Iqtisodiyotni modernizatciyalash va diversifikatciyalash strategiyasi


O‘zbekistonRespublikasining«Kichikvaxususiytadbirkorliknirivojlantirishnirag‘batlantirishto‘g‘risida»giQonuni (1995 yil 21 dekabr)


Download 3.9 Mb.
bet75/168
Sana21.11.2023
Hajmi3.9 Mb.
#1791801
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168
Bog'liq
portal.guldu.uz-IQTISODIYOTNI MODERNIZATCIYALASH VA DIVERSIFIKATCIYALASH STRATEGIYASI

O‘zbekistonRespublikasining«Kichikvaxususiytadbirkorliknirivojlantirishnirag‘batlantirishto‘g‘risida»giQonuni (1995 yil 21 dekabr)

III

1998-2003

O‘zbekistonRespublikasiPrezidentining«Xususiytadbirkorlik, kichikvao‘rtabiznesnirivojlantirishniyanadarag‘batlantirishbo‘yichachora-tadbirlarto‘g‘risida»giFarmoni (1998 yil 9 aprel)

IV

2003-2011

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoni (2003 yil 30 avgust); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori (2003 yil 11 oktyabr)

V

2011-hozirga qadar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giQarori (2011 yil 12 may); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qarori (2013 yil 14 iyun); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxonalar va tashkilotlar klassifikatsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2014 yil 7 apreldagi PF-4609-son Farmoni)”gi Qarori (2014 yil 3 iyul)

Oilaviy biznes va hunarmandlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish tadbirlarni amalga oshirish natijasida aholi tomonidan o‘z xonadonlarida milliy hunarmandlik asosida tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladi va qo‘shimcha daromad manbai yaratiladi.
2017 yilning III choragida mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga imtiyozlarni belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda kichik biznes tarkibiga kiruvchi korxonalarning chegaralarini aniqlash o‘ziga xos tadrijiy rivojlanish bosqichlari orqali amalga oshirilib kelmoqda. Har bir muayyan bosqichda belgilangan miqdoriy chegaralar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlarga asoslanib, bularning barchasi mazkur soha rivojining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi yuksak ahamiyatidan darak beradi.Jadvaldan ko‘rinadiki, mustaqillikning ilk davridanoq mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ular faoliyatini davlat tomonidan samarali tartibga solish maqsadida alohida soha sifatida belgilab olishga katta e’tibor qaratib kelinmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay muhitning yaratilishi natijasida kichik biznes sub’ektlarining sifat va miqdor jihatdan taraqqiy etib borishi bilan ularning miqdoriy chegaralari ham takomillashtirib borilmoqda.
Kichik tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, ishlab chiqarish sohasida aholi bandligini to‘laroq ta’minlash uchun qulay sharoit yaratish maqsadida 2003 yilning 30 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon mamlakatimizda kichik biznes sub’ektlari chegaralarini aniqlash borasida navbatdagi bosqichni boshlab berdi. Unda mikrofirma va kichik korxonalarda band bo‘lgan xodimlar o‘rtacha yillik sonining tarmoqlar bo‘yicha yanada aniqlashtirilgan holda belgilab berilishi mazkur bosqichning xususiyatli tomoni hisoblanadi.
Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida 2003 yil 11 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, unda kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlariga tegishli bo‘lgan korxona va tashkilotlar klassifikatsiyasi tasdiqlandi77. Mazkur hujjat mikrofirma va kichik korxonalar miqdoriy chegaralarining sezilarli ravishda kengayishiga olib keldi. Kichik korxonalar miqdoriy chegaralarining bu davrga qadar amal qilib kelgan o‘rta korxonalar miqdoriy chegarasiga qadar kengayishi endilikda mamlakatimizda o‘rta biznes tushunchasining ilmiy muomaladan chiqarilishiga olib kelgan edi.
Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha to‘plangan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, korxonalarning raqobatdoshlik darajasini oshirish ularning o‘z faoliyatlari davomida kengayib, yiriklashib borishini taqozo etadi. Lekin, kichik biznes sub’ektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan imtiyoz va engilliklarga ega bo‘lish imkonini beruvchi korxonalarning miqdoriy chegaralari ayrim hollarda ushbu jarayonlarga to‘sqinlik qilishi mumkin. O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasining yuksalishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida iqtisodiy salohiyati ortgan ko‘plab korxonalar mazkur imtiyozlardan foydalanishni davom ettirish maqsadida o‘z xodimlari sonini belgilangan miqdoriy chegara doirasida saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bu esa, ularning yiriklashish jarayoniga to‘sqinlik qilmoqda.
SHunga ko‘ra, mamlakatimizda raqobatdosh kompaniyalarni yaratish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari yiriklashishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan qonun hujjatlari loyihalari ishlab chiqish orqali o‘rta biznes sub’ekti toifasini joriy etish va unga alohda imtiyozlarni belgilanishi kichik biznes sub’ektlarining o‘rta biznesga o‘tishi va shu tariqa sohaning jadal rivojlanishi uchun zamin yaratadi.
2017 yil I choragida faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalarni ixtiyoriy va majburiy tugatish tartiblarini tanqidiy qayta ko‘rib chiqish va tubdan soddalashtirish jarayonlariga alohida e’tibor qaratiladi. Buning uchun Dasturda qator tartiblarni joriy etish belgilab berilgan.


Download 3.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling