ikkinchidan, sudlarda elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi va texnik ishlarga sarflanadigan vaqt tejaladi;
uchinchidan, taraflarning sudga tashrif buyurmasdan turib, aloqa tizimi orqali ariza, shikoyat va da’vo arizalarini va boshqa murojaatlarni elektron tizim orqali sudga topshirish va uning natijasidan xabardor bo‘lish imkoniyati yaratiladi;
to‘rtinchidan, taraflar sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida o‘z vaqtida elektron shaklda xabardor qilinadi;
beshinchidan, sud majlisi bayonnomasi va boshqa protsessual hujjatlarni tayyorlashda qulayliklar tug‘diradi.
oltinchidan, sudlarda hisobotlarni yuritishda qulaylik yaratiladi, shuningdek, uning aniqligi ta’minlanadi;
ettinchidan, sud qarorlarini taraflarga va ijro departamentlariga elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratiladi.
SHuningdek, respublikamizda Sud ijro departamenti tomonidan “E-IJROVARAQA” tizimi ham ishga tushurilishi kutilmoqda. Bunda qabul qilingan sud qarorlari elektron tizim orqali ijro ish yurituviga kelib tushadi. Bu o‘z navbatida, sud ish yurituvi va ijro ish yurituvi o‘rtasida hujjat aylanishini avtomatlashtirish hamda ijro ish yurituvini tez va samarali yakunlash imkonini beradi.
Sudlar faoliyatida axborottexnologiyalardan foydalanish samaradorligining huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy bahosini kelajak ko‘rsatadi. Lekin, sud tizimida axborottexnologiyalaridan foydalanish natijasida olingan dastlabki xulosalar ijobiy ekanini alohida e’tirof etish lozim. Bu, o‘z navbatida, ushbu islohotlarni jadal sur’atlarda davom ettirish lozimligini anglatadi.
7-mavzu. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish
Reja:
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning raqobatdoshligini oshirish
Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish
Do'stlaringiz bilan baham: |