Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish sharoitda konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning nazariy asoslari


Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari


Download 415.84 Kb.
bet4/29
Sana17.06.2023
Hajmi415.84 Kb.
#1520748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Eshonqulov B 17.05.23 22222

Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi va vazifalari. Magistrlik dissertatsiyasining maqsadi konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning ahamiyati va ularni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, ishni bajarishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:

  • konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning maqsadi va vazifalari belgilash;

  • konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning asosiy tamoyillari va qoidalarini o’rganish;

  • konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobot tuzishning ob’ektlari va sub’ektlarini belgilash;

  • konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotni tashkil etishning uslubiy asoslarini o’rganish;

  • konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotning tarkibi, tuzish bosqichlari va tartibini tadqiq qilish;

  • sho’’ba va qaram xo’jaliklarda umumlashtirilgan hisobot tuzishning xususiyatlarini ochib berish;

  • konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida korxona moliyaviy holatiga baho berish.

Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti va predmeti. Magistrlik dissertatsiyasining ob’ekti bo’lib, respublikamizning turli mulkchilik shaklidagi korxonalari, xususan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi «Tashkentvino-Kombinati» aktsiyadorlik jamiyati konsolidatsiyalashgan hisoboti ma’lumotlari hisoblanadi.
O’zaro bog’langan xo’jalik sub’ektlar bosh va sho’’ba korxonalari guruhlarida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar mazkur tadqiqotning predmeti hisoblanadi.
Tadqiqotda qo’llanilgan usullarning qisqacha tavsifi. Dissertatsiya ishida tizimli yondashuv, guruhlash, taqqoslama tahlil, induksiya, deduksiya, qiyosiy taqqoslash, kuzatuv, nazariy va amaliy o’rganish, statistik tahlil, omilli tahlil, iqtisodiy-matematik va buxgalteriya hisobining usullaridan keng foydalanilgan.

Download 415.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling