Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi
Download 3.9 Mb.
|
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni
- Belgiya
- Fuqarolik va xo‘jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo‘llashni kengaytirish
Nizolarni sudgacha hal etish tartibini takomillashtirish xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali tizimini yaratish uchun zarur bo‘lgan shartlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Mazkur masala Xo‘jalik protsessual kodeksi 6-moddasining ikkinchi qismida agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, taraflar o‘zaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini ko‘rganlaridan so‘nggina xo‘jalik sudida ish qo‘zg‘atish mumkinligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunida talabnoma bildirish tartibi va uni ko‘rib chiqish muddatlari tartibga solingan.
O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksida da’vogar sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qo‘llash imkoniyati yo‘qotilgan bo‘lsa, ish yuritish tugatilishi (86-modda birinchi qismining 8-bandi), da’vogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, da’vo ko‘rmasdan qoldirilishi (88-modda birinchi qismining 5-bandi) belgilangan. Demak, nizoni sudgacha hal qilish – talabnoma yuborish tartibiga rioya qilmaslik, sudda da’voni ko‘rmasdan qoldirishga yoki ish yuritishni tugatishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonuni 17-moddasida huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mazkur huquq va manfaatlarni buzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektga nisbatan talabnoma bildirishga haqli ekanligi belgilangan. Endilikda mazkur qonun va Xo‘jalik protsessual kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilishdan avval e’tirozni majburiy taqdim etish tartibini o‘rnatish nazarda tutilmoqda. Bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sudga murojaat qilishidan oldin albatta nizoni sudgacha hal etish chorasini ko‘rishi shartligini bildiradi. Xorijiy davlatlar tajribasi ham shuni ko‘rsatadiki, masalan, Belgiyada sud taraflarga kelishmovchilikni sudgacha hal etish mexanizmi yordamida bartaraf etishni taklif qilishi shartligi, Ispaniya va Italiyada esa sudya taraflarni yarashuv tartib-taomiliga murojaat qilishga qaratilgan barcha choralarni ko‘rishga majbur ekanligi belgilangan. Gretsiya qonunchiligi bo‘yicha ham agar taraflar nizoni o‘zaro hal etish bo‘yicha yarashtiruv tartib-taomilini qo‘llamagan bo‘lsalar, sud da’voni qabul qilmaydi. Tahlillarga ko‘ra, nizolarni hal qilishning sud tartibi nisbatan uzoq vaqt talab qiladi. Ba’zida shartnoma tomonlar uchun samarasiz yakunlanishi, nizolashayotgan taraflar uchun jiddiy muammolar (davlat boji, qabul qilingan qarorning ijrosini ta’minlash va h.k.) tug‘dirishi ham mumkin. Nizo turli vakolatli sudlarda yoki sud instansiyalarida ko‘rilishini e’tiborga olsak, sud ijro varaqalari bilan erishadigan natijaga qaraganda, nizoni sudgacha hal qilish – talabnoma tartibi orqali tezroq hamda osonroq natijaga erishish mumkin. 3. Fuqarolik va xo‘jalik, shu jumladan, shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qo‘llashni kengaytirish. Hozirgi vaqtda fuqarolik va xo‘jalik sudlarida yildan-yilga ko‘rilayotgan ishlar soni ortib bormoqda. SHu sababli, taraflarning vaqtini tejash, ularni ortiqcha ovora qilmaslik, nizolarni kelishuv yo‘li bilan hal etish maqsadida, sudgacha hal etish bo‘yicha bo‘yicha mexanizmlar (muzokara, talabnoma yuborish va boshqalar)ni protsessual qonunchilikda aniq belgilab qo‘yish nazarda tutilmoqda. Xo‘jalik sudlari shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda da’vogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, Xo‘jalik protsessual kodeksining 118-moddasiga asosan, da’vo arizasini qaytaradi. Lekin ushbu qoidalar fuqarolik protsessual qonunchiligida belgilanmagan. SHu sababli hozirgi kunda, masalan, fuqarolar mehnat nizolari bo‘yicha mehnat nizolari komissiyasiga murojaat qilishi yoki oilaviy nizolar bo‘yicha fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yarashuv komissiyalariga murojaat qilishi mumkin bo‘lsa-da, fuqarolar sudga murojaat qilmoqda. Lekin, ushbu nizolarning ayrimlarini sudgacha hal etish imkoniyati mavjud. SHu sababli, kelgusida fuqarolik protsessual qonunchiligida ham nizolarni sudgacha hal etishning protsessual mexanizmlari aniq belgilab qo‘yiladi. Natijada Fuqarolik protsessual kodeksining 152-moddasiga da’vogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan bo‘lsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan bo‘lsa, da’voni qabul qilishni rad etish bo‘yicha yangi asos kiritiladi. 4. Hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qo‘yiladigan talablarni aniqlashtirish. Bunda O‘zbekiston Respublikasining “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi qonunini yangi tahrirda qabul qilish va uni tubdan, zamon talablari asosida qayta ko‘rib chiqish masalasi qo‘yilmoqda. SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga ushbu qonundan kelib chiqib, tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Xususan, hakamlik sudi sudyalari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi, hakamlik sudiga sudyalarni tizimli ravishda tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi, hakamlik sudlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi, ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan markazlashtirilgan nazoratni amalga oshiruvchi, ularning nomidan harakat qiluvchi yagona tashkilot – Palata tashkil etish, uning huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini qonunda aniq belgilash, hakamlik sudlarining asosiy vazifalarini belgilash, hakamlik sudi sudyaligiga nomzodlarga qo‘yiladigan, ularning malaka va bilim saviyasiga bo‘lgan talabni kuchaytirish ushbu qonunga kiritilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalardan biridir. Bu o‘zgarishlar o‘z navbatida, ham hakamlik sudlarining nufuzi oshishiga, ham xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning hakamlik sudlariga bo‘lgan ishonchi va hurmati oshishiga xizmat qiladi. Download 3.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling