Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari
Download 148.9 Kb. Pdf ko'rish
|
axborot xati - Bank moliya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari
- Konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalar ish olib borishi koʻzda tutilgan: 1-seksiya.
- 2.Tezisov T.T
“Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi ilmiy-amaliy konferensiyasi AXBOROT XATI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” toʻgʻrisidagi, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-son “2030- yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020 – 2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank- moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda jahon moliya-bank tizimi shiddatli raqamlashuv jarayonlari ketayotgan sharoitda Oʻzbekiston moliya-bank tizimining raqobatbardoshligini taʼminlash yoʻlidagi muammolarni muhokama qilish, raqamlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shunga oid maʼlumotlarni tahlil qilish, bu boradagi oxirgi maʼlumotlar haqida fikr almashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 2023-yil 28-martda “Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Akademiyada respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtadi. Konferensiyada oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, doktorant va tayanch doktorantlar, magistrantlar, bank-moliya va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin. Konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalar ish olib borishi koʻzda tutilgan: 1-seksiya. Bank sektorini raqamli transformatsiya qilish va xususiylashtirish masalalari. 2-seksiya. Moliya tizimini raqamlashtirishning asosiy tendensiyalari va ustuvor yoʻnalishlari. 3-seksiya. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sugʻurta va pensiyaning dolzarb masalalari va ularni hal qilish yoʻnalishlari. 4-seksiya. Korporativ boshqaruv va moliya bozorini raqamlashtirish asosida investitsion jozibadorlikni taʼminlash masalalari. 5-seksiya. Raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari. 6-seksiya. Oʼzbekistonda islom moliyasi va islom bankchiligini rivojlantirish masalalari. Konferensiyada ishtirok etish uchun maʼruza tezislari seksiya yoʻnalishlarida koʻrsatilgan muammolar doirasida oʻzbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi, tezislar toʻplam shaklida nashr ettiriladi, mualliflarga elektron PDF shaklda beriladi. Ilmiy tezislar quyidagi talablarga javob berishi lozim: tezis matni 1000-1200 ta soʻzdan iborat boʻlishi, 1,0 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 2,0 sm, quyidan 2,0 sm, oʻngdan 1,5 sm), kompyuterning Microsoft Word muharririning Times New Roman shriftda 14 kegelda yozilishi lozim. Tezisning sarlavhasi boshharflarda, undan 2 intervaldan soʻng muallifning ismi va familiyasi toʻliq, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (korxona, boʻlim, kafedra nomi, telefon raqamlari) va egallagan lavozimi keltiriladi. Tezislarda manbalarga havola (snoska)lar koʻrsatilishi shart. Tezislar fayli ular mos bo‘lgan seksiya raqami va muallif familyasi ko‘rsatilgan holda nomlanishi shart (Masalan: 2.Tezisov T.T.). Ilmiy tezislar joriy yilning 23-mart kuniga qadar quyida koʻrsatilgan telegram boti orqali qabul qilinadi. Tahrirchilar tomonidan nashrga tavsiya etilgan ilmiy-tezislar PDF shakldagi toʻplam tarkibiga kiritiladi. Yuqoridagi talablarga javob bermagan ilmiy-tezislar toʻplamga kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. Manzil: Toshkent shahri, Movarounnaxr koʻchasi, 16 uy, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 1-qavat, 119-xona. “Ilmiy tadqiqot va kadrlar tayyorlash” boʻlimi. Tezislarning elektron variantlari quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi: • Telegram bot: https://t.me/B_F_A_bot Download 148.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling