Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
Fuqarolik sudlariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan keng foydalanishga qaratilgan huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash va shu asosda fuqarolik sudlov tizimini yanada takomillashtirish maqsadida 2013 yilda “E-SUD” Elektron sudlov axborot tizimi (ESAT) ishlab chiqildi va joriy etildi. Ayni paytda yaratilgan milliy elektron axborot tizimining sud buyrug‘ini chiqarish qismi fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyatining tumanlararo sudlarida samarali qo‘llanilmoqda.
SHu bilan birga, tizim orqali sudlar da’vo arizalari, shikoyatlar, iltimosnomalar va boshqa hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslardan elektron ravishda qabul qilishlari, ularni qayta ishlashlari va protsess ishtirokchilariga turli xatlar, chaqiruv qog‘ozlari va boshqa hujjatlarni elektron ravishda yuborishlari, sud faoliyatiga doir turli hisobotlar va ma’lumotlarni avtomatik ravishda shakllantirishlari mumkin. O‘z navbatida fuqarolar shaxsan sud organlariga bormasdan, sudlarga elektron ravishda murojaat yuborishlari, sud protsessini kuzatib borishlari va suddan turli hujjatlar va ma’lumotlarni elektron tarzda olishlari mumkin.
Hozirgi vaqtda sud majlislarida videokonferensaloqadan foydalanish tizimi faqatgina xo‘jalik sudlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu xo‘jalik sudlari ishtirokchisi sifatida tadbirkorlarga juda ko‘p qulayliklar yaratmoqda va o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bu esa ushbu tizimni boshqa sudlarda ham yo‘lga qo‘yish lozimligini ko‘rsatmoqda.
Asosiy vazifalardan yana biri – barchabo‘g‘indagi sudlarda sud majlislariga audio yoki video qayd etish mexanizmlarini joriy etishdan iborat. Xususan, sud majlisini audioyozuv shaklida yozib olib, DVD formatda ish hujjatlari orasida saqlash taklifi ilgari surilmoqda.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishning maqsadi va afzalliklari quyidagilarda ko‘rinadi:
birinchidan, sudlarga murojaat qilish soddalashtiriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |