www.arxiv.uz
O‘ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
ORIENTAL UNIVЕRSITЕTI
“IQTISОDIYOT VА TURIZM” KАFЕDRАSI
“MIKRОIQTISОDIYOT” fanidan
MUSTAQIL ISH
Iqtisodiyotning real sektori korxonalarning . iqtisodiy samaradorligini oshirish
mavzusida
REFERAT
Bajardi: Iqt (S) -51 guruhi talabasi
Xolmirzayev Sherkon
Qabul qildi: PhD, dotsentM.S.Yusupov
Reja:
1. Iqtisodiyotning real sektori
2. Milliy dаrоmаdlаr vа mаhsulоtlаr hisоbi
3. Milliy hisоbning аsоsiy аyniyatlаri
4. Nаrх dаrаjаsini prоgnоzlаsh. Umumiy hоlаtlаr
Iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida
VAQTINCHALIK NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Vaqtinchalik nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yilda qabul qilingan hujjatlariga muvofiq banklarning kapitallashuvini oshirish uchun budjet mablag‘laridan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘laridan va boshqa aksiyadorlarning mablag‘laridan ajratilgan maqsadli mablag‘lar (keyingi o‘rinlarda maqsadli mablag‘lar deb ataladi) hisobiga iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Vaqtinchalik nizom maqsadlari uchun quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ishchi guruh — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmoni bilan tashkil etilgan Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruh;
Kichik guruh — iqtisodiyotning real sektori sohasida korxonalarni va investitsion faollikni kredit yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash masalalari bo‘yicha Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirishni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha Ishchi guruhning kichik guruhi;
Do'stlaringiz bilan baham: |