Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Respublika iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivojlanishi


Download 3.9 Mb.
bet19/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

4. Respublika iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivojlanishi

Ma’lumki, 80-yillarning oxirida sobiq ittifoq iqtiso­diyotida og‘ir, murakkab vaziyat paydo bo‘ldi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atlari haddan tashqari pasayib ketdi va mamlakat iqtisodiyoti iqtisodiy inqirozga uchradi. Sobiq ittifoq iqtisodiyoti 1990 yili, O’zbekiston iqtisodiyoti esa 1991 yildan boshlab iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi. Lekin mamlakatda ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz iqtisodiy nazariyada qabul qilingan iqtisodiy inqirozdan tubdan boshqa xususiyatga ega bo‘ldi.


Iqtisodiy nazariyada qabul qilingan iqtisodiy inqirozning kelib chiqishiga asosiy sabab – mamlakatda uning ehtiyojidan ortiqcha mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, ittifoq iqtisodiyotida paydo bo‘lgan iqtisodiy inqirozning sa­babi – ijtimoiy ishlab chiqarishni haddan tashqari yuqori sur’at­larda rivojlantirishda emas, aksincha, ijtimoiy ishlab chiqarish­ning orqaga ketishi, ishlab chiqarish hajmining kamayishi nati­jasida ro‘y berdi. Bu iqtisodiy inqirozga uchrash umuman itti­foqqa va uning tarkibidagi hamma ittifoqdosh respublikalarga taalluqli bo‘ldi. Bu jarayon ittifoq tarqatilishi bilan, sobiq ittifoqdosh respublikalarning mustaqil davlatlarga aylanti­rilishi bilan tezlashtirildi, murakkablashdi. Chunki ittifoq tarqatilishi bilan ittifoq respublikalararo iqtisodiy aloqalar qisman to‘xtatildi, buzildi, tubdan o‘zgardi. Shu sababli hamma sobiq ittifoq respublikalar iqtisodiyoti iqtisodiy inqirozga uchradi, ijtimoiy ishlab chiqarish orqaga keta boshladi, har yili o‘tgan yilga nisbatan kam mahsulot ishlab chiqarila boshladi.
Sobiq ittifoqdosh respublikalar har xil sharoitda rivoj­langanligi, har xil ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘l­ganligi, har xil yo‘llarni tanlab bozor munosabatlariga o‘tish­ganlari sababli ularda iqtisodiy inqiroz har xil darajada bo‘lgan, ijtimoiy ishlab chiqarishning orqaga ketishi har xil sur’atlarda bo‘lib, bu iqtisodiy inqirozdan chiqish tabiiy holda har xil davrlarda amalga oshirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov bu vaziyat­ni tahlil qilish maqsadida Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995 yil ijtimoiy-iqtisodiy yakunlari va 1996 yil vazifalariga bag‘ishlangan majlisida qilgan ma’ruzasida 1990-1995 yillarda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida asosiy ishlab chiqarish tarmoqlarida ishlab chiqarishni orqaga ketayotganini ta’kidlab quyidagi jadval ma’lumotlarni keltirdilar.14
1991-1995 yillar O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy inqiroz yillari hisoblanadi. Yuqorida aytilganidek, O’zbekiston iqtisodiy inqirozga 1991 yili uchradi, iqtisodiy inqirozning oxirgi yili bo‘lib 1995 yil hisoblanadi, chunki 1996 yildan boshlab yalpi ichki mahsulotni ishlab chiqarish ko‘paya boshladi va respublika iqtisodiy inqirozdan chiqa boshladi.
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, O’zbekistonda 1990-1995 yillarda yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish dinami­kasi 81,1 foizni tashkil etib, yalpi ichki mahsulotning kamayishi 18,9 foizni tashkil etgan. Shu davrda yuqorida keltirilgan boshqa MDH mamlakatlarida bu kamayish 37,2 –55,6 foizni tashkil etib, orqaga ketish O’zbekistonga nisbatan 2-3 marotaba ko‘p bo‘lgan.


2-jadval.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling