Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
-jadval Mamlakatimizda2016-2020 yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko‘rsatkichlar 2015 Prognoz ko‘rsatkichlar
- CHorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish
5-jadval
Mamlakatimizda2016-2020 yillarda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishning prognoz ko‘rsatkichlari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016-2020 yillarda qishloq xo‘jaligini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” Qaroriga ilovalar asosida tuzilgan. Harakatlar strategiyasi bo‘yicha 2017-2021 yillarda bu yo‘nalishda: mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka, issiqlikka va kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va chorva turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish; gennokaut biotexnologiyalari asosida iste’molchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sirchanligini isbotlagan holda, har xil tuproq-iqlim zonalariga mos ertapishar va yuqori hosilli qishloq xo‘jalik ekin navlarini yaratish vazifalari belgilangan. CHorvachilik tarmog‘ini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish butun agrar tarmoqni rivojlantirish strategiyasining muhim qismidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 29 dekabrdagi PQ-2460-sonli “2016-2020 yillar davrida qishloq xo‘jaligini isloh qilishni chuqurlashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2016-2020 yillarda qoramolar sonini 3 165 ming boshga, qo‘y va echkilar sonini 4 281 ming boshga va parrandalar sonini 31 200 mingtaga oshirish vazifalari belgilangan. Buning natijasida shu yillar oralig‘ida go‘sht ishlab chiqarish hajmi (tirik vaznda) 519 ming, sut 4 177 ming, baliq 90 ming, asal 13,7 ming tonnaga va tuxum 4 100 million donaga oshadi. Keyingi yillarda chorvachilik taraqqiy etgan mamlakatlardan zotdor mollarni olib kelib, urchitishni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, 2006-2016 yillar mobaynida Ukraina, Belorussiya, Polsha, Avstriya, Germaniya, Gollandiya va boshqa Evropa mamlakatlaridan 69175 bosh mahsuldorligi yuqori naslli mollar keltirilgan. CHorva mollarini turli kasalliklardan asrash, naslini yaxshilash va mahsuldorligini oshirish maqsadida mamlakatimizda 2016 yilda 2616 ta zooveterinariya punkti tomonidan zooveterinariya xizmatlari ko‘rsatilgan va 2465 ming bosh sigir va urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirilgan, qoramolchilik yo‘nalishida naslchilik toifasidagi xo‘jaliklar soni 610 taga etkazilgan, ular tomonidan 7677 bosh naslli mollar tayyorlanib, aholi va chorvachilik fermer xo‘jaliklariga auksionlar orqali sotilgan. 2016-2020 yillarda yangidan 1533ta naslchilik xo‘jaligini tashkil etish rejalashtirilgan. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling