Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


-1996 yillarda MDH mamlakatlarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish dinamikasi (1996 yil 1990 yilga nisbatan ,%)


Download 3.9 Mb.
bet21/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

1990-1996 yillarda MDH mamlakatlarida sanoat mahsuloti ishlab chiqarish dinamikasi (1996 yil 1990 yilga nisbatan ,%)



O’zbekistan

106,0

Turkmaniston

84,0

Ukraina

55,0

Qozog‘iston

48,0

Armaniston

48,0

Rossiya

47,0

Moldova

43,0

Ozarbayjon

41,0

Qirg‘iziston

39,0

Tojikiston

36,0

Gruziya

18,0

4-mavzu. O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyot bosqichlari
Reja:



  1. Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni amalga oshirish bosqichlari

  2. Iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish

  3. Bozor munosabatlariga moslangan boshqaruv tizimini shakllantirish

  4. Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish



Tayanch so’z va iboralar: Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”, menejment, marketing, kuchli ijtimoiy siyosat.
1. Iqtisodiy taraqqiyotning “O’zbek modeli”ni amalga oshirish bosqichlari

Yuqorida ko‘rilganidek, respublika iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazish borasidagi «o‘zbek modeli» – iqtisodiy islohotlari, bozor munosabatlariga o‘tish dasturi ikki bosqichda ishlab chiqildi: respublika mustaqilligidan oldingi 1989-1990 va respublika mustaqillikka erishgandan keyingi yillar.


1989-1990 yillarda «o‘zbek modeli»ning asosi I.A. Karimov­ning ma’ruzalarida barpo etilib, respublika mustaqillikka erishgandan keyin u ham nazariy, ham tashkiliy tomondan Res­publika Prezidenti I.A. Karimovning maxsus tayyorlangan asarla­rida va ma’ruzalarida boyitildi, takomillashtirildi va nati­jada bozor munosabatlariga o‘tishning «o‘zbek modeli» shakl­lantirildi.
Iqtisodiy taraqqiyotning «o‘zbek modeli» respublikaning bozor munosabatlariga o‘tish Dasturi to‘g‘risida gap borar ekan, uning shakllanish bosqichlaridan tashqari, uni amalga oshirish bosqichlarini alohida yoritish zarur. Chunki bozor munosabatlariga o‘tish Dasturida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar birin-ketin, har xil qo‘yilgan maqsadlar uchun amalga oshiriladi.
Ma’lumki, iqtisodiy islohotlar ko‘p qirrali bo‘lib, komp­leks chora-tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. O’zbekis­tonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning xususiyati shundan iboratki, ular orqali bir iqtisodiy munosabatlar va tashkiliy-boshqaruv tuzilmalarining boshqa iqtisodiy munosabat­lar va tashkiliy – boshqaruv tuzilmalari bilan alma­shi­nuvidir.
Shu sababli, respublika iqtisodiy islohotlari yanada ko‘p qirrali va murakkab bo‘lganligi uchun ular bir davr mobaynida birin-ketin, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim edi, va shunday amalga oshirilmoqda.
Yuqorida ta’kidlanganidek, respublikaning 1990 yili qabul qilingan dasturi uch bosqichda amalga oshirilishi kerak edi. Bu 1990-1992, 1993-1994, 1995-1996 yillar.
Respublika mustaqilligi o‘rnatilishi bilan 1990 yilda qa­bul qilingan dastur qaytadan ko‘rib chiqildi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bosqichlari ham o‘zgartirildi, chunki respublika sotsial-iqtisodiy rivojlanishi shart-sharoitlari tubdan o‘zgardi.
I.A. Karimovning 1995 yili chop etilgan «O’zbekiston iqti­sodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» nomli asarida respublika iqtisodiy islohotlarini ikki bosqichda amalga oshi­rilishi asoslab berildi.
Bu 1990-1995 yillar va 1996 yildan keyingi yillar.
Respublika iqtisodiy islohotlarining birinchi bosqichi­ning yo‘naltirilganligi bu – «...ma’muriy-buyruqbozlik tizimi­ning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish, respublikaning o‘ziga xos sharoit­lari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirishdan iborat»16 deb aniqladi I.A. Ka­rimov.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, iqtisodiy inqirozdan chiqish maqsadidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar bajarildi:

  • iqtisodiy islohotlarning huquqiy bazasini barpo etish;

  • ma’muriy boshqaruv tizimining og‘ir natijalarini bar­taraf etish;

  • asta-sekin korxona, tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish;

  • har xil shakldagi mulklarni barpo etish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish;

  • ko‘p ukladli bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish;

  • narx-navoni erkinlashtirish;

  • bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi elementlarini shakllan­tirish;

  • respublika aholisini bozor munosabatlarining salbiy ta’­siridan himoya qilish;

  • respublika xalqlarining ma’naviy boyligini tiklash;

  • ma’muriy boshqaruv tizimidan voz kechib, bozor munosabat­lariga moslangan davlatchilikni shakllantirish;

  • xalq xo‘jaligi moliyaviy holatini yaxshilash;

  • milliy valyutani barpo etish;

  • korxona va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

  • raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarib, jahon iqti­sodiy tizimiga kirib borish;

  • respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, iqti­sodiyotni barqarorlashtirish;

  • moliya, soliq, narx-navo siyosatini takomillashtirish.

I.A. Karimov respublika iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichining amalga oshirilishiga baho berib shunday degan edi­lar: «Biz islohotlar strategiyasi va ular yo‘lini shakllantirishga qaratilgan o‘z modelimizni ishlab chiqishga va amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldik. Bu – amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar boshlang‘ich bosqichining asosiy natijasidir»
«Biz respublikada vujudga kelgan vaziyatga haqiqiy baho berar ekanmiz, O’zbekiston o‘z davlatchilik-siyosiy va moddiy qurilishida sifat jihatdan yangi bosqichga qadam qo‘yganini alohida ta’kidlashga haqlimiz».17
Respublika iqtisodiy islohotlarining ikkinchi bosqichi oldiga qo‘yilgan maqsad to‘g‘risida to‘xtalib, I.A. Karimov shunday degan edilar:
«Hozir respublika jamiyatni isloh qilishning navbatdagi bosqichiga izchil sur’atda qadam qo‘ydi. Ikkinchi bosqich – bu qonuniyatli va bizning bosh strategiyamizdan mantiqan kelib chiqadigan taraqqiyot va yangilanish yo‘lidan olg‘a tomon ilgarilab borish davridir».18
Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida xalq xo‘jali­gida qo‘lga kiritilgan barqarorlikni saqlab, mamlakat iqtiso­diyotining taraqqiyotini ta’minlash maqsadida quyidagi vazifa­larni amalga oshirish ko‘zda tutilgan:
– korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini davom ettirish;
– milliy valyuta konvertatsiyasini amalga oshirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish va amalga oshirish;
– respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish;
– ishlab chiqarishda tugallangan texnologiyalardan keng foy­dalanish;
– respublika iqtisodiyotini xom ashyo ishlab chiqarishga yo‘naltirilganligini bartaraf etish;
– respublika mahsulotlarini raqobatbardoshligini ko‘tarish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
– kuchli sotsial siyosatni amalga oshirish;
– respublikada mustaqil, demokratik, adolatli davlat, fuqa­rolar jamiyatini qurish;
– investitsiya siyosatini rivojlantirish;
– respublikada iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– respublika iqtisodiyotining uzluksiz taraqqiyotini ta’­minlash;
– bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini shakllantirish;
– respublika iqtisodiy islohotlarini chuqurlashtirish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirib, eksport­ning import ustidan ustuvorligini ta’minlash;
– sotsial yo‘naltirilgan, ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
– respublika aholisi farovonligini ko‘tarish va respub­li­kada yashayotgan hamma xalqlarning ma’naviy boyligini rivojlantirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov respub­lika iqtisodiy islohotlarini amalga oshirishning asosiy shar­tini eslab ta’kidlaydilarki: «Islohotlarning muvaffaqiyati har birimizning qo‘limizda, O’zbekistonda yashovchi barcha aholining qo‘lidadir. Mamlakatimiz erkin, boy va ravnaq to­payot­gan mamlakat bo‘lsin desak, farzandlarimiz baxtiyor va to‘kin-sochin yashasin desak, islohotlar ikkinchi bosqichidagi maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun butun kuch-g‘ayrat­larimizni sarflamog‘imiz darkor. Bu bosqich mamlakatimizning jadal rivojlanishi, uning qudrati hamda jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tiborini kuchayti­rish uchun mustahkam zamin yaratishga qaratilgandir. Ushbu maqsad­larga erishish – bizning muqaddas burchimiz, kelajak avlodlar oldidagi ezgu majburiyatlarimiz».19
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zining O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi «O’zbekistonning 16 yillik mus­taqil taraqqiyoti yo‘li» nomli ma’ruzasida respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning bosqichlari masalasini qaytadan ko‘rib chiqib, ularning muhlatlarini, maqsadlarini yangichasiga ifodalab berdilar.
I.A. Karimov 1995 yili respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni, bozor munosabatlariga o‘tish borasidagi «o‘zbek modeli» ni shakllantirish bosqichlarini aniqlaganlarida mezon sifatida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirib, iqtisodiy inqirozdan olib chiqib, uni kelgusidagi uzluksiz ta­raqqiyotini ta’minlash qabul qilingan bo‘lsa, o‘zlarining «O’zbe­kistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo‘li» ma’ruzalarida yangi mezon qabul qilindi, ya’ni: islohotlarning birinchi bosqi­chida respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirib, rivojlanti­rib uni 1990 yildagi darajasiga ko‘tarish va islohotlarning ikkinchi bosqichida – respublika iqtisodiyotini yanada rivojlan­tirish, uni modernizatsiya qilish aniqlandi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, O’zbekiston Respublikasi iqtiso­diyoti 1991-1995 yillarda iqtisodiy inqirozda bo‘ldi va 1996 yildan boshlab iqtisodiyotning rivojlanishini amalga oshirib, hamdo‘stlik mamlakatlar tarkibida 2000 yili birinchi bo‘lib yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha 1990 yil darajasiga ko‘ta­rildi. Bu vaziyatdan kelib chiqib, I.A. Karimov respublika iqti­sodiy islohotlarining yangi muhlatlarini asoslab berdilar, ya’ni birinchi bosqichi 1990-2000 yillar, ikkinchi bosqich 2001 yildan boshlab.
Iqtisodiy islohotlarning bu bosqichlari oldiga qo‘yilgan vazifalar to‘g‘risida to‘xtalib, I.A. Karimov shunday deydilar: «Bugun 16 yil mobaynida boshimizdan kechirgan kunlar, haftalar, oylarni ana shu nuqtai nazardan baholar ekanmiz, qat’iy ishonch bilan aytish mumkinki, o‘tish davri va milliy davlatchilik asos­larini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich – 1991-2000 yil­lar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘ldi.
2001 yildan 2007 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich – faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni barqaror rivoj­lantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’min­lashda g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi.
Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski mustabid sovet tizimidan voz kechib, mamlakatimizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllan­tirishga azmi qaror qildik»20
Shunday qilib, I.A. Karimovning yangi ko‘rsatmalariga binoan respublika iqtisodiy islohotlari ikki bosqichda: 1991-2000 va 2001 yildan keyingi yillarda amalga oshirilmoqda.
I.A. Karimov ko‘rsatganlaridan kelib chiqib aytish mumkinki, respublika iqtisodiy islohotlari uch bosqichda amalga oshiril­moqda va har bosqichning o‘ziga xos maqsadlari va vazifalari mavjud.
Birinchi bosqich – 1991-1995 yillar – respublika xalq xo‘ja­li­gini barqarorlash va iqtisodiy inqirozdan chiqish.
Ikkinchi bosqich – 1996-2000 yillar – respublika xalq xo‘ja­li­­gida qo‘lga kiritilgan barqarorlikni saqlab qolib, respublika iqtisodiyoti taraqqiyotini ta’minlash, respublika iqtisodiyoti­ning 1990 yil darajasiga ko‘tarilishi.
Iqtisodiy islohotlarning birinchi va ikkinchi bosqichlari oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar yuqorida keltirildi.
Uchinchi bosqich – 2001 yildan boshlab keyingi yillarda amalga oshirilib, bu davrda respublika iqtisodiyotini faol islohotlab uni modernizatsiya qilish maqsadi qo‘yilgan va bu maqsadga yetish uchun quyidagi vazifalarni bajarish ko‘zda tutilgan:
– respublika davlat tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish;
– respublika makroiqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash;
– ustuvor ishlab chiqarish tarmoqlarini yuqori sur’atlarda rivojlantirish;
– ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va qaytadan ji­hozlash;
– xo‘jalik sub’ektlari faoliyati, umuman milliy iqtisodiyot­ning raqobatbardoshligini ko‘tarish;
– mahsulot tannarxini, moddiy va energiya xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan respublika iqtisodiyoti samara­dor­li­gi­ni ko‘tarish;
– respublika bank tizimini takomillashtirish va uning iqti­sodiyot taraqqiyotiga ta’sirini kuchaytirish;
– respublika iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgartishlarni chuqur­lashtirish;
– respublika aholisi farovonligi va madaniy darajasini ko‘tarish;
– davlat va xo‘jalik sub’ektlarining investitsiya siyosatini takomillashtirish;
– korxona va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tizimini takomillashtirish;
– sotsial yo‘naltirilgan ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
– respublika iqtisodiy islohotlarini yanada chuqur­lash­ti­rish;
– milliy valyuta ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash;
– respublikaning jahon bozor iqtisodiyotiga har tomonlama kirib borishini ta’minlash;
– qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish;
– tashqi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish.
Iqtisodiy islohotlarning uchinchi bosqichidagi hozirgi payt­da amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar Respublika Prezidenti I.A. Karimovning 2008-2009 yillarda qilgan ma’ruzalarida, ular tomonidan maxsus tayyorlab, chop etilgan «Jahon moliyaviy-iqti­sodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli risolasida va respublikada 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroz­ga qarshi chora-tadbirlar Xukumat Dasturida aniqlangan va ular amalga oshirilmoqda.
Respublikada ishlab chiqilgan iqtisodiy islohotlar, bosqich­ma-bosqich amalga oshirilib, ijobiy natijalar bermoqda va kel­gu­­sida respublika iqtisodiyotini yanada yuqori sur’atlarda ri­vojlantirish maqsadida iqtisodiy islohotlar chuqurlash­ti­rilmoqda.



Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling