Iqtisоdiyotning rеаl sеktоri
IV. Banklarning maqsadli mablag‘lardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish tartibi
Download 399.28 Kb.
|
xolmirzayev sherkon 51-guruh mikroiqtisodiyot esse..pptx
IV. Banklarning maqsadli mablag‘lardan foydalanish uchun berilgan buyurtmanomalarini ko‘rib chiqish tartibi
11. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit olish uchun korxona banklarga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: korxonaga xizmat ko‘rsatadigan bank ko‘rsatilgan holda maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit olish uchun ariza; olish maqsadlari va foydalanish yo‘nalishlari, shuningdek mo‘ljallanayotgan summa, kreditning muddati va foiz stavkasi, korxonaning bank hisob raqamidagi pul mablag‘larining prognoz oqimi, ishlab chiqarilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga buyurtmalar portfeli tarkibi va ularni sotish bozori, shuningdek kreditni o‘zlashtirishga tegishli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda biznes-reja; belgilangan tartibda tasdiqlangan yangi qurilishni amalga oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslanishi (texnik-iqtisodiy asoslash) yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitob (texnik-iqtisodiy hisob-kitob), shuningdek ushbu investitsiya loyihasini amalga oshirishning borishi to‘g‘risidagi axborot (faqat investitsiya loyihalari bo‘yicha); korxonaning oxirgi 3 yildagi moliyaviy ahvoli to‘g‘risidagi hujjatlar, shu jumladan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (2a-shakl); kreditning mo‘ljallanayotgan ta’minlanishi bo‘yicha ma’lumotlar (mol-mulk garovi, kafolat, kafillik, sug‘urta polisi va boshqalar); korxonalarni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ma’qullangan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini, shu jumladan ishlab chiqarishning materiallar va energiya sarfini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish, moliyaviy oqimlarni boshqarishni takomillashtirish va ortiqcha shtat birliklarini qisqartirish bo‘yicha moliyaviy reja, shuningdek ushbu moliyaviy reja amalga oshirilishi to‘g‘risidagi axborot, yangidan tashkil etilayotgan korxonalar va/yoki ishlab chiqarishlar bundan mustasno. 12. Banklar maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligini ko‘rib chiqishda ushbu Vaqtinchalik nizomning 11-bandida nazarda tutilmagan qo‘shimcha ma’lumotlarni korxonadan so‘rashga haqlidir. 13. Banklar tomonidan korxonaning rasmiy yozma arizasini ro‘yxatdan o‘tkazish murojaat qilingan paytdan boshlab bir kun muddatda amalga oshiriladi. 14. Bank maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit bo‘yicha hujjatlarni qonun hujjatlariga va bankning ichki kredit siyosatiga muvofiq ko‘rib chiqadi. 15. Banklar maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit bo‘yicha hujjatlarni quyidagi mezonlarga alohida e’tiborni qaratgan holda ko‘rib chiqadilar: respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadlari uchun loyihani amalga oshirishning ahamiyati, mintaqaviy va jahon iqtisodiyoti rivojlanishi dinamikasini, ichki va tashqi bozorlar kon’yunkturasini hisobga olgan holda korxonalar va tarmoqlarni yanada rivojlantirish istiqbollari; loyihaning biznes-rejasi iqtisodiy hisob-kitoblari (texnik-iqtisodiy asoslash, texnik-iqtisodiy hisob-kitob)ning asoslanganligi, korxonada raqobatbardoshli, tashqi va ichki bozorlarda talab qilinadigan mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va kengaytirish istiqbollari; mahsulot tannarxini pasaytirish, ishlab chiqarishning rentabelliligini va foyda ko‘rishini oshirish bo‘yicha moliyaviy reja bajarilishini, korxonaning moliyaviy ahvolini, budjet oldidagi, banklarning kreditlari, kommunal xizmatlar, ish haqi bo‘yicha qarzlar, shuningdek debitorlik-kreditorlik qarzlar mavjudligi va hokazolar tahlili. 16. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligi (maqsadga muvofiq emasligi) to‘g‘risida bank tomonidan xulosa berish muddati korxonaning rasmiy yozma arizasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kundan oshmasligi kerak. 17. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida xulosa berilgan taqdirda bank rad etishning asosli sabablarini ko‘rsatgan holda ariza beruvchini kredit berish rad etilganligi haqida yozma ravishda xabardor qilishi kerak. 18. Maqsadli mablag‘lar hisobiga kredit berishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijobiy xulosa berilgan taqdirda bank O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga mablag‘larni bankning vakillik hisob raqamiga o‘tkazish uchun bankning kredit qo‘mitasi (yoki Kengashi) bayonnomasini yuboradi. 19. Mablag‘lar vakillik hisob raqamiga tushgandan keyin bank korxona bilan kredit shartnomasi tuzadi. Download 399.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling