Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish – barkamol avlodni tarbiyalashning muhim sharti


Download 3.9 Mb.
bet90/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

Maktabgacha ta’lim sifatini yuksaltirish – barkamol avlodni tarbiyalashning muhim sharti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida ta’lim-tarbiya sohasini yanada isloh etish va tanqidiy baholash, uni takomillashtirish masalasi ham alohida e’tibor qaratdi. “Avvalgi uchrashuvlarda ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar ahvoli tanqidiy tahlil qilib berilgan edi. Bu boradagi dolzarb vazifalarni amalga oshirish yoshlarimiz, jamiyatimiz va mamlakatimizning kelajagi uchun strategik ahamiyatga ega ekani sababli ushbu sohadagi ishlar shaxsan Bosh vazirga yuklatilgan. Birinchi vazifa-maktabgacha ta’lim sohasida.Ochiq tan olishimiz kerak, biz bu muhim sohadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu sohada bolalarni qamrab olish 27 foizni tashkil etadi”.134Bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Mutaxassislarning tadqiqotlariga ko‘ra, inson butun umri davomida oladigan barcha ma’lumotlarning 70 foizini besh yoshgacha bo‘lgan muddatda qabul qiladi. Ilk hayotiy tasavvurlar, inson tafakkurida poydevor bo‘luvchi tushunchalar bola ongida aynan shu paytda shakllanadi. Demak, o‘g‘il-qizlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, ularning kelajakda baxtli bo‘lishida nafaqat oila, shu bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalari ham muhim o‘rin egallaydi.
Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va uning asosida dastur ishlab chiqildi.
Mazkur qaror maktabgacha ta’lim tizimi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy dasturlar va texnologiyalarni tadbiq etish, farzandlarimizni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish kabi dolzarb masalalarni hal etishdamuhim dasturilamaldir. Binobarin, mazkur hujjatga muvofiq, maktabgacha ta’lim tizimi yanada takomillashtirilib, yangi muassasalar quriladi, mavjudlari rekonstruksiya qilinadi hamda mukammal ta’mirlanadi. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha tashkil qilinadigan qisqa muddatli guruhlarda o‘g‘il-qizlarning kerakli bilimlarni egallashiga alohida e’tibor qaratiladi.
SHuningdek, qarorda qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar va multemedia vositalari bilan ta’minlash nazarda tutilgan.
Bugun bog‘cha yoshidagi bolalarning ziyrakligi axborot texnologiyalarini o‘zlashtirib olayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya dasturlarining ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirishni talab etadi.
Mazkur qaror asosida qabul qilingan dasturda keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan (4.4.2-rasm).


Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling