Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank-moliya tizimining o`rni va uning rivojlanishi
Download 22.99 Kb.
|
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank-moliya tizimining o`rni va uning rivojlanishi Sh.Adhamov TMI talabasi Keng miqyosda olib borilayotgan islohotlar moliya bozori, xususan bank sektorida ham yaqqol namoyon bo`lmoqda. Bu soha tizimlari kelib chiqishi asosan mustaqillik yillariga borib taqaladi. Barcha mamlakatlar iqtisodiyotining asosini, ya`ni uni nazorat ostida ushlab turuvchi, uning moliyaviy ta`minotchisi bank tizimi hisoblanadi. Mustaqillik yillarida o`z istiqlol va taraqqiyot yo`limizni sobitqadamlik bilan izlash, O`zbekistonni iqtisodiyotda, bank va moliya tizimida qudratli davlatga aylantirish yo`lidagi intilish davri bo`ldi. Bu davrda biz o`z iqtisodiyot yolimizda tamal toshini qo`ydik. Xususan, bu davrda bank va moliya sohasiga e`tibor yuqori bo`ldi. Chunki banklarsiz eksport bo`lmasligini, banklarsiz sarmoya bo`lmasligini, banklarsiz sanoat bo`lmasligini allaqachon tushunib yetgan edik. 1991-yil asta-sekin banklar shakllanib boshladi. 1991-1992-yillarda “Banklar va bank faoliyati to`g`risida” gi qonun qabul qilindi.Unga ko`ra, ikki darajali bank tizimining tarkib topdi va mamlakat Markaziy banki zimmasiga yangi topshiriqlar yuklatildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari hamda to`lov tizimini shakllantirish vazifalari qo`yildi. 1995-yil bank qonunchiligi shakllanish bilan ajralib turdi. 1996-yilda “Banklar va banklar faoliyati to`g`risida” va “O`zbekiston Respublikasining Markaziy banki to`g`risida” gi qonunlar qabul qilindi. 1997-yil yana bir yangi qonun “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag`batlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunda jismoniy shaxslarning 50% dan kam bo`lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etildi.1998-yil Xalqaro Bazel Qo`mitasi tavsiyasida, moliyaviy xisobotning jahon standartlari doirasida tartibga soluvchi me`yoriy xujjat ishlab chiqildi. 2000-2010-yillar oralig`ida zamonaviy infratuzilmaga ega samarali bank tizimi tashkil etildi. Biz bank tizimini shakllantirishda ham stixiyali bozor munosabatlaridan foydalanmadik. Bank tizimimizda ham xorij bilan hamkorlik yo`lga qo`yildi. Yevropa qayta tiklanish banki va taraqqiyot banki hamda Shvetsariya, Germaniya va Turkiya banklari bunga misol bo`la oladi. 2013-yilda banklarning jami aktivlari miqdori 30% ga oshgan bo`lsa, so`ngi olti yil 2010-2015- yillarda esa 4,7 barobarga oshgan. Kapital yetarlilik darajasi 5 yil oldin 24,3 % ni tashkil etib jahon standartidan 3 barobar ko`p bo`lishga ulgurdi. Tizim likvidligi 65% dan ziyodga yetdi. Banklardagi jami depozidlar hajmi 2014-yil 1-yanvar holatiga ko`ra, 30,2 trln so`mga yetdi. 2013-yilning o`zida tijorat banklari kapitali 25% ga ko`paydi. Bugunga kelib, mamlakatimiz bank tizimi barqaror faoliyat yuritayotgani nufuzli xalqaro reyting tashkilotlari tomonidan ham e` tirof etib borilmoqda. Har bir mustaqil davlat , avvalo ,o`z valyutasiga ega bo`lishi zarur. Davlat pul, bank va moliya siyosatini o`z qo`liga olmasdan turib iqtisodiy jihatdan erkin bo`la olmaydi. Shu sababdan davr qator islohotlar talab etardi. Valyuta masalasida oldimizda 3 ta yo`l turardi: I. Rossiyaning 1993-yilgi yangi pulidan foydalanish. Nega mustaqil bo`la turib milliy pul birlikka intilmasdan “rubl zonasida” qolishga harakat qildik ? Shu narsani to`g`ri tushunish kerakki, siyosiy mustaqillik bu hali iqtisodiy mustaqil bo`ldik degani emas. Xalqimizga qiyinchilik tug`dirmaslik maqsadida shu zonada qolishni ma`qulladik. Lekin bu urinishlar o`zini oqlamadi. II. 1961-1992-yillardagi pul namunasini hozircha ishlatib turish. Lekin bunday qilish katta zararga olib kelardi. Chunki Rossiya va boshqa ba`zi qo`shni davlatlar milliy valyutasiga o`tishi oqibatida respublikamizga ko`p miqdorda eski pullar oqib kela boshladi. Tahlillar natijasi shuni ko`rsatdiki, bu ikkala yo`l ham biz uchun samarasiz edi. III. Qanday qilib bo`lmasin o`z pulimizni joriy qilish. 1994-yilda biz so`m-kupon tizimiga o`tdik. Xalqimiz qo`lidagi pullar almashtirib berildi. Nochor oilalarga, talabalarga, va qariyalarimizga, umuman olganda, ehtiyojmand barcha qatlamlarga berilgan imtiyozlar saqlanib qolindi. Yangi o`z pulimizga o`tish natijasida iqtisodiyotning xavfsizligi mustahkamlandi. Boshqacha qilib aytganda, chetdan kirib keladigan va qadrini yo`qotgan rubl yo`lini berkildi. Lekin bu rubllarni kelishini umuman yo`qotib bo`lmasdi. Buning natijasida pul miqdori juda ko`payib ketdi. Bu esa bozorlarda narxlarning oshishiga olib keldi. Aniq ma`lumotlarga tayanadigan bo`lsak, birgina Toshkentda 1 kg go`sht miqdori 25000 so`mgacha ko`tarildi. Ammo bu olib borilgan sa`y-harakatlar o`z milliy valyutamizga ega bo`lishda asos vazifasini bajardi. 1994-yil 1-iyulda o`z birligimiz- so`m muolaga kiritildi. Endi oldimizda yana bir muhim vazifa paydo bo`ldi: shu milliy valyutamizning kuchini, qudratini, harid qobiliyatini belgilash, uning jahon miqyosida o`rni, obro`sini o`z joyiga qo`yishdir. Negaki, milliy pul kuchli bo`lgandagina davlat iqtisodi baquvvat bo`ladi. Yildan yilga shu kabi islohotlar keng ko`lamda olib borildi. Hozirga kelib ham so`mimiz joyidan qimirlamay turgani yo`q. Yaqin yillarda, jumladan bu yil ham bir nechta yangi pullar savdoga chiqarildi. Shubhasiz, mazkur yangiliklarni davlat iqtisodiyoti rivojida o`rni beqiyos. Bugungi kunga kelib milliy “so`m” imiz ko`plab davlatlar hatto yevropa davlarlari havas qilsa arziydigan o`z qadri, qiymati va o`rniga ega bo`lib bormoqda. Dunyodagi barcha yaratilgan narsalarning yutug`-u kamchiliklari uning sinalgan paytida bilinadi. Xuddi shunday sinovga O`zbekiston iqtisodiyoti 2009- yil duch keldi. Ya`ni 2008 –yilda AQSh da boshlangan moliyaviy inqiroz bizni ham chetlab o`tmadi. Bu inqiroz dunyoning boshqa mamlakatlari kabi bizni ham juda qiyin ahvolga solib qoyishi kerak edi. Lekin bu tahminlar ozini oqlamadi. Shu o`rinda O`zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank kredit tizmi , shuningdek , iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta`minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan edi, deb aytib o`tish joiz. Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishdagi bunday yutuqlar O`zbekiston tanlagan rivojlanish modeli to`g`riligini , bank moliya tizimi ishonchliligini yana bir bor tasdiqladi. Moliya-bank tizimiga bugungi ko`z bilan ham qaraydigan bo`lsak, ko`plab qarorlar va yutuqlarni misol qilib ko`rsatishimiz mumkin. 2017-yil 18-mart kuni Prezidentimiz tomonidan PQ-2847-sonli qaror imzolandi. Bu qarorda moliya organlari faoliyatini tubdan takomillshtirish ko`zda tutilgan. 2019 –yil 22-apreldagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021- yillarga mo`ljallangan O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi doirasida Harakatlar strategiyasi taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab berdi. Harakatlar strategiyasining “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo`nalishida bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish , ularning moliyaviy barqarorligini va ishomchligini mustahkamlash ,istiqbolli investitsiyaviy loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirilishiga alohida e`tibor qaratilgani iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida bank- moliya tizimining o`rni qanday ekanligini ko`rsatadi. Download 22.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling