Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida korxonalar faoliyatini boshqarishning mazmuni va mohiyati Qahhorov Xushnudbek Xurshod o’g’li
Download 191.6 Kb.
|
1 2
Bog'liqQahhorov xushnudbek xurshod o’g’li
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi alomat
- To’rtinchi alomat.
Birinchi alomat. Korxonaning iqtisodiy salohiyati – uning iqtisodiy faoliyatning u yoki bu sohasidagi haqiqiy imkoniyatlari bidan belgilanadi. Buning ustiga nafaqat amalga oshirilgan, balki qandaydir sabablar bo’yicha amalga oshirilmagan imkoniyatlar ham.
Ikkinchi alomat. Har qanday korxonaning imkoniyatlar ko’proq unda mavjud bo’lgan resurslar va ishlab chiqarishda ishga tushirilmagan rezervlar (iqtisodiy, ijtimoiy)ga bog’liq. Shuning uchun korxonaning salohiyati yana ham ishlab chiqarishga jalb qilingan va ham jalb qilinmagan, ammo unda foydalanish uchun tayyorlangan resurslar va rezervlarning hajmi bilan belgianadi. Uchinchi alomat. Shaxsiy va xorijiy tajriba bizni ishontirishicha, har qanday biznesda muvaffaqiyat uchun resurslarga ega bo’lish zarur, ammo hali bu etarli emas. Menejer shuni esdan chiqamasligi kerakki, korxonaning salohiyati nafaqat unda mavjud bo’lgan imkoniyatlar va resurslar bilan, balki uning ulardan tovarlar, xizmatlarni yaratish va kattaroq foyda olish maqsadida foydalanish qobiliyatilari bilan ta’riflanadi. To’rtinchi alomat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tash- kiliy tuzilmasi bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o’zini ko’rsatib bo’lganligi tushunib, markazlash- tirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbiokorlikni rivojlanishi va umuman IBMning foydasini ko’payishiga olib kelgan. Uning bo’linmalari endi nafaqat “foyda markazlari” sifatida, balki “yangilik kiritishlar markazi” sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14ta kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda. Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi: - unda mavjud bo’lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo’lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan); - xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma’lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan; - menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati (menejerning tayyorgarligi, ist’edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan; - innavtsion qobiliyatlari bilan (ya’ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan); - axborotli qobiliyatlari bilan (ya’ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va “qo’shimcha ishlov berish” usuli); - moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan. Yig’ilgan holda ular korxonaning yig’ma (iqtisodiy va sotsial) qobili- yatini tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi. Shunday qilib, korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holatinini qandaydir tanlab olingan standartlarga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo’lgan salohiyatining solishtirma ta’rifidir. Umuman, korxona salohiyati raqobatbardoshligini o’zgarishi – bu uning tijorat sirining o’zagidir. Shuning uchun ham bunday baholashning eng muhim va batafsil usullarini korxona menejerlari sir tutishga harakat qiladilar. Yetakchi indikatorlarning aniq miqdorlari va ularni boshqarish strategiyasi odatda korporatsiyalar uchun maxfiy bo’ladi. Shunga qaramasdan biznes bo’yicha g’arb adabiyotlarini ko’rib chiqa turib, bozorning holati va korporatsiyalarning iqtisodiy hulqining orqasidan kuzata turib, eng ahamiyatli va ko’proq foydalaniladigan standartlarni, korxonalar faoliyati natijalari va resurslari harakatinig ularning raqobat- bardoshligi ostida yotuvchi indekslarini ajratish mumkin. Korxonaning raqobatbardoshligi salohiyati standartlari iqtisodiy va sotsiallarga bo’linadi. Ular odatda sinchiklab tanlab olinadilar, ular etarlicha ko’p yoki nisbatan kam bo’lishi mumkin. Bu o’tkazilayotgan tadqiqotning kengligiga bog’liqdir. Bizning minimum korxona salohiyati- ning iqtisodiy raqobatbardoshligini baholashga imkon beruvchi beshta indikatorlar bilan belgilanadi. Ya’ni: ashyoviy va axborat resurslari, iqtisodiy kenglik, vaqt, texnologiyalar, daromadlar darajasidan foydalanishning samaradorligi. Ushbu maqsadlar uchun hammadan avval me’yoriy ko’rsatkichlar va korxona raqobatbardoshligining darajalarini ajratish zarur. Xulosa Iqtisodiy boshqaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chiqariladigan mahsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muhitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir Iqtisodiy manfaatlar - iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari (iqtisodiy sub’ektlar)ning uzlari tomonidan anglangan va ularni faoliyatga undovchi hayotiy ehtiyojlari, iqtisodiy faoliyatni harakatlanti-ruvchi kuch. Shu bilan birga iqtisodiy metodlar shunday tanlanishi va qo’llanilishi kerakki, bunda jamoalar va har bir xodimning manfaatlarigagina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya qilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga ham foydali bo’lsin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI Download 191.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling