Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarini rivojlantirish istiqbollari. Reja Kirish


-jadval Qoraqalpog'isston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. bo’yicha sanoat mahsulotlari (o'tgan yilga nisbatan foiz hisobida)


Download 184.85 Kb.
bet8/9
Sana18.06.2023
Hajmi184.85 Kb.
#1567457
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
akmal isoha

4-jadval Qoraqalpog'isston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent sh. bo’yicha sanoat mahsulotlari (o'tgan yilga nisbatan foiz hisobida)32

Yillar

2015

2016

2017

2018

2019

2020

O’zbekiston
Respublikasi

107,2

110,8

112,1

112,7

109,1

121,5

Viloyatlar:







Qoraqolpog'iston
Respublikasi

118,4

109,2

112

110,7

102,2

120

Andijon

134,5

124,4

118,9

124

119,4

119

Buxoro

102,1

101,9

111,9

100,1

104,2

129,6

Jizzax

131,6

109,7

109,2

105

101,3

128,9

Qashqadaryo

101,3

106,7

113,5

118,9

115,1

103,4

Navoiy

97,8

101,1

102,1

102,9

101,5

112

Namangan

114

108,6

107,1

110,7

114,8

140,5

Samarqand

108,9

123,2

120,7

122,4

111,6

136,7

Surxandaryo

104,2

109,2

109,6

109,9

108,9

124,9

Sirdaryo

103,7

113,8

105,1

103,5

103,3

118,3

Toshkent

100,1

106,6

113,3

100,1

108,3

126,1

Farg’ona

105

108,8

105,6

102,5

105,8

111,6

Sanoat korxonasi misolida investitsiya samaradorligini aniqlash - bu kelajak davrga korxonalarni asosiy faoliyatlarini rivojlantirish yo’llarini aniqlash, shu jumladan o’z mablag’lari hisobidan va boshqa investorlar hisobidan xarajatlarni qoplanish miqdorini aniqlash. Strategik rejada aktivlarga bo’lgan ehtiyoj va uni ta`minlash resurslari uzoq muddatga aniqlanadi.
Investitsion loyiha bu investitsiyani texnik-iqtisodiy asoslash bo’lib, u investitsion faoliyat ishtirokchilarini (mulkdor, tadbirkor, bankir, davlat va xalqaro tashkilotlar kabilar) iqtisodiy axborotnomasi, ularni o’zaro aloqalarini bog’laydi hamda tushuntiradi. Qisqa qilib aytganda, investitsiya loyihasi investitsiyadan foydalanish rejasini anglatadi.
Investitsiya loyihasini samaradorligini hisoblash - bu investitsiyadan keladigan samara ko’rsatkichlarini aniqlashni anglatadi.
Investitsiya loyihasini asosi bu kapital qo’yilmalarga bo’lgan ehtiyojni aniqlashdan iborat. Shu sababli investitsiya loyihasi samaradorligi kapital qo’yilmalar samaradorligi orqali aniqlanadi.
Jamiyat miqyosida kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti (Ks) milliy daromadning o’sish miqdorini (MD) kapital qo’yilmalar summasiga
(Kq) nisbatan aniqlanadi. Ya`ni:

Ks= MD/Kq (1)


Korxona miqyosida investitsiya samaradorligi (kapital qo’yilma) koeffitsienti (Ki.s) quyidagicha hisoblanadi:
Mk-T F
Ki.s= ——— yoki —— (2)
K K
Bu yerda: Mk - yillik ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati;
T - yillik ishlab chiqarilgan mahsulotni tannarxi;
F - yillik foydaning miqdori;
K - kapital qo’yilmalar summasi.
Ko’p variantli kapital qo’yilmalar loyihasi samaradorligini aniqlash uchun har bir variantdagi xarajatlarni minimumga keltirish yo’li bilan aniqlanadi.
Ya`ni:

Ti+En*K min (3)
Bu yerda: Ti - i varinatdagi xarajatlar;
En- kapital qo’yilmalar samaradorligi koeffitsienti; K - kapital qo’yilmalar summasi.
Solishtirilayotgan variantlar har xil davrga mo’ljallangan bo’lsa, bunday sharoitda variantlar (V) keltirilgan koeffitsientlar bo’yicha aniqlanadi.
Ya`ni:

V=1/(1+En-b)*t (4)


Bu yerda: En-b - har xil davrdagi xarajatlarni keltirish normativi;

t - mablag’larni ishga tushirishdan samara olgungacha bo’lgan
vaqt.
Investitsiya samaradorligini aniqlashda uning o’zini qoplash muddati, xavf darajasi, inflyatsiyani oshish tempi, kelajakda soliqlar miqdorini o’zigarishi kabilar hisobga olinishi shart. Chunki investitsiyani qulay va samarali sohaga qo’yish investorlar uchun muhim ahamiyatga ega.
Shunday qilib, investitsiya samaradorligini hisoblaganda yuqorida keltirilgan qoidalarda keltirilgan ko’rsatkichlarni solishtirma tahlili katta ahamiyatga ega. O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatining rivojlanib borishi, foyda olishning turli yo`llarini amalga tatbiq etishga olib kelmoqda. Demak, bozor iqtisodiyotiga o’tish xo’jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga o’tishni talab etadi. Tadbirkorlikning tashkiliy-huquqiy shakllaridan biri qo`shma korxonalar hisoblanadi. Qo`shma korxonalar tashkil etish korxona va tashkilotlarning chet ellik sheriklar bilan aloqasini yuksaltiradi, mamlakat hududida xorijlik tadbirkorliklarga keng sharoitlar yaratadi, mamlakat hududiga xorijiy investitsiyalarini jalb etadi. Buning uchun mamlakatimizda kerakli va zarur bo’lgan ishlar olib borilmoqda va sharoitlar yaratilmoqda. Hozirgi kunda xorijlik ishbilarmonlar O`zbekistonni o`zlari uchun qulay va ishonchli sherik deb hisoblaydilar, chunki respublikamizda xorijiy investorlar uchun qulay investitsion va soliq muhiti yaratilgan. Natijada ularda o`z sarmoyalarini respublikamizda joylashtirish va biz bilan hamkorlik qilish istagi ortib boryapti. Respublikamizda yaratilgan qulay investitsion muhitning asosiy omillari - respublikamizdagi qulay siyosiy barqarorlik, boy xom-ashyo resurslarining mavjudligi, soliq solishni soddalashtirilganligi, qo`shma tadbirkorlikning huquqiy asosi yaratilganligidir.
Qo`shma korxonalar tashkil etishning zarurati, tovar ishlab chiqarishni ko`paytirishga sezilarli hissa qo`shadi va xalqaro savdo uyushmasiga tovar almashinuvi hamda keng xalq iste`moli tovarlari ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Qo`shma korxonalarning tashkil etilishi mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirishni jadallashtiradi va xalqaro doirada mavqei ortishiga olib keladi. Qo`shma korxonalarning ahamiyatli tomoni olingan foydani taqsimlash, sarfni qoplash, korxona faoliyatini doimiy ravishda takomillashtirib borishdadir.
Qo`shma korxonalar tashkil etish – bu murakkab jarayon hisoblanadi. Bu yerda hamkorlar tanlanadi, ular orasida ushbu masalalar yuzasidan muzokaralar olib boriladi.
Hozirgi kunda iqtisodiyotning sanoat tarmog’ida erishilayotgan ijobiy o’zgarishlar xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jadal rivojlantirishni taqozo etadi.
Mamlakatimizda faoliyat ko’rsatuvchi xorijiy invetitsiyali korxonalarga amaldagi soliqlar va bojlar yuzasidan qator yengilliklar, imtiyozlar belgilangan. Ushbu imtiyozlarning amal qilinishi investitsiya siyosatinining asosini tashkil etib, o’z ijobiy samarasini bermoqda.
Xorijiy investorlar ishtirokidagi manfaatdor tomonlar o’zlariga qarashli bo’lgan resurslardan birgalikda foydalanish uchun ular bilan hamkorlikda korxonalar tashkil etmoqda. O’zbekistonik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chet el fuqorolari bunday korxonalarning ta’sischilari bo’lishi mumkin. Qo’shma korxonalarda sarmoyadorlar ulushi kamida 25%ni tashkil etishi zarur.
Xorijiy investitsiyali korxonalarni tashkil etish sabablari turli-tuman bo’lib, ularni ichki, tashqi va strategik sabablar bo’lishi mumkin (10-jadval).
Mamlakatimizda qo’shma korxonalarni tashkil etishda muhim omil bo’lib, soliq imtiyozlari hisoblanadi. Chunki, investorning asosiy maqsadi foyda olish hisoblanadi. Yurtimizda yaratilgan soliq mehanizmini to’laqonli o’zini oqlayotganini faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik sub’ektlari tarkibida chet el investitsiyali korxonalar ulushi ortib borishi bilan ko’rsatishimiz mumkin.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta`minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmatsevtika, axborot va telekommunikatsiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini yuritishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Tadqiqotchilarning fikriga ko’ra, jahon xo’jaligini rivojlantirishda xalqaro kapital migratsiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki u mamlakatning tashqi iqtisodiy va siyosiy aloqalari mustahkamlanishiga olib keladi, ularning tashqi savdo aylanmalarini, ishlab chiqarish hajmini ko’paytiradi, iqtisodiy rivojlanishni jadallashtiradi, ishlab chiqarilayotgan tovarlarning jahon bozoridagi raqobatdoshligini, importchi mamlakatlar texnik salohiyatini o’stiradi va mamlakatdagi bandlikni oshiradi6.
Ishlab chiqarish hajmiga ko’ra sanoat tarmoqlari ulushiga xorijiy investitsiyali korxonalar mahsulotining qariyb 80%i to’g’ri keladi. Faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy investitsiyali korxonalarning eng yuqori ulushi sanoat tarmog’iga to’g’ri keladi. 2020-yilda jami xorijiy investitsiyali korxonalarning 47,0 %i sanoat tarmog’ida faoliyat yuritgan.

Download 184.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling