10-jadval
2015-2017 yillarda «Biznesni yuritish» reytingi ishbilarmonlik muhiti sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha O‘zbekistonning egallagan o‘rni81 [112]
Ko‘rsatkichlar
|
DB-2017
|
DB-2016
|
DB-2015
|
Reytingdagi o‘zgarish
|
2017 yilda 2016 yilga nisbatan
|
2016 yilda 2015 yilga nisbatan
|
Biznesni yuritishning umumiy reytingi
|
87
|
87
|
103
|
-
|
+16
|
Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish
|
25
|
42
|
64
|
+17
|
+22
|
Qurilish uchun ruxsat olish
|
147
|
151
|
149
|
+4
|
-2
|
Elektr tarmoqlariga ulanish
|
83
|
112
|
108
|
+29
|
-4
|
Mulkni ro‘yxatga olish
|
75
|
87
|
113
|
+12
|
+26
|
Kreditlash
|
44
|
42
|
105
|
-2
|
+63
|
Minoritar investor-larni himoyalash
|
70
|
88
|
87
|
+18
|
-1
|
Soliqqa tortish
|
138
|
115
|
117
|
-23
|
+2
|
Xalqaro savdo
|
165
|
159
|
158
|
-6
|
-1
|
SHartnomalarning bajarilishini ta’minlash
|
38
|
32
|
32
|
-6
|
-
|
To‘lovga layoqatsizlikni bartaraf etish
|
77
|
75
|
75
|
-2
|
-
|
Ayniqsa, «Kreditlash tizimi» bo‘yicha ko‘rsatkich o‘tgan yildagiga nisbatan bir yo‘la 63 pog‘ona ko‘tarilib, 105-o‘rindan 42-o‘ringa chiqqani quvonarli muvaffaqiyat sanaladi. YAna bir e’tiborli jihati shundaki, so‘nggi uch yilda mazkur reyting ko‘rsatkichi 112 pog‘ona o‘sdi.
2017 yil davomida Jahon bankining «Doing Business» xalqaro reytingida respublikamizning o‘rnini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi.
Dasturda belgilab berilgan tadbirlardan yana biri – mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini oshirish hisoblanadi.
Bu borada 2017 yilning I choragida tadbirkorlik sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish va takomillashtirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
8-rasm. O‘zbekistonning «Doing Business» xalqaro reytingidagi o‘rnini
yaxshilashga qaratilgan tadbirlar
Loyihada yuqoridagi vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan qator chora-tadbirlar nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti 2016 yilning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasida “Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo‘lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko‘ra, O‘zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o‘sish prognozlari bo‘yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat etkazadi”82, deb ta’kidlagan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |