Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl bo‘yicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha shiddatli bo‘lmay, qisqa davr davom etadi.
Beqaror inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi.
Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, lekin ularning to‘liq sotilmasligida namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida iqtisodiyotda muvozanat buzilib, tovarlar etishmasligi natijasida tang ahvol kelib chiqadi. SHunday ekan, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: |