Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorlik
Download 136.27 Kb.
|
19-mavzu. Iqtisodiyotning siklliligi va makroiqtisodiy barqarorl
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi.
- Inqirozlarning mazmuni va turlari
Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratev katta hissa qo‘shgan. Uning tadqiqoti Angliya, Fransiya va AQSHning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab olgan. Bunda u iqtisodiy o‘sishning ko‘p omilli tahlilini o‘tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish haqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko‘rsatadi.
Kondratev sikli «uzoq to‘lqinlar» sikli deb ham ataladi. sikl: 1787-1814 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1844-1851 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin. sikl: 1844-1851 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin; 1890-1896 yillar - pasaytiruvchi to‘lqin. sikl: 1896-1920 yillar - ko‘taruvchi to‘lqin. Kondratev siklining davomiyligi o‘rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirishi hisoblanadi. Kondratev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyusiyasi, ikkinchisini - temir yo‘l transportining rivojlanishi, uchinchisini - elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to‘rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko‘rsatadi. Kondratevdan bir necha yillar keyin fransuz iqtisodchisi Fransua Semyan ham katta iqtisodiy sikllar bo‘yicha bir xil xulosaga kelgan. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida katta iqtisodiy sikllar konsepsiyasi makroiqtisodiy prognozlash muammosiga tadbiqan qarab chiqiladi. Tahlilchilar “uzoq to‘lqinlarni” yaxlit texnoligik davrlar almashinishi, fandagi texnika, ishlab chiqarish va hatto madaniyat, ta’lim, kishilar turmush tarzidagi katta tub o‘zgarishlar bilan ham bog‘laydi. Bunday katta o‘zgarishlar ichki yonish dvigatellari, elektr-energiyasi, kompyuterlar kashf qilinishi natijasida vujudga kelgan. Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo‘lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o‘zaro bog‘liqligi sababli uning hech bir sohasi inflyasiya to‘lqini yoki turg‘unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko‘proq zarar ko‘radi. Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og‘ir mashinasozlik hamda investitsion tovarlar, avtomobillar, maishiy xo‘jalik buyumlari va shunga o‘xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo‘lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og‘ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o‘zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag‘bat oladi. Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to‘xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitida investitsion tovarlar zaxiralarini ko‘paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to‘laroq foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy jihatdan qulay vaziyatlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuksalish fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to‘liq eskirgunga qadar almashtiriladi. Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o‘zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. SHu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo‘lgan ayrim korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o‘rnini qoplashga ham harakat qilmaydi. Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar oila byudjetini qisqartirishga to‘g‘ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to‘xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolari eb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol tovarlarini xarid qilishni to‘xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin. Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi ko‘pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada monopol mavqega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko‘p bo‘lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun etarlicha monopol hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. SHu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga teskari bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. SHu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi. Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, uning darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi. Inqirozlarning mazmuni va turlari Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. SHunga ko‘ra ushbu fazaning mazmuni va uning turlarini batafsil ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Download 136.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling