2. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakatimiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo‘lgan talabini qondirish bilan birga, eksport salohiyatini mustahkamlashning istiqbolli manbalaridan biri sanaladi.
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish masalasi respublikamiz iqtisodiyotini rivojlan-tirishning muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligini isloh qilish bo‘yicha juda ulkan va arzigulik ishlar amalga oshirildi. Ishlab chiqarishga yangi texnika va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish ishlari yildan-yilga jadallashib, cheklangan er va suv resurslaridan, kapitaldan va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi yuksalmoqda.
Respublikamiz agrar tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida o‘tgan 2000-2015 yillar oralig‘ida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atlari oshib borish dinamikasiga ega bo‘ldi. Xususan, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan hisoblaganda 2000-2016 yillarda o‘rtacha 6 foizdan yuqori bo‘ldi. Keyingi yillarda mamlakat yalpi ichki mahsulotida qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti salmog‘ining kamayib borish tendensiyasi kuzatilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra 2000 yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida qishloq xo‘jaligining salmog‘i 30,1 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2016 yilda bu ko‘rsatkich 16,8 foizga pasaygan (1-rasm). Bu holat mamlakatimizda sanoatning industrial tarmoqlari hamda xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chuqur tarkibiy o‘zgarishlar natijalari bilan izohlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqdangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalarga asosiy e’tibor qaratilgan.
3.-rasm. Harakatlar strategiyasida belgilangan qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadalrivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari.
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish orqali ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlash sanoatini xomashyo bilan uzluksiz ta’minlash orqali mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |