Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorlik


Download 136.27 Kb.
bet5/10
Sana03.02.2023
Hajmi136.27 Kb.
#1153577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
19-mavzu. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorl

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2-4 yil

Zaxiralar miqdori: YAMM, inflyasiya, bandlikning tebranishi, tijorat sikllari







Jyuglar sikli In

7-12 yil

vestision sikl : YAMM, inflyasiya va bandlikning tebranishi

Kuznets
sikli

16-25 yil

Daromad ^ immigratsiya ^ uy-joy qurilishi ^ yalpi talab




Kondratev
sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar

Forrester
sikli

200 yil

Energiya va materiallar







Toffler sikli

1000-2000
yil

Sivilizatsiyalarning
rivojlanishi




Kitchin sikli zaxiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Jozef Kitchin (1926 y.) o‘zining e’tiborim tovar zaxiralarining harakat chog‘idagi moliyaviy hisoblar va sotish narxlarini tahlil qilish asosida 2-4 yilgacha davr davomidagi qisqa to‘lqinlami tadqiq qilishga qaratadi. Ayniqsa u siklning davomiyligini jahondagi oltin zaxiralarining tebranishlari bilan bog‘lab, uni 3 yilu 4 oyga teng, deb hisoblaydi. Biroq qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda ko‘pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi. Kitchin sikli iste’mol tovarlari bozorida muvozanatlik buzilishi va tiklanishi davridan iborat bo‘ladi.
Har bir sikl iste’mol tovarlariga talab nisbatlari o‘zgargandagi yangi muvozanatlik bilan tugallanadi.
Jyuglar sikli «biznes-sikl», «sanoat sikli», «o‘rtacha sikl» va «katta sikl» kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12 yillik sikllarni ajratib ko‘rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransiya, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narxdagi tebranishlarni tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‘rganishga katta hissa qo‘shgan Kleman Jyuglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi. Jyuglar siklining davomiyligi ayrim iqtisodchilar qayd qilgan asosiy kapital faol qismining jismoniy eskirishi ro‘y beradigan davrga mos keladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa etakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQShga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSh va qator Evropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko‘ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo‘lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‘lsa, XX asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSH va Evropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini boshdan kechirgan bo‘lib, ulardan ettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro‘y bergan.
1857 yilda qator G‘arbiyevropa davlatlarini qamrab olgan birinchi jahon siklik inqirozi ro‘y bergan. 1873 yilda XIX asrdagi eng uzoq va talofatli inqirozdan keyin 1882 va 1990 yillarda yana yangi inqiroz kuzatilgan.
1900-1901 yillarda bir vaqtda Rossiya va AQSHda metallurgiya sanoatida boshlangan inqiroz shiddatli ravishda barcha Evropa davlatlariga tarqalgan.
Iqtisodiyot tarixiga “Buyuk depressiya” nomi bilan kirgan 1929-1933 yillardagi inqiroz eng talofatli va uzoq davom etgan inqiroz hisoblanadi. Bu inqiroz davrida jahon ishlab chiqarishi hajmi 44%ga, jahon savdosi 62%ga kamaygan. Inqiroz kuchaygan davrda etakchi davlatlarda ishsizlikning umumiy soni 30-40 mln. kishiga etgan.
“Buyuk depressiya”dan keyin 1974-1975 yillardagi inqiroz bir vaqtda deyarli butun rivojlangan mamlakatlarni qamrab olib, ishlab chiqarish 12% ga qisqargan.
Urushdan keyingi yillarda bir qator mamlakatlar uchun 1980-1982 yillardagi inqiroz eng talofatli hisoblanib, bu davrda (1982 yil oxirida) band qilinmagan ishlab chiqarish quvvatlari Italiyada 30%ni, Kanadada 30%dan ortiqni, AQSH qayta ishlash sanoatida 32,4%ni tashqil qilgan.
Kuznets sikli ko‘p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o‘zining «Milliy daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar ko‘rsatkichlarida 20 yillik o‘zaro bog‘liq tebranishlar mavjud bo‘lishini ko‘rsatib bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.

Download 136.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling