Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish istiqbollari


Download 148.9 Kb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2023
Hajmi148.9 Kb.
#1415198
Bog'liq
axborot xati - Bank moliya



“Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini 
rivojlantirish istiqbollari” mavzusida
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi
ilmiy-amaliy konferensiyasi 
AXBOROT XATI 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son 
“2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning Taraqqiyot strategiyasi” 
toʻgʻrisidagi, 2020-yil 29-oktabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmonlari, Oʻzbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-son “2030-
yilgacha boʻlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni 
amalga oshirishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, 
2020-yil 8-iyundagi 365-son “2020 – 2025 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bank-
moliya akademiyasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 
qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda jahon moliya-bank tizimi 
shiddatli raqamlashuv jarayonlari ketayotgan sharoitda Oʻzbekiston moliya-bank 
tizimining raqobatbardoshligini taʼminlash yoʻlidagi muammolarni muhokama 
qilish, raqamlashtirishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shunga oid maʼlumotlarni 
tahlil qilish, bu boradagi oxirgi maʼlumotlar haqida fikr almashish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasida 2023-yil 28-martda 
Iqtisodiyotning raqamlashuvi sharoitida bank-moliya tizimini rivojlantirish 
istiqbollari” mavzusida Akademiyada respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib 
oʻtadi. 
Konferensiyada oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari, mustaqil 
izlanuvchilar, doktorant va tayanch doktorantlar, magistrantlar, bank-moliya va 
iqtisodiyot sohasi mutaxassislari ishtirok etishlari mumkin.
Konferensiyada quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha seksiyalar ish olib 
borishi koʻzda tutilgan: 
1-seksiya. Bank sektorini raqamli transformatsiya qilish va xususiylashtirish 
masalalari. 
2-seksiya. Moliya tizimini raqamlashtirishning asosiy tendensiyalari va 
ustuvor yoʻnalishlari. 
3-seksiya. Raqamli iqtisodiyot sharoitida sugʻurta va pensiyaning dolzarb 
masalalari va ularni hal qilish yoʻnalishlari. 
4-seksiya. Korporativ boshqaruv va moliya bozorini raqamlashtirish asosida 
investitsion jozibadorlikni taʼminlash masalalari. 
5-seksiya. Raqamlashtirish sharoitida buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va 
audit tizimini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish masalalari. 
6-seksiya. Oʼzbekistonda islom moliyasi va islom bankchiligini rivojlantirish 
masalalari. 
Konferensiyada 
ishtirok 
etish 
uchun 
maʼruza tezislari seksiya 
yoʻnalishlarida koʻrsatilgan muammolar doirasida oʻzbek, rus va ingliz 
tillarida 
qabul 
qilinadi, 
tezislar 
toʻplam shaklida nashr ettiriladi
mualliflarga elektron PDF shaklda beriladi.


Ilmiy 
tezislar 
quyidagi 
talablarga 
javob 
berishi 
lozim
tezis 
matni 1000-1200 ta soʻzdan iborat boʻlishi, 1,0 intervalda (chapdan 3 sm, yuqoridan 
2,0 sm, quyidan 2,0 sm, oʻngdan 1,5 sm), kompyuterning Microsoft Word 
muharririning Times New Roman shriftda 14 kegelda yozilishi lozim. Tezisning 
sarlavhasi boshharflarda, undan 2 intervaldan soʻng muallifning ismi va familiyasi 
toʻliq, ilmiy unvoni va ilmiy darajasi, ish joyi (korxona, boʻlim, kafedra 
nomi, telefon raqamlari) va egallagan lavozimi keltiriladi. Tezislarda 
manbalarga havola (snoska)lar koʻrsatilishi shart.
Tezislar fayli ular mos bo‘lgan seksiya raqami va muallif familyasi 
ko‘rsatilgan holda nomlanishi shart (Masalan: 2.Tezisov T.T.).
Ilmiy 
tezislar 
joriy 
yilning 
23-mart 
kuniga 
qadar 
quyida
 
koʻrsatilgan telegram boti orqali qabul qilinadi. Tahrirchilar tomonidan nashrga 
tavsiya etilgan ilmiy-tezislar PDF shakldagi toʻplam tarkibiga kiritiladi. 
Yuqoridagi 
talablarga 
javob 
bermagan 
ilmiy-tezislar 
toʻplamga 
kiritilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi. 
Manzil: Toshkent shahri, Movarounnaxr koʻchasi, 16 uy, Oʻzbekiston 
Respublikasi Bank-moliya akademiyasi, 1-qavat, 119-xona. “Ilmiy tadqiqot va 
kadrlar tayyorlash” boʻlimi.
Tezislarning elektron variantlari quyidagi telegram bot orqali qabul qilinadi: 
• Telegram bot: 
https://t.me/B_F_A_bot
  

Download 148.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling