi.
Uchinchidan, demak ilgarigi boshqaruv tizimi asosan ma’­muriy metodlarga asoslangan bo‘lsa, yangi shakllanadigan bosh­qaruv tizi­mi asosan iqtisodiy metodlarga asoslangan bo‘lishi kerak edi.
Yangi boshqaruv tizimi quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topishi kerak edi:
– umumdavlat miqyosida;
– xalq xo‘jaligining alohida tarmoqlari miqyosida;
– alohida korxona va tashkilotlar miqyosida.
Bu yo‘nalishlar bo‘yicha respublikada kerakli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling