Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Respublika islohotlarining ijtimoiy-siyosiy natijalari


Download 3.9 Mb.
bet18/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Respublika islohotlarining ijtimoiy-siyosiy natijalari

Ma’lumki, O’zbekiston 1991 yil 1 sentyabrdan butun dunyoga o‘zining mustaqilligini e’lon qildi, bozor munosabatlariga o‘tish maqsadida o‘zining shaxsiy ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lini tanladi, va iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tkazishda, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Chunki respublika iqti­sodiy islohotlari har tomonlama asoslangan bo‘lib chiqdi va ama­liyotda o‘zini oqladi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov respub­lika iqtisodiyotining iqtisodiy inqirozdan chiqish arafasidayoq, ya’ni 1995 yili ta’kidladilarki: «Ishlab chiqilgan tamoyillar hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy ish jarayonida ularning to‘g‘riligi va ta’sirchanligi tasdiqlandi, eng muhimi, xalqimizning o‘zi ularni qabul qildi va qo‘llab-quvvatladi. Hozirgi vaqtda mazkur tamo­yillarni amalga oshirib Respublikada ijtimoiy – siyosiy bar­qarorlik, eng muhimi – bozor munosabatlarini joriy etish sari bosqichma – bosqich ilgarilab borishimiz ta’minlanmoqda. Shu bois biz bundan buyon ham ushbu tamoyillarga amal qilaveramiz»9.
I.A. Karimovning bu fikr-mulohazalari tarixan o‘zini oqla­di, respublikaning bundan buyon ijtimoiy-iqtisodiy rivojla­nishida amalga oshirilayotgan islohotlar yanada jadallashtirildi va ular keng miqyosda ijobiy natijalarni qo‘lga kiritish imko­nini berdi.
Respublika islohotlarining ijobiy natijalari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topdi:
– ijtimoiy –siyosiy natijalar;
– ijtimoiy-iqtisodiy natijalar.
Respublika iqtisodiy islohotlari natijalari ko‘rilar ekan, qo‘llanmaning bu bobida respublika ijtimoiy-iqtisodiy taraq­qiyotining asosan 1991-2012 yillardagi natijalari tahlil qi­lingan.
Respublika islohotlarining ijtimoiy-siyosiy natijalari res­publika jamiyatini demokratlash va respublikada bozor muno­sabatlariga moslangan yangi davlatchilik tizimini shakllanti­rishda o‘z ifodasini topmoqda.
Tarixiy ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat ijtimoiy hayotni demokratlashni ko‘zda tutadi. Shundan kelib chiqib, respublika rahbariyati respublika mustaqilligining bi­rinchi davridan boshlab respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy ta­raqqiyotida demokratik prinsiplarni ishlab chiqishga va ularni amalga oshirishga tegishli e’tibor ajratdi.
O’zbekiston «Inson huquqi Deklaratsiya»sini qo‘llab-quvvat­ladi, qabul qildi va respublika ko‘pchilik inson huquqi to‘g‘risida xalqaro miqyosida, shu jumladan Yevropada xafvsizlik va hamkor­lik (OBSYe) to‘g‘risida qabul qilingan shartnomalarni imzoladi.
Respublikada ijtimoiy hayotni demokratlash quyidagi prinsiplarga asoslandi:
– jamiyatni demokratlashtirish borasida mavjud xalqaro taj­ribani sinchiklab o‘rganish;
– jamiyatni demokratlashtirishda respublikada joylashgan xalqlar mentalitetini va rivojlanish xususiyatlarini e’tiborga olish. Ma’lumki, g‘arbiy mamlakatlarda shaxsparastlik-indivi­dualizm, ya’ni shaxsiy manfaatlarini jamiyat manfaatlaridan yuqori qo‘yish falsafasi va xalq ommasini haddan tashqari siyosat­lashtirish keng tarqalgan. O’zbekistonda esa sharqiy mamlakat­larda tarqalgan kollektivchilik falsafasi va ijtimoiy fikrning ustuvorligi keng tarqalgan;
– ijtimoiy hayotni demokratlashtirishning adolatli shakl­larini qurish va jamiyatni haddan tashqari boy va kambag‘allarga qatlamlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
– respublikada demokratlashtirishning asosiy yo‘nalishi si­fatida fuqarolar jamiyatini qurish, amalga oshirish;
– jamiyatni demokratlashtirishning oldingi bosqichlarida davlatning kuchli hukmronligi saqlanadi va kelgusida bu hukm­ronlik asta-sekin pasaytirilib, mahalliy, o‘zini-o‘zi boshqaruv organlariga o‘tkaziladi.
Respublikada «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga binoan siyosiy partiyalar O’zbekiston Respub­likasi fuqarolarining birlashmalari fikr-muloha­zalar, man­faatlar va maqsadlarning umumiyligiga asoslangan bo‘­lib, davlat hukmronligi shakllanishida jamiyatning aniq bir qis­mining erkinligini amalga oshirishga intiluvchi va davlatni bosh­qarishda, ijtimoiy ishlarni olib borishda o‘zlarining vakil­lari orqali ishtirok etuvchilardir.
Respublikada to‘rtta siyosiy partiyalar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar. Bu «Xalq-demokratik partiyasi», «Adolat», «Milliy tiklanish» va «Liberal-demokratik» partiyasi, ularning vakil­lari Respublika Oliy Kengashida bo‘lib, unda fraksiyalarga egalar.

  1. yil 31 oktyabrda qabul qilingan O’zbekiston Respubli­kasi Prezidentining Farmoniga binoan inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi milliy Markazi tashkil etilgan va uning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

– inson huquqlari bo‘yicha respublika konstitutsiyasi, qonun­lari va umuman qabul qilingan xalqaro huquqlar bo‘yicha ko‘rsatma­larini amalga oshirish maqsadida respublika strategiyasi va hara­katlar rejasini ishlab chiqish;
– inson huquqlari bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi bilan xalqaro tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning milliy tashki­lotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish;
– inson huquqlari bo‘yicha Davlat va boshqaruv organlari to­monidan maslahatlar berish vazifasini amalga oshirish;
– inson huquqlari bo‘yicha davlat organlarining kadrlarini o‘qitish, propaganda qilish, o‘quv-uslubiy adabiyotlar chiqarish faoliyatini tashkil qilishni amalga oshirish;
– inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish;
– inson huquqlarini himoya qilish, rag‘batlantirish masala­lari bo‘yicha ilmiy tekshirish ishlarini tashkil qilish, amalga oshirish.
Milliy Markaz «O’zbekistonda demokratlash va inson huquq­lari» jurnalini chop etadi.
1996 yili 3 dekabrda mamlakatda demokratlash islohotlarini chuqurlashtirish, bu borada respublika qonuniyatlarini xalqaro me’yorlarga moslashtirish, inson huquqlarini amalga oshirish ustidan nazorat olib borib, uning monitoringini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzurida respublika amaliyotidagi qonuniyatlar monitoringi institutini tashkil qilish to‘g‘risida Respublika Oliy Majlisining Qarori qabul qilindi.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov O’zbekiston Respubli­kasi Oliy Majlisining VI sessiyasidagi ma’ruzasida ta’kidla­diki: «Biz odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi inson erkinliklari – ayni vaqtda muayyan burch, majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin10.
Respublikada davlatchilikni shakllantirish va uning faoliya­tini tashkil qilish maqsadida respublikada tegishli qonunlar qabul qilindi. «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqil­ligining asoslari to‘g‘risida», «O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida», «O’zbe­kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida», «Joylarda davlat hokimiyati to‘g‘risida», «Fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida» va boshqalar shular jumlasidandir.
Respublikada yangi davlatchilikni shakllantirishda quyidagi kardinal vazifalar yechildi:
– Mustaqil O’zbekistonning Konstitutsiyasini qabul qilish.
– Xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning teng huquqli sub’ekt ekanligining huquqiy me’yorlarini barpo etish.
– Konstitutsion o‘zgarishlarni amalga oshirib respublikada yangi xo‘jalik yuritish tizimini shakllantirish uchun kerakli shart-sharoitlarni barpo etish.
– Davlat ijtimoiy faoliyati yo‘naltirilganligini o‘zgarti­rib, uning adresligini ta’minlash.
– Respublika va mahalliy darajalarda davlatning boshqaruv funksiyalarini chegaralash.
Respublika davlat, ijro etuvchi va sud organlari funksiya­larini chegaralash.
– Ma’muriy boshqaruv tizimini bartaraf etib, demokratik, iqtisodiy metodlarga asoslangan davlat boshqaruv organlarini shakllantirish.
– Respublikada joylashgan xalqlar, millatlar, elatlar mustaqilligini ta’minlash;
– Har xil shakldagi mulklarni, ijtimoiy-iqtisodiy uklad­larni, respublika xalq xo‘jaligidagi plyuralizmni tasdiqlash.
– Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi mustaqilligiga va fuqo­ralar erkinligiga asoslangan fuqarolar jamiyatini barpo etish.
– Inson huquqlarini Konstitutsion ta’minlash va aholini kafolatlash qonuniy asoslarini shakllantirish.
– Respublika ijtimoiy, demokratik institut va muassasa­larini shakllantirish;
– Ko‘p partiyalikni, har xil shaklda bo‘lgan ijtimoiy harakat­larni shakllantirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov o‘zlari­ning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahka­masi va Prezident Devonining O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag‘ishlangan qo‘shma majlisidagi ma’ruzalarida res­publikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirib, bozor munosa­batlariga moslangan davlatchilikni shakllantirish jarayonini har tomonlama tahlil qilib, bu borada quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirilganligini ta’kidlab berdilar11:
– tarixan juda qisqa muddatda respublikaning asosiy qonu­-ni – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ishlab chiqildi va qabul qilindi. Bu hujjatda respublikada davlat va jamiyat quri­lishining asosiy tamoyillari bo‘lmish davlat hokimiyatining qo­nun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi, inson huquqlarining davlat manfaatlaridan, umum-e’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining esa milliy huquqiy me’yorlardan ustunligi, hech qanday mafkuraning davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi, ijtimoiy-siyosiy hayot siyosiy institutlarning rang-barangligi, mafkura va fikrlarning xilma-xilligiga asoslanishi belgilab berildi;
– bozor munosabatlariga o‘tish davrida qabul qilingan qonun­larning amalda bajarilishini ta’minlay oladigan, fuqaro­larning huquq va erkinliklarini, siyosiy va iqtisodiy islohot­larni amalga oshirishga qodir bo‘lgan ijro hokimiyatining sama­rali tizimi va tuzilmalari shakllantirildi. Markazlashgan reja­lashtirish va taqsimlash organlari va ko‘plab tarmoq vazirliklari tugatildi, mahalliy hokimiyat organlari tashkil etildi;
– sud organlarini jazolovchi va faqat davlat manfaatlarini himoya qiluvchi organdan qonun ustuvorligini va inson huquq­larini himoya qiluvchi organga aylantirildi. Oliy sud, umumiy yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari tashkil etildi;
– mamlakatimiz mustaqilligi va hududiy yaxlitligini, kon­stitutsiyaviy tizimni ishonchli himoya qiladigan, jamoat tarti­bini ta’minlaydigan, xalqaro terrorchilik, ekstremizm va nar­ko­agressiya kabi kuchayib borayotgan xavf-xatarlarga qarshi ku­-ra­sha­digan milliy xavfsizlik organlari tizimi shakllanti­rildi.
I.A. Karimov respublikada milliy davlatchilikni shakllanti­rishga bag‘ishlangan, amalga oshirilgan chora-tadbirlarni yakunlab shunday deydilar: «Mamlakatimizni 1991-2000 yillar davomida isloh qilish va yangilash borasida qo‘lga kiritilgan natijalarni sarhisob qilar ekanmiz, bugun ushbu bosqich milliy davlatchilikni shakllantirish va respublikamizni barqaror rivojlantirishda mustahkam zamin bo‘ldi, deb aytishga asoslarimiz bor».12
Ko‘rinib turibdiki, respublikada amalga oshirlayotgan islo­hotlarning ijtimoiy-siyosiy natijalari sifatida respublika jamiyati demokratlashmoqda va bozor munosabatlariga moslangan yangi davlatchilik tizimi shakllanmoqda va ular respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida asosiy omillarga aylan­moqda.
Lekin kelgusida ham respublika jamiyatini yanada demo­kratlash va respublikada to‘liq fuqarolar jamiyatini shakllan­tirish jarayonini yanada takomillashtirish zaruriyati mavjudli­gini ta’kidlab, I.A. Karimov shunday deydilar: «Parlament­ning mamlakatimizda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllanti­rishga qaratilgan demokratik yangilanishlar, liberal islohotlar targ‘i­botchisiga aylanishiga erishish eng asosiy vazifa bo‘lmog‘i zarur.
Mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarni biz tanlagan davlat va jamiyat qurilishi modelini tatbiq etish jarayonida fuqarolarning mamlakat bosh­qaruvidagi rolini oshirib borishni asosiy o‘ringa qo‘yadigan «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» dasturini amalga oshirish bo‘yicha ishlarni yanada faollashtirish masalasini bugun hayotning o‘zi kun tartibiga tobora qat’iy qilib qo‘ymoqda13.
Respublika islohotlarining ijobiy natijalari ijtimoiy-siyosiy natijalardan tashqari, albatta, tegishli ijtimoiy-iqti­sodiy natijalarga ham ega.
Respublika islohotlarining ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy natijalari quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topmoqda:
– O’zbekiston iqtisodiyotining yuqori sur’atlarda rivoj­lanishi.
– Neft va don iste’moli bo‘yicha respublikaning mustaqil­likka erishganligi.
– Respublika makroiqtisodiyoti moliyaviy holatining yaxshi­langanligi.
– Respublika aholisi turmush darajasining muhofaza qilin­ganligi.
– Respublika tashqi iqtisodiy aloqalarining rivojlan­ganligi.
– Respublikada ijtimoiy-yo‘naltirilgan ko‘p ukladli bozor iqtisodiyotining shakllantirilganligi.
– Respublika iqtisodiyotining jahon moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga bardosh berayotganligi.
– O’zbekiston Respublikasining jahon bozor iqtisodiyotiga kirib borishi va bozor munosabatlariga o‘tishdagi «O’zbek modeli­ning» jahon miqyosida tan olinganligi.
Shunday qilib, respublika islohotlarini amalga oshirishda respublika mustaqillik davrida ijtimoiy-siyosiy natijalarga ega bo‘ldi va shu bilan birga tegishli ijtimoiy-iqtisodiy nati­jalarni ham qo‘lga kiritdi.



Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling