Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Download 3.9 Mb.
bet46/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Sud hokimiyati – sud tomonidan protsessual qoidalarga qat’iy amal qilgan holda, protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni hal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zinio‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‒4966-sonli Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha sudlar uchun xonalar yoki alohida sud zali binolarini ajratish va sotib olish, kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish‎, yagona axborot-kompyuter tarmog‘ini yaratish‎, umumiy yurisdiksiya sudlarini mebel jihozlari (stollar, stullar, shkaflar, seyflar, video-kamera), orgtexnika (shaxsiy kompyuterlar, fakslar, nusxa ko‘chiruvchi mashinalar, printer – ko‘p funksiyali qurilma, telekommunikatsiya va aloqa vositalari) bilan ta’minlash‎, sudyalar uchun avtotransport sotib olish‎ nazarda tutiladi.
Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatnidemokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hokimiyatlar bo‘linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish maqsadida 2000 yil 14 dekabrda “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek, bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari nazorati va ta’siridan chiqarish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan holda, “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ushbu huquq O‘zbekiston qo‘shilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va xalqaro huquqning boshqa hujjatlarida ham mustahkamlangan.
Alohida qayd etish lozimki, sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‒4850-sonli hamda 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‒4966-sonli Farmonlarining qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik prinsipi sudlarga huquq beradi va shu bilan birga ulardan sud muhokamasini adolatli o‘tkazishni hamda taraflarning huquqlariga rioya qilishni talab etadi.
Amaldagi qonunchilikka asosan sudyalarning daxlsizligi sud mustaqilligining muhim kafolatidir, daxlsizlik qonunga muvofiq ularning turar-joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transport va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli mulklar va hujjatlarga ham taalluqlidir. SHuningdek, sudyalar maslahatlashuvining sir tutilishi va uni oshkor qilinishining taqiqlanishi sudyalar mustaqilligi, ularning beg‘arazligi va xolisligining eng muhim kafolatidir.
Bundan tashqari, sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. Sudya O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining yoki O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, hibsga olinishi mumkin emas.
Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunda mustahkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:
‒ ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
‒ ularning daxlsizligi;
‒ qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
‒ sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
‒ sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.
SHuningdek, ushbu Qonunning 69-moddasiga muvofiq sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muayyan ishni har tomonlama, to‘la va xolisona ko‘rishga to‘sqinlik qilish yoki g‘ayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda ta’sir o‘tkazish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Sudyadan ko‘rilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati bo‘yicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga bo‘lmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
Xalqaro hujjatlarda sud mustaqilligining asosan to‘rtta elementi - vakolat muddati, tashqi ta’sirga qarshi kafolatlarning mavjudligi (xususan, byudjet masalalarida), sud organlarining mustaqil va xolis organ sifatida qabul qilinishi ajratib ko‘rsatiladi.
Xususan, GFRda sudyalarning huquqiy holati, asosan, 1962 yili kuchga kirgan, 1972 yili o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan “Sudyalar to‘g‘risida”gi Federal qonun bilan tartibga solingan. Mazkur qonunga muvofiq sudya oddiy amaldorlar qatoriga kirmaydi, balki davlat bilan o‘ziga xos munosabatda bo‘ladigan shaxs hisoblanadi. Bunday huquqiy maqomga ega bo‘lish ularning mustaqilligini davlat amaldorlarining g‘ayrihuquqiy ta’siridan muayyan darajada kafolatlaydi.
Sudya sud hokimiyatining sha’ni va mustaqilligini mo‘‘tabar tutishi, halol va beg‘araz bo‘lishi, qonunga rioya etishi va fuqarolarning huquqlarini hurmat qilishi, har qanday nojo‘ya harakatlar yoki shunday bo‘lib ko‘rinishi mumkin bo‘lgan harakatlardan o‘zini tiyishi, o‘zining sudyalik lavozimi nufuzidan shaxsiy manfaatlari yoki boshqa shaxslarning manfaatlari yo‘lida foydalanishdan o‘zini saqlashi, huquq sohasida o‘zining kasb malakasini oshirib borishi, sud jarayonida taraflarga sabr-toqatliligini va obro‘sini ko‘rsatishi, shaxsiy hayotda yuksak axloqiy qoidalarga amal qilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi
PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF‒4966-sonli Farmoni bilan sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.

Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling