Iqtisоdiyotning rеаl sеktоri


Download 399.28 Kb.
bet2/12
Sana17.06.2023
Hajmi399.28 Kb.
#1521160
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
xolmirzayev sherkon 51-guruh mikroiqtisodiyot esse..pptx

ishchi organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi;
korxona — O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan, o‘zi ishlab chiqargan tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) eksport qiladigan, shuningdek yangi qurilishni, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshiradigan, vaqtincha moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgan korxona;
Oldingi tahrirga qarang.
banklar — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki, O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki, “O‘zsanoatqurilishbank” aksiyadorlik-tijorat banki, “Agrobank” ATB, “Qishloq qurilish bank” ATB, “Asaka” davlat aksiyadorlik-tijorat banki, shuningdek ularning korxonalarga xizmat ko‘rsatadigan bo‘limlari va filiallari.
(2-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
II. Kichik guruhning asosiy funksiyalari
3. Yuklangan vazifalarni bajarish uchun Kichik guruh quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
korxonalarning maqsadli mablag‘lardan foydalanish bo‘yicha hujjatlarini va korxonalarning maqsadli mablag‘lari hisobiga korxonalarga banklarning kreditlarini berish bo‘yicha boshqa masalalarni ko‘rib chiqish;
tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan korxonalarning kredit hujjatlari belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini nazorat qilish;
banklarning investitsion faolligini kengaytirishga va korxonalarning kreditlar olishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
III. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kreditlar berish tartibi
4. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kreditlar banklar tomonidan korxonalarga quyidagi maqsadlarda beriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
birinchi navbatda, tasdiqlangan tarmoq dasturlarini amalga oshirishda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash, mashinasozlik, neft-gaz, kimyo, elektr energetikasi, elektrotexnika tarmoqlari va sanoat, agrosanoat kompleksining boshqa yetakchi tarmoqlari korxonalarining lokalizatsiya darajasini oshirish hamda shu asosda yangi, raqobatbardoshli, tashqi va ichki bozorlarda talab qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va kengaytirish, korxonalarning eksport salohiyatini oshirish, ichki iste’mol bozorini mamlakatimizning o‘zida ishlab chiqarilgan tovarlar bilan barqaror to‘ldirish;
ishlab chiqarish, ijtimoiy, transport va telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatli davlat dasturlari va loyihalarini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ichki bozorni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan to‘ldirish maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va mini-texnologiyalar sotib olish, shuning hisobiga qo‘shimcha ish o‘rinlari tashkil etish va aholi daromadini oshirish.
(4-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
5. “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki uchun ajratilgan maqsadli mablag‘lar belgilangan tartibda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit berish uchun yo‘naltiriladi.
6. Maqsadli mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida banklarning maxsus hisob raqamlarida jamlanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida banklarning maxsus hisob raqamlaridan mablag‘larni sarflash faqat Ishchi guruhning va bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi)ning tegishli bayonnomalar bilan rasmiylashtirilgan ijobiy qarorlari mavjud bo‘lgan taqdirda ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga kreditlar berish uchun amalga oshiriladi.
8. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kreditdan foydalanish uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish amaldagi stavkasidan oshishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Maqsadli mablag‘lar hisobiga kreditlar, qoidaga ko‘ra, imtiyozli shartlarda, investitsiya maqsadlari uchun kamida 1 yillik imtiyozli davr bilan kamida 3 yil muddatga ajratiladi.
(8-bandning ikkinchi—beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga imtiyozli kreditlar ajratish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda amalga oshiriladi.
9. Ushbu Vaqtinchalik nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga kreditlar olish uchun korxona:
Oldingi tahrirga qarang.
ekvivalentda 500 ming AQSh dollarigacha qiymatli investitsiya maqsadlari bo‘yicha — banklarga;
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-iyundagi 156-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 271-modda)
agar investitsiya maqsadlari uchun so‘ralayotgan kredit summasi ekvivalentda 500 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lsa — Kichik guruhga murojaat qiladi.
10. Banklar har oyda oyning 10-kunigacha Kichik guruhga maqsadli mablag‘lardan korxonalar va foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha ulardan foydalanishning prognoz parametrlarini kiritadi.
Kichik guruh uch kun muddatda banklarning maqsadli mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va ularni tasdiqlash uchun Ishchi guruhga kiritadi.
Ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga kirmagan korxonalarga kredit berish uchun banklarning maqsadli mablag‘lardan foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Download 399.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling