Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish


Download 184.85 Kb.
bet2/9
Sana18.06.2023
Hajmi184.85 Kb.
#1567457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
akmal isoha

1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O’zbekistondagi

investitsiya siyosati va muhiti


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar tobora chuqurlashib, milliy iqtisodiyotning turli soha hamda tarmoqlarida tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Bu makroiqtisodiy barqarorlik, barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlari va aholi turmush darajasining oshishida yaqqol nomoyon bo’lmoqda.
Bunday ijobiy o’zgarishlarda investitsiyalarning ahamiyati kattadir. 2013yilga mo’jallangan Davlat investitsiya dasturini amalga oshirishda O’zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar kiritish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport va aloqa sohasini yanada rivojlantirish hamda ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi.
Ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma’naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o’z ichiga oluvchi jarayon ishlab chiqarishni modernizatsiyalash deyiladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo’nalish va vositalari quyidagilar hisoblanadi:

joriy etish;

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turini ko’paytirish;

  • ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va resurslarni tejash;  ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar.

Mamlakatizmizda amalga oshirilayotgan bozor islohotlarining hozirgi bosqichida investitsiya siyosati iqtisodiyotdagi barqarorlik, tarkibiy va sifat o’zgarishlarini belgilovchi muhim omil bo’lmoqda. Doimiy olib borilayotgan investitsiya siyosati yurtimizda xorijiy va mahalliy investorlar uchun har tomonlama qulay investitsiya muhitini yaratish imkonini yaratmoqda.
So’nggi yillarda iqtisodiyotimizda izchillik bilan amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o’zgarishlar va modernizatsiyalash jarayoni investitsion faollikni ham o’sishini ta`minladi. Buni isboti tariqasida, birgina “O’tgan yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million AQSH dollar miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu boradagi ko’rsatkich 2011-yilga nisbatan 14 foizga o’sdi. Jami investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million AQSH dollardan ortig’ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 foizdan ko’prog’i to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
E'tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirildi”1.
Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bu investitsiyalarni moliyalashtirish sohasida davlatimizda muammolarning mavjudligi. Ushbu muammolarni yechishda O’zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqilmoqda.
Har tomonlama qulay investitsiya muhiti korxonalar faoliyat samaradorligiga ta`sir etadi, bu esa investitsiyalashga xos bo’lgan daromadlar va kapitalning o’sishiga olib keladi.


Download 184.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling