Iqtisodiyotning
Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor
Download 85.52 Kb.
|
4 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy iqtisodiyot
- .Iqtisodiy faoliyat
Iqtisodiyotni 3 xil tushunchasi bor:Ishlab chiqarish munosabatlarini yig’indisi; Rayon xo’jaligi, mamlakat yoki mamlakatlar xo’jaligi yoki dunyo xo’jaligi; Iqtisodiy munosabatlarni tarmoqlararo yoki funktsional aspektlarini (tomonlarini) o’rganadigan fan tarmog’i. Milliy iqtisodiyot- bu tarmoqlar xususiyatini birlashtirgan, mujassamlashtirgan kompleksdir. Milliy iqtisodiyot- bu mamlakat xo’jaligini, uning tarkibini, uning ayrim elementlarini o’zaro bog’liqligidir. Iqtisodiyot, Milliy,- deb atalsa ham, u ma’lum bir millat manfaatini ifodalamaydi, balki umummilliy manfaatlarga xizmat qiladi. Iqtisodiyot inson faoliyatining asosiy jihati, jamiyat hayotining poydevoridir. Shu boisdan«avval iqtisod, keyin siyosat» deydilar. Inson tirik jon bo’lgani uchun birinchi navbatda uning moddiy talab ehtiyoji qondirilishi kerak, chunki unga faqat iqtisodiy faoliyat orqali erishiladi. Kishilar hamisha iqtisodiyot bilan mashg’ul bo’ladilar, chunki shu yo’l bilan o’z risq-nasibasini yaratadilar.Iqtisodiy faoliyat-u yoki bu mamlakat, butun insoniyat alohida individlari, guruhlari, ijtimoiy qatlamlarning faoliyatidir. Iqtisodiy faoliyat – bu moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratish, xizmatlar ko’rsatish, iste’mol qilish bilan bog’liq bo’lgan hatti-harakatlardir. Bunday holatning mavjudligi tufayli, iqtisodiy faoliyat birinchidan, u yoki bu extiyojlarni qondirishning ustuvor ahamiyatga egaligi, ikkinchidan, maqsadning dolzarbligi va uchinchidan, boshqa muqobil maqsadlarga qaraganda unga erishish uchun to’lanadigan haqning narxini tanlash bilan bog’liq muammoni hal etadi. Bu uch holat iqtisodiy faoliyatning mazmunini ifodalaydi. Iqtisodiy faoliyatni o’rganishda milliy chegaralarini tanlab olish hozirgi zamon texnikasini, siyosatini rivojlanishini hamda umummilliy ko’rsatkichlarini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Har bir davlat ma’lum bir sohani yoki umuman iqtisodiy faoliyatni muvaffaqiyatli rivojlantirishni u yoki bu sharoitlarini yaratadi. Bu o’z navbatida mamlakatning jahon iqtisodiyotida ma’lum o’rin egallashida katta ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyot boshqa iqtisodiy fanlar bilan chambarchasbog’liqdir. Milliy iqtisodiyot iqtisodiy fanlarning tarkibiy qismi sifatida umumiy qonunlar asosida rivojlanadi. U avvalo iqtisodiyot nazariyasi bilan bog’liq. Ma’lumki iqtisodiyot nazariyasi fani insonning, jamiyatning iqtisodiy faoliyati ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish jarayonlarini, shu bilan birga iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar hamda ularni amal qilish mexanizmini o’rganadi. U kishilik jamiyati paydo bo’lgandan buyon rivojlanib takomillashib kelayapti. O’zbekistonda o’tish davrining o’zidayoq iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmay, mamlakatni iqtisodiy o’sish sari olib chiqdi, kelgusida uni yanada jadalroq rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratdi. Natijada jahon iqtisodiy adabiyotida xaqli ravishda taraqqiyotning «Qzbekiston modeli», «Qzbekiston fenomeni» degan tushunchalar paydo bqldi. O’zbekiston respublikasi xalq xo’jaligi yaqin o’tmishda umumittifoq xalq xalq xo’jaligi majmuining tashkiliy qismiga kirar edi. Shu bilan birga Sobiq ittifoqdagi mehnat taqsimotiga asosan xom ashyoni etkazib beruvchi mavqeini egallardi. Bunday sharoit xalq xo’jaligini “milliy iqtisodiyot” tushunchasi bilan taqqoslash mumkin emas edi. Endilikda O’zbekistonda siyosiy va davlat mustaqilligi kamol topishi iºtisodiy rivojlanishning qz yqlini tanlash imkoniyati yaratilishi bilan respublikada hozirgi zamon milliy iqtisodiyoti shakllana boshlandi. Download 85.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling